10 Laboratoriya ishi: O’simlik namunasini olish va ularni taxlilga tayyorlash
Maqsad: O’simlik namunalarini olishni va uni analizga tayyorlashni o’rganish.
O’rganilayotgan tajriba muhitga bog’liq bo’lmagan o’similikdan namuna olinmaydi (masalan,o’sish nuqtasi bo’lmagan, kassallangan o’simliklardan) namuna tekshirish programasida belgilangan variantlardangina olinadi .
Agar tajriba vazifasiga ko’ra o’simliklarni o’suv davrida oziq sarfini o’rganish qo’llaniladigan o’g’itlarga bog’liq bo’lsa , namuna o’suv davrining asosiy fazalaridan olinadi. Birinchi haqiqiy barg chiqarganda 200-300 o’simlikdan , yaganlash vaqtida asosan bir xil bo’lgan xisobdagi qatorlardan olinadi.
Rivojlanishni qolgan davrlarida variantlarda belgilangan o’rtacha uch xisobdagi qatordan : shonalash davrida 150 o’simlik bir tekisda tanlanadi. SHunday qilib , dioganal bo’yicha 3 qatoрНi har biridan 50 tadan o’simlik namunasi olnadi. Xaar bir qatordagi, oxirgi o’simlikka etiketika yopishtiriladi. SHonalash davrida tahminan 150-ta tanlangan o’simlik bosh poyasining bo’yi o’lchanadi,simpodial shohlar sanaladi va bir o’simlak o’rtacha ko’satkich topiladi.150 o’simlaikdan tashkari yana kamida 20 ta o’simiklning ildiz bo’g’zida (sekator bilan) kesib olinadi.
Gullash davrida ajratilgan 150 ta o’simlakning asosiiy poyasi o’lchanadi va gullari sanaladi.So’ngra bir o’simlik uchun o’rtacha ko’rsatkich topiladi.Bundan tashqari yana kamida 10 ta o’simlaik kesib olinadi
Hosil yetilishi oldidan oldindan belgilangan o’simliklar asosiy poyasining bo’yi o’lchnadi va hosil chanoqlari hisoblanadi
O’rtacha ko’satkichga qarab, kamida yana 10 ta o’simlik tanlanadi.
O’suv davrining ohirida yoki g’o’za yetilishi oldidan, har bir ajratilgan maydondan kamida 10 ta dan o’simlik olinadi va etiketkalar yopishtiriladi.
Birinchi terim oldidan tajribada belgilangan hamma o’simliklar tekshiriladi va ularning tolasi ,tushgan barglari terib olinadi. Sovuq tushishi oldidan belgilan o’simliklar kesib olinadi. Makkajuhori va sholi uchun shu yuqoridagi usul bo’yicha namuna olish mumkin .
Agarda makkajo’hori oziqlanishini tekshirish kerak bo’lsa, o’rtach namuna uchun butun o’simlik emas , balki faqat barglarini olish tafsiya etiladi. Buning uchun kamida 20 ta o’smlikdan bittadan barg olinadi. Ysh makkajo’xorining faqat 3-, 4-barglarini olish tavsiya etiladi. Sulton chiqarishi oldidan, hamda keyinchalik 5-,6- barglari olinadi.
Oq jo’hori uchun ham namunalar huddi shunday olinadi.
SHoli uchun 50-100 o’simlikdan bittadan barg olish tafsiya etiladi. O’sishning dastlabki fazalarida bitta bargi yoki o’simlikni butunlay hammasi qaychi bilan kesib olinadi . Nay chiqarish fazasida esa o’simlikning 2-,4-bargi analiz qilinadi.
Analiz uchun kesib olingan barglar darhol qog’oz paketga alohida-alohida solinadi va olingan vaqti, o’рНi paketga yozib qo’yiladi .Analiz uchun o’simlikni yoki uning bargini ertakab soat 8-10 larda olish tavsiya etiladi.
Beda o’simligi uchun namuna har bir o’rindan olinadi. Buning uchin 1X1 metrli yog’och yoki metall ramkalardan foydalanosh mumkun. Namuna ramkalar orqali bir hil ko’rinishga , qalinlikka ega bo’lgan dala yoki paykalchalarni 5-10 joyidan olinadi. Ramkalar orqali o’rib olingan o’simliklar o’lchanadi va quritiladi, qayta yanatortiladi.
Har bir o’rib olingan namunaga etiketka bog’lanadi va etiketkaga maydoncha yoki variant nomeri, tajriba nomi va kuni yozib qo’yiladi.
O’simlikni analizga tayorlash . G’o’za o’simligining har xil o’rganlaridagi oziq moddalar miqdorini aniqlash uchun daladan olib kelingan o’simlik tezda bo’laklarga bo’linadi.
Namunalar olingan vaqtiga qarab quyidagicha bo’linadi:
birinchi chin barg chiqarganda olingan namunalar bo’laklar bo’linmaydi.
SHonalash davrida olingan namuna o’simliklar barg tugunchasi, poya va g’unchaga bolinadi.
Gullash davrida olindan namuna – o’simlik barg tugunchasi,poya g’uncha va gulga bo’linadi.
O’suv davrining ohirda, pishib yetilish davrida olingan namuna –o’simlik barg tugunchasi, pishgan chanoq va pishmagan chanoq tolalari chanog’idan ajraladi
O’simliklar bo’lingandan so’ng ular quritiladi.
Poyalar to’planib xar bir variant alohida -alohida qilib bog’lanadi. Xar bir bog’ga etiketika yozib boylanadi .
O’simlikning qolgan qismlari doka haltachalarga solib etikrtika yopishtiriladi.
Namunalar soyada yoki termostatda 45-600 S temperaturada quritiladi.
O’simlik juda yuqori temperaturada quritiladi , chunki bunda bazi bir moddalar parchalanishi mumkun . Bioximik analizlar uchun o’simlik 100-1050S da 20-30 minut davomida parlantiriladi, so’ngra 600S temptraturada quritiladi.
To’liq ochilgan va pishmagan chanoqdagi tola quritiladi, so’ngra umumiy tolaga qo’shiladi.SHoxchalari umumiy shoxchalari bilan birlashtiriladi.SHundan so’ng, g’o’za organlarining ayrim bo’laklari 0,01g aniqlikdagi texnik tarozida tortiladi.
Analizni aniq bo’lishi uchun namunani to’g’ri tanlab olish kerak. O’simlikning hamma o’rganlari toladan tashaqari sektorda yaxshilab maydalanib ezilishi kerak. Poya boshidan bo’yiga qarab kesiladi, so’ng 0,2-0,5 sm li bo’laklarga bo’linadi, o’simlik poyasi xo’lligida kesilgani maqul.
SHoxcha va burglar qo’l bilan maydalanadi. Tayyorlangan har bir o’simlik organlari katta qog’zda yoyib chiqiladi.So’ngra shpatel bilan to’ry bolkga bo’linadi,ikkita qarama-qarshi bo’laklar olinadi, qolgan ikki bo’lagi yana aralashtiriladi.Bu aralashtirilgan namuna yarim namuna bo’lib, o’rtacha namunani tashkil etadi.
O’rtacha namuna tarkibi birmuncha bir xil bo’lishi kerak. Analizga olingan material to’g’ri bo’lishi uchun,o’rtacha namunani labaratorya tegirmoni yoki kofe maydalagichdan o’tkaziladi.
Paykalchalardan terilgan pahtadan namuna olish uchun uni quritib urug’ va tolaga ajratiladi,so’ng katta qog’oz ustida yupqa qilib yoyiladi. YOyilgan materialni diagonal bo’yicha to’rt bo’lakka bo’lib,ikkita qarama-qarshi uchburchakigi olinadi, qolgan ikki bo’lagi aralashtiriladi, bu o’rtasha namuna hisoblanadi.
Analiz uchun belgilangan beda bog’lari bo’laklarga bo’linmaydi.Xar-bir bog’ni quritish uchun oldindan begona o’tlar ajratilib, o’lchanadi,maydalanadi va alohida analiz qilinadi.
Agarda namuna urug’lik uchaskadan olingan bo’lsa,undagi urug’ alohida ajratiladi.
Beda namunasi tegirmonda maydalanib,o’rtachasi olinadi. O’rtacha namuna g’o’zadagi o’rtacha namuna singari olinadi.
O’rtacha namuna olinadigan yoki saqlanadigan uyda ammiak kabi uchadigan ximyaviy birikmalar bo’lishi mumkun emas chunki tekshiriladigan o’simlik uni o’ziga sindirishi mumkin, bu esa analiz natijasiga ta’sir etishi mumkin.
O’simliklar analiz qilishi o’g’it qo’llashni tartibga solish bilan bir qatorda amaliy va nazariy masalalarni xal qilish uchun muxim axamiyatga ega.
O’simliklarda oziq moddalarning yetishmasdigini aytib berish analitik xisoblar asosida olib boriladi.
O’simlik analizi o’g’itlarni o’simlik bo’yicha rivojlanishiga, xosiliga, xosil sifatiga –urug’ yog’liligiga, oqsil tarkibiga va boshqalarga bog’liqligini aytib beradi.
O’g’itlar bilan olib borilgan dala va vegitatsion tajribalar faqat o’simlikni kuzatish va xosilini xisobga olish bilan emas, balki ularni analiz qilish bilan birgalikda olib borilishi kerak.
Analizlarni tanlash programmaga muvofiq xolda olib boriladi. Keng tarqalgan analiz turlaridan biri azot, fosfor va kaliyning umumiy miqdorini aniqlashdan iboratdir.
Bazi bir sharoitlarda elementlarning boshqa shakllarini:masalan azot va fosfoрНing organik va mineral formalarini aniqlash xam kerak bo’ladi. Ayniqsa, o’simliklarda mikro elementlarni aniqlash katta axamiyatga yega.
Tuproq tarkibidan oziq elementlarining olib ketilishini aniqlash uchun o’simlik yer ustki qismining xammasi analiz qilinadi.Oziqning eng qulay sharoitda bo’lganligini aniqlash uchun esa barg, g’uncha va yaproqlar analiz qilinadi.
Ko’pgina tekshirishlardan malumki, o’simlik organlarida oziq elementlari xar xil miqdorda to’planar ekan(19-jadval).
Ayrim o’simlik tarkibidagi azot va kul elementlarining miqdorini(protsent xisobida)jadvaldan ko’rish mumkin.
G’o’zadagi azot, fosfor va kaliy miqdori, quruq moddaga nisbatan protsent hisobida
G’o’za o’simligi organlari
N
P2 O5
K2 O
1
2
3
4
Barg
2,2-2,6
0,,5-0,8
1,2-1,4
Poya
0,7-0,9
0,20-0,30
1,5-2,0
CHanoq
1,0-1,2
0,2-0,3
2,5-3,0
Urug
2,0-2,4
0,8—1,2
1,2-1,4
Tola
0,3-0,4
0,15-0,25
0,4-0,6
O’simlik
Suv
Kul
N
P2 O5
K2 O
1
2
3
4
5
6
Makkajo’xari: donida
Poyasida
SHoli : qipig’ida
No’xat: donida
Poyasida
O’simliklardagi oziq elementlar miqdori va rivojlanish davrida o’zgaradi. G’o’za quruq moddasida azotning miqdori ko’pincha shonalashgacha 3,8-4,2% bo’ladi. Keyinchalik azot miqdori kamayadi va vegetatsiya oxirida 1,4 va 1,8% oralig’ida bo’lib turadi.
O’simlik quruq moddasining tarkibida fosfor (P2 O5) miqdori 2-4 chin barg chiqarish davrida 0,4-0,6% shonalashda esa 0,8-1,2% gacha ko’payadi, o’sish davrining oxirida 0,3-0,5%gacha kamayadi.
Kaliy (K2O) miqdori 1,9%dan g’o’za rivojlanishida esa 2,2-2,4% gacha, shonalashda ko’payadi va g’o’za pishish davrigacha esa 1,5-1,6%gacha kamayadi.
O’simliklarda azot. Fosfor va kaliy miqdori o’sish davriga oziq elementlarining sarflanishiga muvofiq o’zgarib turadi.
Agar rivojlanish davridagi g’o’zada oziq elementlari miqdorini aloxida ifodalamoqchi bo’lsak, butun vegetatsiya davri fazalari bo’yicha bu elementlarning miqdori quyidagicha bo’ladi.
G’o’za o’simligi 1tonna paxta tolasi xosil qilish uchun 30-60kg azot,10-20 kg fosfor (Р2O5) va 30-60kg kaliy (K2O) ni tuproqdan olib ketadi.Oziq elementlari sarfini kamaytirish uchun agrotexnikani to’g’ri qo’llash va yangi serxosil navlar yaratish kerak.
Bu munosabatda o’suv qisimlarining xosildorlik nisbati, katta axamiyatga ega. Xar qancha ortiqlik shuncha miqdorda oziq moda sarflanishiga sabab bo’ladi.Oziq sarfini birinchi navbatda paxta tolasi xosilining birligiga sarflash kerak.