2-Mavzu: Moyli ekinlar umumiy tavsifi Sanoatning turli tarmoqlari uchun texnika ekinlari xom ashyo sifatida o‘stiriladigan o‘simliklar hisoblanadi. Kraxmalli (kartoshka, batat va boshqa), shakarli (shakarqamish, qand lavlagi va boshqa), moyli (kungaboqar, kanakunjut, yer yong‘oq, soya, maxsar, xantal va boshqa), efir moyli (atirgul, yorongul, kashnich, yalpiz va boshqa), tolali (g‘o‘za, kanop, zig‘ir, jut), dorivor (valeriana, sariqgul, belladona); guttaperchali (palakvius, normushq evkoma), oshlovchi (skumpiya, badan, emanning ba’zi turlari va b.), po‘kakli (po‘kakli deb, amur baxmal daraxti) va boshqa o‘simliklar kiradi. Ba’zi texnika ekinlari, masalan, g‘o‘za, zig‘ir, kanopdan tola bilan bir qatorda moy olinadi, ro‘yan, ko‘knoridan dorivor o‘simlik sifatida foydalaniladi va hokozo. Texnika ekinlari, bir yillik (zig‘ir, g‘o‘za, kartoshka, kungaboqar va boshqa) va ko‘p yillik (atirgul, zaytun, qulmoq va boshqa) o‘simliklar bo‘lib, bir nechta botanik oilaga mansub. Texnika ekinlarining o‘sish zonalari har xil; zaytun, shakarqamish va boshqa tropik hamda subtropik oblastlarda, kungaboqar, zig‘ir, qand lavlagi va boshqa, asosan, o‘rtacha va mo‘tadil kenglikda o‘stiriladi. O‘zbekistonda g‘o‘za, kartoshka, zig‘ir, kanop, tamaki, qand lavlagi, dorivor o‘simliklar va boshqalar etishtiriladi.
Moyli ekinlar yog‘ olish uchun eqiladigan o‘simliklar hisoblanadi. Turli oilalarga mansub bir va ko‘p yillik o‘simliklar; murakkabguldoshlar kungaboqar, maxsar, dukkakdoshlar soya, yer yong‘oq, labguldoshlar perilla, lyallemaisiya, butguldoshlar raps, gorchisa va boshqalar kiradi. Bulardan ba’zilari daraxtlar (kokos palmasi va moyli palma, kakao, tunga), boshqalari o‘tsimon o‘simliklar (soya, kungaboqar), raps hisoblanadi. Ko‘pchilik moyli ekinlar urug‘ va mevasida moy to‘planadi. Moyli ekinlar moylari suyuq, yarim suyuq va qotuvchi bo‘lib, presslab yoki ekstraksiyalab olinadi. Moyli ekinlardan zaytui, tunga daraxti, Sibir kedri, yong‘oq, bodom moylari oziq-ovqat sanoatida va texnikada katta ahamiyat ga ega. Zaytun va tunga daraxti, zig‘ir va kunjut, yer yong‘oq, kungaboqar, g‘o‘za va boshqa o‘simliklar moyi uchun qadimdan o‘stirib kelinadi. Ovqatga ishlatiladigan moylarning asosini paxta (chigit) va kungaboqar moyi tashkil qiladi. O‘zbekiston florasida yovvoyi Moyli ekinlarning 500 turi aniqlangan, shundan ba’zilari (yong‘oq, bodom, pista, marmarak va kovar) muhim ahamiyatga ega. Moyli ekinlarga kunjut, maxsar, kungaboqar, yer yongoq kabi ekinlar kiradi. Moyli ekinlar kungaboqar 2957%, soya 1526%, yer yong‘oq 4157%, kunjut eng ko‘p5056% moy beradi. Bu ekinlar urug‘ining tarkibida 1563% gacha moy bo‘ladi. Shuning uchun ular oziq-ovqat, konserva va konditer sanoatida keng qo‘llaniladi. Moyidan alif, margarin, sovun, sterion, glisirin va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Moyli o‘simliklar kunjarasidan hayvonlar uchun qimmatli oziq va yerga solinadigan durustgina o‘g‘it sifatida foydalaniladi.
Maxsar moyli ekinlarning bir vakili hisoblanadi. Maxsar urug‘ining tarkibida 4352% gacha. moy bo‘lib, u asosan oziq-ovqat sanoatida va margarin olishda ishlatiladi. Maxsar moyidan alif, buyok, va sovun tayyorlashda foydalaniladi. Maxsar pistasi uy parrandalari uchun qimmatli oziq bo‘lib, uning kunjarasi va o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Keyingi yillarda respublikamizning ayrim xo‘jaliklarida maxsar oziqbob o‘simlik sifatida ekilmokda.