«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə46/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Tolali zig‘ir
Reja:
1.Lub tolali ekinlarni guruhi va axamiyati.
2.Tolali zig‘irni xalq xo‘jaligidagi axamiyati,maydoni va hosildorligi
3.Tolali zig‘irni biologiyasi va navlari.
4.Tolali zig‘irni etishtirish texnologiyasi.
1. Lub tolali o‘simliklar poyasi uchun ekiladi, keyin qayta ishlov berib,ularni poyasidan uzun-uzun dasta qurinishda tolalar ajratib olinadi.
O‘simlikning bu guruhiga:tolali zig‘ir,kanop, tolali nasha va jut o‘simliklari kiradi. Respublikamizda tolali ekinlardan kanop o‘simligi ekiladi,tolali zig‘ir, tolali nasha ekilmaydi. Jut jahonda ishlab chiqariladigan lub tolalilarning asosiy qismini tashkil etadi.
2. Tolali zig‘ir eng muhim lub tolali ekinlardan biri. Tolasining bugiluvchan, egiluvchan, ingichkaligi paxtaga nisbatan 2 marta, junga nisbatan 3 marta pishiqligi bilan farqlanadi. 1kg tolasidan 10 m batist, 2,4m palotno, 1,6 m texnik mato va 1m brezent olinadi. Zig‘ir motasi chirishga chidamli, urug‘ida 35-42% moy bor.U oziq-ovqat va texnik maxsadlar uchun foydalaniladi,kunjarasi mollarga beriladi.
Zig‘irni vatani Xindiston, Xitoy va Misr hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha zig‘irni ekish maydoni 1,5 mln/gektar erni tashkil etadi. Asosan 70% dan ko‘progi Rossiyada ekiladi. Zig‘irning tola hosili gektariga 3-4 s, urug‘ hosil esa 10-12 s ni tashkil etadi.
Zig‘ir zig‘irdoshlar oilasiga-Linaceae-mansub bo‘lib, 200 dan ortiq turi malum Ular mo‘tadil, subtropik va tropik mamlakatlarida tarqalgan.U asosan bir yillik va qisman ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik.
qishloq xo‘jaligida oddiy zig‘ir eng muhim axamiyatga ega. U beshta tur xilga bo‘linadi. SHulardan Evroosiyo tur xili 4 ta guruxga bo‘linadi: 1.Bo‘ychan zig‘ir, bo‘yi, 60-120sm. 2.Kudryash past bo‘yli, 30-50sm. 3. Oraliq zig‘ir, bo‘yi o‘rtacha 50-70sm 4.YOtib o‘sadigan, poyalari erga yotib o‘sadi 80-100sm.
Uzun tolali zig‘ir tola olish uchun ekiladi. Rossiyani sernam, qora tuproq bo‘lmagan mintaqada ekiladi.
3. Tolali zig‘ir bahor va yozda mo‘tadil iqlimni talab qiladi. Urug‘i 3-5°S da unib chiqadi zig‘ir uchun qulay harorat 15-18°S xaddan tashqari issiq xavo o‘sishni sekinlashtiradi. Namga talabchan Transpiratsiya koeffitsienti 400-430, uzun kun o‘simlik, unumdor va begona o‘tlardan toza tuproqlarni talab qiladi.
Navlari-Tolasi uchun Svetoch, K-6,L-1120,I-9, Pskov-359, Startok. Moy uchun Baxmal-2,.Baxmal-1056.
4 Zig‘ir almashlab ekishda o‘tmishdosh ekinlarga va o‘g‘itga talabchan. Lalmi erlarda moyli zig‘ir don ekinlaridan bo‘shagan erlarga ekiladi.Tolali zig‘ir bir ekilgan erga 5-6 yildan keyin ekiladi, asosiy o‘tmishdoshi-qizil sebarga. Zig‘ir uchun erni 22-25 sm chuqurlikda xaydaladi.Zig‘ir bahorda tuproqning 10 sm chuqurligidagi harorat 7-8S ga etganda to‘rt qatorlab 7,5sm da ekiladi.
Gektariga 25-30 mln unuvchan urug‘ sepiladi. Ekish chuqurligi 1,5-2,5sm, parvarish qilishda zig‘ir o‘simligini borona qiladi.Har xil begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar va zararli xashoratga qarshi pestitsidlar bilan ishlov beriladi.
Hosilning pishishi ko‘k,och sariq, sariq va to‘la pishishlik davrlarga bo‘linadi.Tola uchun o‘simlik sariq pishishlik davrida maxsus kambaynlarda o‘rib olinadi va dalani uzun yoyib tashlab ketiladi, keyin 3-4 xafta o‘tadi, uni maxsus yigadigan mashinalar yordamida poyasidan ajratib olinib 3-4 qilib boglanadi.Zig‘ir tolasini namligi 12°S oshmasligi lozim, zig‘irni tolasini 36 -38°.S issiq suvda ivitish yo‘li bilan ajratib olish mumkin.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin