Tuproq kartogrammasi - qishloq xo’jaligi ekinlari maydonlarinnng tuproq xaritasi masshtabida chizilgan sxema tarzidagi tasviridir. Xaritanomalar tuproqning ayrim xossalari ta’rifini (gumusli qalinligi, mexanik tarkibi, eroziyalanganlik, sho’rlanish darajasi kabilarni tasvirlash) hamda tuproqlardan foydalanishga doir tavsiyalarni aniqlashtirish uchun mo’ljallangan. Tuproq xaritanomalaridan tashqari tuproq tarkibidagi azot, fosfor va kaliyning harakatchan formasini ko’rsatuvchi, mikroyelementlar miqdorini aks ettiruvchi agrokimyoviy xaritanomalar ham mavjuddir.
Tuproq va agrokimyoviy xaritogrammalar umumiy va regional xillarga ajratiladi. Umumiy xaritanomalar barcha zona va regionlarda tuzilishi shart. Regional xaritanomalar tabiiy sharoitning o’ziga xos xususiyatlariga, tuproq qoplamiga, xo’jalikning ixtisosiga qarab bir yoki bir necha tabiiy zonalarda yoxud alohida xo’jaliklarda tuziladi.
Umumiy xaritanomalar jumlasiga tuprokdaрНi agronomik ishlab chiqarish guruxlariga birlashtirish va ulardan foydalanishga doir tavsiyalar beruvchi xaritanomalar, harakatchan fosfor va kaliyning miqdopini ko’rsatuvchi xaritanomalar hamda tuproklar bonitirovkasiga doir xaritanomalar kiradi.
Regional xaritanomalar tuproqning eroziyalanganlik, kislotalilik, sho’rlanganlik darajasi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha tuziladi. Markaziy Osiyoning sug’orib dehqonchilik qilinadigan sharoitida tuproklarning sho’rlanish darajasi bo’yicha tuziladigan regional kartogammalari muhim ahamiyatga ega.
Tuproq kartalariga albatta ocherk, xaritanomalarga esa tushuntirish xati ilova qilinadi. Tuproq ocherki yoki kartogrammadagi tushuntirish xatida barcha o’tkazilgan ishlarning natijalari yozib qo’yiladi. Ularda xo’jalikning tabiiy sharoiti, tuproqning morfologik tuzilishi va xossalarining analitik taxlili, tuproklarning agronomik ishlab chiqarish guruxlari va tuproklardan foydalanishga oid tavsiyalar, ularning unumdorligini oshirish yuzasidan qo’llaniladigan chora-tadbirlar ko’rsatiladi.
Tuproqlarning agronomik ishlab chikarish guruxlari deganda genezisi, xossalari, foydalanish va tavsiya etiladigan chora-tadbirlar bo’yicha bir-biriga yaqin bo’lgan bir necha xil tuproq ayirmalarini birlashtirish tushuniladi.
Tuproqning agroishlab chiqarish guruxi 2 tipga bo’linadi. 1. Tuproqning alohida agroishlab chiqarish guruxini tuzishda shu erga ekiladigan asosiy yoki bir qancha turdagi o’simliklarning tuproqqa bo’lgan talabi e’tiborga olinadi. Masalan g’o’za o’stirilayotganda, uning tuproqqa bo’lgan talabini nazarda tutib, jumladan, tuproq strukturasi, sho’rlanish darajasi, tuzli qatlamining joylashishi, tuzlar tarkibi, eroziyalanishi, tuproqning mexanik tarkibi singari xususiyatlari hisobga olinishi zarur. Mevali daraxtlar uchun tuproqning mexanik tarkibi, sizot suvlarining satxi va umuman tuproqning suv va havo xossalari hamda rejimlari asosiy rol o’ynaydi.