Тупроқшунослик асослари


Tuproqning genetik gorizonti (qatlami)



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə193/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Tuproqning genetik gorizonti (qatlami)
Tuproqning yuza qismidan o’zgarmas pastki ona jinsiga qadar bo’lgan oraliqqa uning genetik gorizonti deb aytiladi.
Qazilgan chuquрНing tik devoridagi belgilar turli tuproq tiplarida va xillarida turlicha bo’lib, tuproqning bir necha qatlamdan tuzilganligini ko’rsatadi. Bu qatlamlar tuproqning genezisiga, ya’ni kelib chiqishiga bog’liq. Tuproqning genetik qatlamini V.V.Dokuchaev A-ustki, V-o’tuvchi, S-tuproq osti kabi uch xil genetik gorizontga bo’ladi.
CHirindili ustki qatlam (A) da organik moda, chirindi va har xil elementlar birikmasidan iborat mineral moddalar to’planadi. Uning tusi quyi qatlamlarga nisbatan to’q bo’ladi. SHuning uchun ham bu qatlam chirindili akkumulyativ (to’planish) gorizonti deyiladi.
O’rmon tuproqlari yuzasidagi «O’rmon qiyi» va ba’zi botqoqliklardagi torf tamomila chirib o’zgarmagan organik qoldiq yig’indisi bo’lganligi uchun ular tuproq ustki qatlamchasi deyiladi va A0 ishorasi bilan yoziladi.
O’tuvchi qatlam (V) elyuvial (yuviluvchan) gorizont deb ham ataladi. Tusi, strukturasi va qovushmasiga ko’ra ustki qatlamdan ajralib turgan bu gorizontdagi ayrim birikmalar quyi qatlamga yuvilib tushib turadi. Bu protsess, ayniqsa, podzolga o’xshagan kislotali va sho’rtob singari ishqorli tuproqda ochiq ko’rinib turadi.
Tuproq osti qatlami (S) da ustki qatlamlardan yuvilib tushadigan ayrim birikmalarning to’planishi tufayli u allyuvial (yig’uvchi va shimuvchi) gorizont ham deyiladi. Bu qatlamning tusi tuproq ona jinsi (ruxlyak) rangidan bir oz farq qiladi.
Tuproq paydo qiluvchi faktorlar ta’sirida ona jinsning hali o’zgarmagan quyi qismini professor S.A.Zaxarov D ishorasi bilan ajratishni taklif etadi. Ba’zi tuproqlarning ayrim qatlamlari seрНam bo’lganligi sababli botqoqlanish belgisiga, ya’ni ko’kimtir tusga ega bo’ladi. Ko’kimtir tusli bu qatlam berch (gleyli) gorizont deyiladi. Va D ishorasi bilan belgilanadi. Masalan, botkoqlanish ona jins joylashgan qatlamda bo’lsa – V ishoralarai bilan ko’rsatiladi, illyuvial qatlamda bo’lsa S, elyuvial qatlamda bo’lsa – V ishoralari bilan ko’rsatiladi. Ko’pchilik tuproqlarda, odatda har bir genetik qatlam bir necha qatlamchalarga ajratiladi. Bu holda ular A1, A2, V1, V2, S1, S2 ishoralari bilan belgilanib, ularning morfologiyasi xarakterlanadi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin