«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə48/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

KARTOSHKA.
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Kartoshka muhim oziq-ovqat, oziqabop texnik o‘simlik bo‘lib, o‘simlikshunoslikda etishtiriladigan barcha mahsulotlar qatorida eng muhim o‘rinlardan birini egallaydi.
Kartoshka tuganapshi oziq-ovqatda ko‘p ishlatilishiga sabab — uning tarkibida inson organizmi yaxshi o‘zlashtiradigan uglevodlar, oqsillar asosan, kraxmalning ko‘pligi, S vitamini, mineral tuz-lar, temir, kalsiy va boshqa moddalarning mavjudligidadir. Xom tuganagi tarkibida S vitamini miqdori 40 % mg/ga etadi.
Kartoshkaning yosh poyasi tarkibida 84% suv bo‘ladi. Tuganagi tarkibi 75 % suv va 25 % quruq moddadan iboratdir. Quruq modda o‘z navbatida 1 % mineral birikma, 1 % kletchatka, 1,2-3,0 % oqsil, 0,7 % aminokislota, kraxmal 14-22%, qand — 0,9%, pektin moddalar 0,7%, organik kislotalar — 0,2%, yog‘ — 0,1% va boshqa moddalar 1,5 % ni tashkil etadi.
Tuganak tarkibida vitaminlardan: RR (0,57 mg,) V, (0,11 mg,) V2 (0,06 mg,) V6 (0,22 mg) mavjud bo‘lib, S vitaminining esa eng ko‘p miqdori 12 mg ni tashkil etadi va ayrim hollarda uning miqdori 40 mg ga etadi. Etilmagan yosh tuganaklar bu vitaminga juda boydir.
Kartoshka bargpoya va ko‘k, ko‘kimtir rangga ega bo‘lgan tuganakla-rida zaharli modda — glyukoalkaloid, solanin (1-20 mg%) moddasi hosil bo‘ladi. Bu zaharli modda ta’siri uni pishirish vaqtida qisman yo‘qotiladi. Kartoshka oziq-ovqat sanoatida katta ahamiyatga ega. Shuning uchun u don mahsulotidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga chorva mollariga kartoshka tuganaklari xomligicha, si-loslangan yoki bug‘langan, palagi esa yangiligicha va siloslangan holda beriladi. Bundan tashqari, kartoshka tuganagi qayta ishlangan vaqtida chiqadigan chiqindi (barda, turpi) ham mollarga byoriladi.
Kartoshka — texnik ekin hisoblanadi. Uni 1 tonna tuganagidan 112 l spirt, 55 kg uglekislota, 0,39 l sivush moyi, 1500 l barda yoki 170 kg kraxmal, 80 kg glyukoza va boshqa mahsulotlar olinadi.

Kartoshka tuganaklari mo‘‘tadil iqlim sharoitida tuproqda saqlanmaydi, chunki sovuq harorat uni zararlaydi. SHuning uchun bu tuganaklar kuz faslida kovlab olinib, bahorda qayta ekiladi va xuddi bir yillik o‘simlik sifatida o‘stiriladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin