Savollar. Tuganak mevali ekinlar xalq xo‘jaligida qanday axamiyatga ega?
Batat qanday usullarda ko‘paytiriladi?
Tuganak mevali ekinlarga misollar keltiring?
14-MAVZU: KARTOSHKANING HALQ HO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI, KELIB CHIQISHI, BOTANIK VA BIOLOGIK TAVSIFI. Reja: Kartoshkaning xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
Kelib chiqishi, botanik va biologik tavsifi.
O‘g‘itlash va xosilni yig‘ishtirib olish.
Tayanch iboralari:tuganak, o‘simta, glyukoza, kauchuk, agroiqtisodiy, popuk ildiz, gulbandi, rezavor meva.
Xalq xo‘jaligidagi axamiyati. Kartoshka xalq xo‘jaligida oziq-ovqat, em-xashak, texnik axamiyatga ega. Dunyo dexqonchiligida kartoshka sholi, bug‘doy va makkajo‘xori bilan bir qatorda etakchi o‘rinni egallaydi. Kartoshka tuganagi tarkibida 25% gacha quruq moddalar, shu jumladan, kraxmal 14-22%, oqsil 1,4-3,0%, kletchatka-1,0, yog‘-0,3% va 0,8-1,0% kul moddalari bo‘ladi. Kartoshka vitamin S va V gruppa vitaminlariga boy. Xom tuganagi tarkibida S vitamini miqdori 40 mg ga etadi. Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84% suv bor, tuganagi tarkibida esa 75% suv va 25% quruq modda bo‘ladi.
Kartoshka tarkibida kraxmal, sifatli oqsil va vitaminlar bo‘lganligi uchun insonning eng muxim oziq-ovqat maxsulotlari xisoblanadi. SHuning uchun u ikkinchi non deyiladi. Kartoshkadan 200 dan ortiq evropacha ovqat tayyorlash mumkin.
Kartoshkaning po‘sti va yashil rangga kirgan tuganaklari tarkibida zaxarli modda-solanin (0,005-0,1%) bo‘lib, kartoshka pishirilganda u qisman parchalanadi. Shuning uchun yashil rangga kirgan va ko‘kargan (o‘simta chiqargan) tugunaklarni yaxshilab pishirmasdan oziq-ovqatga ishlatish va mollarga berish mumkin emas.
Kartoshka tugunagi spirt, kraxmal, glyukoza, kauchuk olishda va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kartoshka mollar uchun yaxshi oziq xisoblanadi. Organik moddasining xazm bo‘lishiga (83-97%) ko‘ra, xashaki lavlagi, turneps va boshqa ildiz mevalar kabi barcha o‘simliklar orasida birinchi o‘rinda turadi. Tugunaklari xomligicha, bug‘latib, shuningdek, siloslangan xolda mollarga beriladi.
Agrotexnikaviy va agroiqtisodiy axamiyatga xam ega. U ko‘pgina ekinlar-barcha don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh ekin xisoblanadi. Mamlakatimizning ko‘pgina rayonlarida shudgorni band qiladigan ekin sifatida ekiladi va kuzgi g‘alla ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh xisoblanadi.
Kartoshkani vatani Janubiy Amerika xisoblanadi, bu mintaqada kartoshka bizning eramizdan 1-2 ming yil avval ekib kelingan va uning ko‘pchilik yovvoiiy turlari madaniylashtirilgan. Kartoshka XVI-asrda Evropaga, ya’ni Ispaniyaga keltirilgan va undan boshqa Evropa mamlakatlariga tarqalgan. Rossiyaga kartoshka Gollandiyadan keltirilgan. XX-asr boshlarida va undan keyingi yillarda ko‘proq ekilaboshlandi. Kartoshkani tashqi muxitga tez moslashishi dunyoda tez tarqalishiga va asosiy oziq-ovqat ekini bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Xozirgi vaqtda kartoshka dunyoning xamma qit’alarida ekiladi. Dunyo bo‘yicha FAO ma’lumotlariga qaraganda (1994 yil) da kartoshka 18 mln gektar erga ekilgan.
Evropa mamlakatlarida kartoshka ko‘p ekiladi. Dunyo ekin maydonini 35% ini tashkil qiladi. Ko‘proq Polsha (2,26 mln.ga), Germaniya (yaqin 1 mln.ga) va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Kartoshka AQSH da xam ko‘p ekiladi. Xamdo‘stlik mamlakatlaridan kartoshka Rossiya, Urkaina, Belorussiya va Boltiq bo‘yi mamlakatlarida ekiladi. O‘zbekistonda oxirgi yillari kartoshkani ekish maydoni ancha kengaygan va 1998 yil 13,4 ming gektar erga ekilgan.
Kartoshka yuqori xosilli ekin. O‘zbekistonda 2004 yilda kartoshka 52,1 ming gektar erga ekilib, 892,7 ming tonna yalpi xosil olindi. Xosildorlik o‘rtacha 17,1 tonna gektarni tashkil etdi.
Kartoshkaning navlari morfologik va biologik belgilari bilan farq qiladi. O‘zbekistonda kartoshkani quyidagi navlari ekiladi: Akrab, Zarofshon, Lorx, To‘yimli, Pikasso, Diamant, Voltman.