«tuproqshunoslik»


Mavzu: Donli va dukkakli don ekinlar sistematikasi va anatomik tuzilishini o‘rganish. Donli va dukkakli don ekinlarini gul to‘plami va mevasiga qarab aniqlash



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə38/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Mavzu: Donli va dukkakli don ekinlar sistematikasi va anatomik tuzilishini o‘rganish. Donli va dukkakli don ekinlarini gul to‘plami va mevasiga qarab aniqlash.

Yasmiq va burchoq sistematikasi, morfologik belgilari
Amaliy mashg’ulot maqsadi: Yasmiq va burchoq sistematikasi, morfologik belgilarini o’rganish
YASMIQ
Ahamiyati. Yasmiq doni tarkibida 25-35% oqsil bo‘lib, u oziq-ovqatga ishlatiladi. Doni qaynatilib pishirilgan va konservalangan qolda iste’mol qilinadi, un tayyorlash mumkin.
Doni hayvonlar (qoramol, ot va cho‘chqalar) uchun a’lo sifatli emdir. Somonining to‘yimliligi (8-4% oqsil bor) beda pichaniga yaqin turadi, to‘ponida esa oqsil suli donidagidan ko‘proqdir.
Yasmiq ko‘pchilik donli va texnik ekinlar uchun yaxshi o‘tmishdoshdir. Gektariga 30-50 kg azot to‘playdi. U ikki guruhga ajratiladi: yirik urug‘li va mayda urug‘li. Yirik urug‘li yasmiq oziq-ovqat uchun mayda urug‘li yasmiq esa hayvonlarga ozuqa uchun, ekiladi.
Agrotexnika tadbirlari to‘g‘ri qo‘llanilganda, bu ekin gektaridan 2-3 t don hosili beradi.
Botanik va biologik xususiyatlari. Yasmiq biryillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lib Ervum avlodiga mansub. Bu avlodning 5 ta turi bo‘lib, shulardan bittasi Lens L., ya’ni oddiy yasmiq turi ekiladi. Ekiladigan yasmiq (Ervum lens L.) ning poyasi ingichka, tik yoki yotib o‘sadi, shoxlaydi. Barglari murakkab juft patsimon, jingalakli. Gullari mayda oq yoki sal havorang. Mevalari kalta dukkak, yassi 1-3 urug‘li.
Yirik urug‘li yasmiq poyasi 40-75 sm balandlikda, urug‘lari yirik, (5,5-9 mm), asosan, yashil rangli. Mayda urug‘li yasmiq bo‘yi 15-50 sm, dukkaklari va doni (2-5,5 mm) mayda.
Urug‘lari 4-5S da una boshlaydi. Harorat 7-10S bo‘lganda tezroq unib chiqadi. Yosh maysalari -5-6S sovuqqa bardosh beradi. Gullash davrida harorat 18-20S bo‘lishi maqbul hisoblanadi.
Qurg‘oqchilikka chidamli, yorug‘sevar o‘simlik, o‘z-o‘zidan changlanadi. O‘suv davri naviga va sharoitiga qarab 65-100 kun.
Yasmiq engil qumoq, begona o‘tlardan toza tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Og‘ir-soz va quruq qumli tuproqlarda yomon o‘sadi.
Navlari: «Adas», «Tadjikskaya -95».
Agrotexnikasi. Kuzgi don ekinlari va qator oralari ishlanadigan ekinlar yasmiq uchun yaxshi o‘tmishdoshlar hisoblanadi. Kuzda er 28-30 sm chuqurlikda chimqirqar plug bilan shudgorlanadi. Erta bahorda borona qilinadi. YAsmiq ekiladigan maydon tekislanadi, ekishdan oldin boronalanadi va kerak bo‘lsa, mola bostiriladi. SHudgor oldidan gektariga 40-60 kg fosfor va 20-30 kg kaliy solinadi.
Urug‘, albatta, saralangan, tozalangan bo‘lishi, davlat standarti talablariga javob beradigan, konditsion bo‘lishi kerak. Ekiladigan urug‘ nitraginlanadi.
O‘zbekistonda yasmiq erta bahorda ekiladi. Janubiy viloyatlarda kech kuzda ham ekish mumkin.
Yasmiq qator oralari 33-45 sm va 60 sm qilib sabzavot, makkajo‘xori ekadigan seyalkalarda ekiladi. Yirik urug‘li yasmiq gektariga 2-2,5 mln dona (100-140 kg), mayda urug‘li yasmiq esa gektariga 2,8-3 mln. dona (70-100 kg) urug‘ sarflanadi. Ekish chuqurligi tuproq tipiga qarab 4-7 sm hisoblanadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin