Kerakli asbob va reaktivlar O’simlik namunalari, termostat, xovoncha, 1mm. li elak, og’zi berk shisha idish.
N A Z O R A T S A V O L L A R.
1.O’simlik namunasi nima maqsadda taxlil qilinadi?
2.O’simlik namunalari qachon va qanday olinadi?
3.O’simlik namunalari qanday analizga tayyorlanadi?
11 Laboratoriya ishi: O’simlik tarkibidagi yalpi azot, fosfor, kaliyni bitta namunada Ginzburg, SHeglova va Vulfius usulida aniqlash
Maqsad:O’simliklar tarkibidagi azot, fosfor va kaliyni xar bir rivojlanish fazalari bo’yicha miqdorlarini aniqlab o’simliklarni ozuqa elementlariga bo’lgan talabini o’rganadi.
O’simlikni analizga tayyorlash.
Analiz uchun butun o’simlikni yoki uning qismlarini olish mumkin. YOsh o’simliklar analiz qilinganda, ko’pincha uni butunligicha olinadi. Bunday hollarda o’simlik yaxshilab yuvilib, havo namligida quritiladi. Analiz uchun o’simlikning biror qismi (bargi, poyasi, ildizi, mevasi) olinsa, u holda albatta umumiy o’rtacha namuna olinishi kerak. CHunki, ayrim sabablarga ko’ra – issiqlik, namlik, urug’lik sifati, oziqlanishi va boshqalar – bir joyda o’sgan o’simlik o’rtasida ham ma’lum darajada farq qilishi mumkin.
Olingan natijalarni haqoniyligi ko’p jihatdan umumiy o’rtacha namunaning to’g’ri yoki noto’g’ri olinishiga ham bog’liq bo’ladi.
Laboratoriyaga keltirilgan ko’pchilik o’simlik namunalari maxsus termostatlarda quritiladi.
Dastlabki tarkibi o’zgarmasligi uchun namuna fiksatsiyalanadi. Buning uchun 80-90 daraja atrofida qisqa vaqtli qizdiriladi, chunki, 70 darajadan yuqori issiqlikda fermentlar faoliyati to’xtaydi.
Analiz uchun o’rtacha namuna olishga qulaylik tug’dirish hamda sinalayotgan moddaning tez va to’liq ajralib chiqishini ta’minlash uchun o’simlik maxsus tegirmonlarda maydalanadi. Maydalagan namuna diametri 1 mm. li elakdan o’tkazilib, og’zi shiliflangan, havo o’tkazmaydigan shisha idishlarda saqlanadi.
Umumiy azot va fosfor miqdorini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: |