Umumiy azot miqdorini aniqlash. O’simlik tarkibidagi ammiak azotining taxminiy miqdoriga ko’ra Keyeldal kolbasida kuydirib tayyorlangan 100 ml li eritmadan 1 ml o’lchab olib 100 ml li o’lchov kolbasiga quyiladi. Uni ustiga 50 ml distillangan suv quyib metilorangi indikatori ishtirokida 10% li natriy ishqori yordamida eritma och sariq rangga o’tguncha neytrallanadi. So’ngra uni ustiga 50% li segnet tuzi eritmasidan 2 ml quyiladi, aks xolda kaltsiy va magniy tuzlari cho’kmaga tushib eritmani loyqalantirib yuborishi mumkin.
SHundan so’ng o’lchov kolbasidagi eritmaga yana distillangan suv quyib, umumiy xajmi taxminan 90 ml ga yetkaziladi, uni ustiga 2 ml nessler reaktividan quyib yaxshilab aralashtiriladi va umumiy xajmi distillangan suv bilan 100 ml ga yetkaziladi. Natijada o’simlik namunasi tarkibidagi umumiy azot miqdoriga monand ravishda sariq rang hosil bo’ladi.
Hosil bo’lgan sariq rang intensivligi kollorimetrda o’lchanadi va na’muna eritma asosida grafik tuziladi. Grafik asosida azot miqdori aniqlanadi.
FosfoрНi aniqlash. Ish printsipi. Ma’lumki fosfat kislotasi ammoniy molibdati hamda kaliy xloridi bilan birikib ko’k rang hosil qiladi. Bu ish analiz qilinayotgan eritmada hosil bo’lgan o’sha rangni kalorimetrda o’lchash printsipiga asoslangan. Buning uchun FEKda, hosil bo’lgan rangni optik zichligi aniqlanadi va kalibrlangan grafik bo’yi o’simlik namunasidagi fosfor miqdori aniqlanadi. eritma odatda qirralari oralig’i 10 mm. Bo’lgan kyuvetalarga qo’yilib, FEKning qizil rangli filtrida aniqlanadi.
Ishning borishi. O’simlik namunasini Keldan kolbasida qo’ygizib tayyorlangan eritmadan 5-10 ml olib 100 ml li o’lchov kolbasiga qo’yiladi, uning ustiga 25-30 ml distillangan suv va ikki tomchi beta dinitrofenol indikatoridan quyib, eritmaning rangi sarg’ayguncha 10 protsentli ammiak bilan neytrallanadi, eritmaga 1-2 tomchi sulfat yoki xlor kislotasidan tomizib, eritma rangsizlantiriladi. So’ngra kolbaga 4 ml molibden reaktividan quyiladi, kolbaning qolgan qismini esa distillangan suv bilan chizig’igacha o’tkaziladi, yaxshilab aralashtirib, 6 tomchi qalay xlorid eritmasidan tomiziladi, oradan 5-10 minut o’tgandan so’ng kalorimetrda ko’riladi.