Savollar. Ildizmevali ekinlar vakillari va ularning xalq xo‘jaligidagi axamiyati qanday?
Qand lavlagining Vatani qaer?
O‘zbekistonda qand ishlab chiqarish zavodi nechanchi yilda ish boshlagan?
Qand lavlagi ekish sxemasi qanday bo‘ladi?
16-MAVZU: YEM-XASHAK EKINLARI. BEDA VA SEBARGANINIG HALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI. Reja: Em xashak ekinlarining axamiyati.
Beda etishtirish agrotexnikasi.
Bedaning qishloq xo‘jaligidagi axamiyati.
Beda va qizil sebarganing botanik xamda biologik xususiyatlari.
Tayanch iboradari:g‘allasimon, ko‘p yillik, ajriqbosh, protein, oziq birligi, transpiratsiya koeffitsenti.
Em-xashak o‘tlari asosan chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ekiladi. Em-xashak tabiiy yaylovzorlardan, pichanzorlardan va maxsus ekilgan em-xashak ekinlaridan tayyorlanadi. Bu oziqalarning tarkibida xayvonlar uchun zarur vitaminlar, oqsil moddalar, moy va mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar xushbo‘y va oson xazm bo‘ladi. Em-xashak o‘tlari ko‘p yillik va bir yillik o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik o‘tlar o‘z navbatida g‘allasimon va dukkaklilarga bo‘linadi. Bir yillik o‘tlar xam g‘allasimon va dukkakli o‘tlarga bo‘linadi.
Ko‘p yillik g‘allasimon em-xashak o‘tlariga ajriqbosh, betaga, oq so‘xta, erkak o‘t, suv bug‘doyiq, mastak va raygraslar kiradi. Bularning xammasi qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, bir joyda uzluksiz 4-5 yil davomida etishtiriladi. Ko‘p yillik o‘tlar erta baxorda ekiladi, ildizlari o‘q ildiz, poyalari g‘alla ekinlarinikiga o‘xshash, barglari cho‘zinchoq, lentasimon, gul to‘plami ro‘vakdan iborat. G‘allasimon ko‘p yillik o‘tlarning ildizlari baquvvat rivojlangan, tuproqning 1,5 m bo‘lgan qatlamidagi ozuqa elementlarini o‘zlashtirib oladi. Erta baxorda va kuzda juda tez o‘sadi. Bu o‘simliklar o‘rib olinganlan so‘ng tuplash qobiliyatiga ega. Bir joyda 20-25 tagacha poya xosil qiladi. O‘rib olingandan so‘ng yana yangi novdalar xosil qilib o‘sib chiqadi. Ayrimlarini 8-10 yilgacha bir dalada saqlab turish mumkin. Ko‘p yillik o‘tlar begona o‘tlarni qisib qo‘yadi. Ayrimlarini ko‘p yillik dukkakli o‘tlar bilan qo‘shib ekish mumkin. Ajriqboshni sebarga bilan qo‘shib ekilganda pichani tarkibida protein miqdori oshadi.
Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarga asosan beda, bargak, sebarga, qashqar beda va silfiya kiradi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar ikki-uch yilda bir gektarda 200-400 kg azot va ildiz qoldiqlarini to‘playdi. Bu ekinlardan bo‘xagan erlarga ekilgan dala ekinlarining xosildorligi oshadi. Bu o‘tlar bir maydonda uzoq yillar mobaynida etishtirilsa tuproqni shamol va ta’sirida emirilishidan saqlaydi. Ko‘p yillik ekin bo‘lganligi uchun bular xar yili ekilmaydi xamda urug‘ talab qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi. Umuman olganda ko‘p yillik o‘tlarni etishtirishda sarf-xarajat tejaladi. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlarning salbiy tomoni shundan iboratki, ular tuproq muxitiga talabchan, tuproqda fosfor, kaliy, bor, molibden etarli miqdorda bo‘lgandagina yaxshi o‘sadi. Gullash davrining boshlanishida ko‘kat tarkibida 14-18% oqsil bo‘ladi. Gullash davrining oxiriga kelib uning miqdori kamayadi, tarkibida kletchatka ko‘payadi va oziq sifati pasayadi.
Beda. Xalq xo‘jaligidagi axamiyati. Beda O‘zbekistonning va Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan erlarida ko‘p ekiladigan ko‘p yillik, serxosil dukkakli em-xashak o‘simliklaridan biridir. Bedadan xilma xil oziqalar tayyorlash mumkin. Undan tayyorlangan ozuqalar oson xazm bo‘ladi, qishin-yozin ishlatiladi. Pichan tayyorlash uchun g‘unchalash fazasida o‘rilgan bedaning quruq massasi tarkibida 21,9%, gullash fazasida o‘rilganida 16,8% oqsil bo‘ladi. Pichani tarkibida 1,49% kalsiy , 0,24% fosfor va 0,18% oltingugurt bo‘ladi. qiladi. Beda tarkibida oqsil, ko‘p miqdorda kalsiy, fosfor va vitaminlar, ayniqsa karotin va vitamin S ko‘p bo‘lgan em-xashak ekinidir. Bedaning ko‘kati sersuv bo‘ladi, chorva mollarini semirtiradi va suyagini baquvvat qiladi.
G‘o‘za almashlab ekishda beda juda katta axamiyatga ega. Beda ekilgan maydonlarda tuproq qayta sho‘rlanmaydi, g‘o‘zaning vilt bilan kasallanishi keskin kamayadi va paxta xosilini ancha oshirish uchun qulay sharoit vujudga keladi. Beda agrotexnik axamiyatga ega, tuproqning unumdorligini oshiradi, chirindi miqdori ko‘payadi, tuproqning fizikaviy va kimyoviy xossalari yaxshilanadi, tuproqdagi mikroorganizmlarning xayot faoliyati yaxshilanadi, undan keyin ekiladigan ekinni xosildorligi oshadi.
Beda qadimdan ekilib kelinayotgan ekin, er yuzida keng tarqalgan, ekin maydoni 30 mln. ga teng. Vatani Osiyo mintaqasi. O‘zbekistonda bedaning ko‘p turlari tarqalgan. Pichan xosili bedaning yoshiga qarab 20-200 s gacha bo‘ladi. Sug‘oriladigan erlarda 5-7 marta o‘riladi.
O‘zbekistonda bedaning navlari keng tarqalgan bo‘lib, xozirda Baxmal, Samarqand, Tashkentskaya-721, Uzgen, Tashkent-3192, Xiva bedasi va ko‘pchilik maxalliy navlar ekilmoqda.