Kerakli asbob va reaktivlar: O’simlik namunasi, keldal kolbasi, penitsillin idishchasi, 100 ml li o’lchagich kolba, nessler reaktivi, 10 foizli ammiak eritmasi, betta dinitrofenol indikatori, kalay xlorid eritmasi, xlor kislotasi, sulfat kislotasi, 10% li natriy ishqori, molibden reaktivi, 50% li segnet tuzi eritmasi, FEK, alangali fotometr,sekundamer pipetka, analitik tarozi,elektoplita, distillangan suv
N A Z O R A T S A V O L L A R.
1.O’simlik namunasi analizga qanday tayyorlanadi.
2.O’simlik tarkibi qaysi usul bilan aniqlanadi.
3.Usimlik tarkibidagi azot miqdori qanday aniqlanadi.
4.O’simlik tarkibidagi fosfor va kaliy qanday aniqlanadi.
12 Laboratoriya ishi: Sabzavot va poliz maxsulotlari tarkibidagi nitrat miqdorini (B.P.Pleshkov usuli) aniqlash
Maqsad: Sabzavotlar tarkibidagi azot, fosfor va kaliyni xar bir rivojlanish fazalari bo’yicha miqdorlarini aniqlab o’simliklarni ozuqa elementlariga bo’lgan talabini o’rganadi.
Sabzavotlarni analizga tayyorlash.
Analiz uchun butun sabzavotni yoki uning qismlarini olish mumkin. YOsh sabzavot analiz qilinganda, ko’pincha uni butunligicha olinadi. Bunday hollarda o’simlik yaxshilab yuvilib, havo namligida quritiladi. Analiz uchun sabzavotning biror qismi (bargi, poyasi, ildizi, mevasi) olinsa, u holda albatta umumiy o’rtacha namuna olinishi kerak. CHunki, ayrim sabablarga ko’ra – issiqlik, namlik, urug’lik sifati, oziqlanishi va boshqalar – bir joyda o’sgan sabzavot o’rtasida ham ma’lum darajada farq qilishi mumkin.
Olingan natijalarni haqoniyligi ko’p jihatdan umumiy o’rtacha namunaning to’g’ri yoki noto’g’ri olinishiga ham bog’liq bo’ladi.
Laboratoriyaga keltirilgan ko’pchilik sabzavot namunalari maxsus termostatlarda quritiladi.
Dastlabki tarkibi o’zgarmasligi uchun namuna fiksatsiyalanadi. Buning uchun 80-90 daraja atrofida qisqa vaqtli qizdiriladi, chunki, 70 darajadan yuqori issiqlikda fermentlar faoliyati to’xtaydi.
Analiz uchun o’rtacha namuna olishga qulaylik tug’dirish hamda sinalayotgan moddaning tez va to’liq ajralib chiqishini ta’minlash uchun sabzavot maxsus tegirmonlarda maydalanadi. Maydalagan namuna diametri 1 mm. li elakdan o’tkazilib, og’zi shiliflangan, havo o’tkazmaydigan shisha idishlarda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |