«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə40/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Agrotexnikasi. Burchoq o‘tmishdosh ekinlarga talabchan emas. O‘zi boshqa ekinlar, ayniqsa, kuzgi va bahorgi don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Burchoq uchun tuproqqa asosiy ishlov berish va uni ekishga tayyorlash boshqa dukkakli don ekinlaridan farq qilmaydi, ya’ni kuzgi shudgorlash, erta bahorgi boronalash, tekislash va tuproqni ekish oldidan yuza yumshatishdan iborat.
Bu ekin o‘g‘itlarga talabchan hisoblanadi. Go‘ng va mineral o‘g‘itlar (azotli, fosforli) o‘simlik vegetativ massasi kuchli o‘sishini ta’minlaydi.
Burchoq erta bahorda ekiladi, ekish muddatini kechiktirish hosildorli kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Takroriy ekin sifatida ham ekish mumkin. Don uchun ekilganda keng qatorlab, ozuqa uchun yoppasiga qatorlab ekiladi. Urug‘lar SZT-3,6 don seyalkasida ekiladi. Urug‘ ekish me’yori foydalanish usuliga, urug‘larning yirik-maydaligiga va boshqalarga qarab 150-250 kg bo‘lishi mumkin. Ekish chuqurligi sharoitga qarab 3-6 sm. Burchoqni suli bilan aralashtirib ekish ko‘proq va sifatli ko‘k massa hosili olishni ta’minlaydi. Bunda burchoq urug‘ining yarmiga 75-100 kg suli urug‘i qo‘shiladi, burchoq urug‘i 25-30% kamayadi.
Ekinzorni parvarishlash qatqaloqni yo‘qotish, sug‘orish, begona o‘tlarga va kasallik-zararkunandalarga qarshi kurash, keng qatorlab ekilganda, qator oralariga ishlov berish, oziqlan-tirish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Qatqaloq sharoitga qarab boronalash, kultivatsiya yoki sug‘orish yordamida yumshatiladi. Begona o‘tlarga qarshi gektarga 3-5 kg gezagard 50% (ekishgacha) ishlatiladi. Sug‘orish sharoitga qarab 2-3 marta o‘tkaziladi. Keng qatorlab ekilganda maydonlar 2-3 marta kultivatsiya qilinadi. O‘suv davrida fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish juda yaxshi samara beradi.
Burchoq dukkaklari 60-80% pishganda, kechqurun yoki ertalab SK-5, «Niva» yoki «Keys» kombaynlarida o‘rib-yanchib olinadi, buning uchun kombayn barabanlarining aylanishi va zazorlarini moslash kerak. Kombayndan chiqqan donlar quritiladi va tozalanadi. Namligi 15% bo‘lgan holatda saqlanadi.



Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin