Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar 1.X.Atabaeva, O.Qodirxo‘jaev -O‘simlikshunoslik, T. Yangi asr avlodi, 2006, 298
2. X.Atabaeva va boshq-O‘simlikshunoslik - T.Mexnat, 2000.
3. P.P. Vavilov.-Rastenievodstvo-M.Kolos,1986
4. O.Mirzaev,T.Xudoyberganov - Yem-xashak etishtirish-Andijon, 2003
5. N.G.Andreev-Lugovoe i polevoe kormoproizvodstvo, M.Kolos, 1985
Qo‘shimcha adabiyotlar 1. B.I.Vinogradov, X.Atabaeva, A.Dementeva-Rastenivodstvo (praktikum).T. Mexnat, 1987.
2. Atabaeva Z.N., Umarov Z.- O‘simlikshunoslik-praktikum, T.ToshDAU, 2004
3.Elektron darslik, ilmiy monografiya, maqolalar, doktorlik, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari, ilmiy - amaliy anjumanlar, ma’ruzalar to‘plamlari, gazeta va jurnallar, statistik ma’lumotlar to‘plamlari, ma’ruza matnlarining elektron versiyasi.
4.Mavzu: Tuganak va ildizmevali ekinlarning umumiy xususiyatlari, ularni urug’i, maysalari, barglari va ildizmevasiga qarab aniqlash.
Kartoshka va qand lavlagi ildizining tuzilishi.
Amaliy mashg‘ulot maqsadi: Kartoshkaning iorfologik xususiyatlarini hamda xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini o‘rganish.
Bu guruhga har xil botanik oila va turlarga mansub tuganakmeva hosil qiladigan o‘simliklar kiradi.
Tuganakmevalilar tarkibida 65-84% suv va 25-36% quruq modda bo‘ladi. Quruq moddaning tarkibida kraxmal, qand, inulin mavjud.
Tuganakmevalilar oziq-ovqatda, em-xashak va texnikada xom ashyo sifatida ishlatiladi. Tuganakmevalar er osti poyalarida yoki ildizlarda 5-20 sm chuqurlikda rivojlanadi. Tuganakmevalilar qator orasiga ishlov beriladigan ekinlar bo‘lganligi uchun almashlab ekishda ahamiyati katta.
Er yuzida tuganakmevali o‘simliklardan quyidagilar ekiladi:
-Kartoshka - Solonum Tuberosus L- oilasi - Solanacea
-Batat - Ipmaea batatus Lam - oilasi - Convolculaceae
-Topinambur - hilainthus tubreosus L -oilasi - Asreraceae
-Maniok Manihot esculenta Gr- oilasi - Euphaorbiaceae
-Yams - Diosotia alata - oilasi - Dioscoreaceae
-Taro - Colocasia antiquorum - oilasi - Araceae
Bu ekinlar har xil oilaga mansub bo‘lgani bilan ularning tuga-nakmevasi bir-biriga yaqin, tarkibida quruq modda kam, sho‘ning uchun yaxshi saqlanmaydi. Tuganakmevali ekinlarni etishtirish texnologiyasi ham bir-biriga yaqin, hammasi qator orasiga ishlov beriladigan ekinlar
Tuganakmevali ekinlardan O‘zbekistonda asosan kartoshka qisman, topinambur va batat ekiladi.