Тупроқшунослик асослари


Nitrat miqdorini aniqlash



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə205/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Nitrat miqdorini aniqlash.
Sabzavot tarkibidagi ammiak azotining taxminiy miqdoriga ko’ra Keyeldal kolbasida kuydirib tayyorlangan 100 ml li eritmadan 1 ml o’lchab olib 100 ml li o’lchov kolbasiga quyiladi. Uni ustiga 50 ml distillangan suv quyib metilorangi indikatori ishtirokida 10% li natriy ishqori yordamida eritma och sariq rangga o’tguncha neytrallanadi. So’ngra uni ustiga 50% li segnet tuzi eritm asidan 2 ml quyiladi, aks xolda kaltsiy va magniy tuzlari cho’kmaga tushib eritmani loyqalantirib yuborishi mumkin.
SHundan so’ng o’lchov kolbasidagi eritmaga yana distillangan suv quyib, umumiy xajmi taxminan 90 ml ga yetkaziladi, uni ustiga 2 ml nessler reaktividan quyib yaxshilab aralashtiriladi va umumiy xajmi distillangan suv bilan 100 ml ga yetkaziladi. Natijada o’simlik namunasi tarkibidagi umumiy azot miqdoriga monand ravishda sariq rang hosil bo’ladi.
Hosil bo’lgan sariq rang intensivligi kollorimetrda o’lchanadi va na’muna eritma asosida grafik tuziladi. Grafik asosida azot miqdori aniqlanadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Sabzavot namunalari, keldal kolbasi, 100 ml li o’lchagich kolba, nessler reaktivi, 10 foizli ammiak eritmasi, betta dinitrofenol indikatori, kalay xlorid eritmasi, xlor kislotasi, sulfat kislotasi, 10% li natriy ishqori, molibden reaktivi, 50% li segnet tuzi eritmasi, FEK, sekundamer pipetka, analitik tarozi,elektoplita, distillangan suv.
N A Z O R A T C A V O L L A R.
1.Sabzavot namunasi analizga qanday tayyorlanadi.
2.Sabzavot tarkibi qaysi sul bilan aniqlanadi.
3.Sabzavot tarkibidagi nitrat miqdori qanday aniqlanadi.

13 Laboratoriya ishi: Tuproq tarkibidagi nitrat shaklidagi azot miqdorini Grandval – Lyaju usulida aniqlash


Maqsad:Tuproq tarkibidagi nitrat shaklidagi azot miqdorini aniqlashni o’rganadi.
Tuproqdagi nitratlar organik va anarganik birikmalar tarkibidagi ammiyakning oskidlanishi natijasida paydo bo’ladi va shuning uchun ham nitratlarning manbai go’ng va tarkibida ammgi bor mineral o’g’itlar hisoblanadi. Nitratlar o’simlik uchun asosiy azotli ozuqa manbayidir. Nitratlar suvda yaxshi eridi. SHuning uchun ham u doimo suv bilan birga harakatda bo’ladi. ya’ni namlik havoga ko’tarilganda, u tuproq yuzasida tuz sifatida to’planadi, sug’orish natijasida esa yana suvda erib, tuproqning pastki qatlamlariga tamon harakatlanadi.
Nitratlar doimo tuproqning tabiy namligida aniqlanadi, aks holda ammiakning uzluksiz nitratga aylanib turishi evaziga nitratning miqdori normadagidan ko’payib ketishi mumkin.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin