Harakatchan fosfor miqdorini aniqlash uchun na’muna eritma tayyorlash. Ximyaviy toza, birlamchi kaliy fosfor KH2PO4 tuzidan 0.1917 g. tortib olib, 100 ml.li. O’lchagich kolbaga solinadi va kolbaning kamiga ammoniy karbanat tuzining 1 protsentli eritmasidan quyib suyuqlik hajmini 1 l. yetkazilidi. Tayorlangan bunday eritmaning har ml.ga 0,1 mg. P2O5to’g’ri keladi.
Namuna shikalasini tayorlash uchun eritmadan 100 ml.olib 1 l. li o’lchagich kolbaga quyiladi va kolbaning qolgan qismiga ammoniy karbonat tuzining 1 protsentli eritmasidan quyib, eritmaning umumiy xajmi 1 l. ga yetkaziladi. Tayorlangan bunday eritmaning har 1 ml.ga 0,01 mg. P2O5to’g’ri keladi.
1.Karbonatli tuproqlardagi fosfor miqdori qaysi usul bilan aniqlanadi.
2.Kislotali tuproqlardagi fosfor miqdori qaysi usul bilan aniqlanadi.
3.FosfoрНi aniqlash uchun tuproq eritmasi qanday tayyorlanadi.
4.Tuproqdagi fosfor miqdori qanday xisoblanadi.
5.Tuproqni fosfor bilan ta’minlanish darajasiga ko’ra necha xil bo’ladi.
Almashinuvchi kaliy miqdorini alangali fotometr yordamida aniqlash. Maqsad:Tuproq tarkibidagi almashinuvchi kaliy miqdorini aniqlashni o’rganadi.
Paxta ekilgan maydolar tuprog’i kaliyga boy bo’lib, unda kaliy tahminan 2-3 protsentni tashkil qiladi. Lekin o’simlik tuproq tarkibidagi hamma kaliyni ham o’zlashtiravermaydi, chunki, ular tuproqda 4 xil shakilda mavjud bo’lib, xossalari jixatidan bir – biridan keskin farq qiladi.
Kaliyning alyumisilaktlar bilan birikkan shakli, bu gruppaga asosan tuproq tarkibidagi birlamchi, ikkilamchi minerallardan orotoqlaz, muskovti va boshqalar kiradi.
Almashinuvchi kaliy, bu gurappa umumiy kaliyning 0,5-1,0 protsentni tashkil etib, o’simlik uchun asosiy kaliy manbai bo’lgan birikmalar kiradi.
Kaliyning tuproq eritmasida erigan shakli. Kaliyning bu shakli ham o’simlik tomonidan juda oson o’zlashtiriladi. Lekin bunday kaliy tuproqda juda oz miqdorda bo’ladi.
Organik birikmalar va tuproqda yashagan mikroorganizimlar tanasidagi kaliy. Kaliyning bu shakli oz miqdorda bo’lganligi tufayli o’simlikning oziqlanishida unchalik axamiyatga ega emas.
YUqoridagilardan malumki, o’simlik uchun faqat almashinuvchi va suvda oson eruvchi kaliy katta axamiyatga ega ekan. SHuning uchun biz tuproq tarkibidagi almashinuvchi va suvda oson eruvchi kaliy miqdorini aniqlash bilan tanishib chiqamiz.
Hozirgi vaqtida kaliy miqdorini analiz qilishning aniq va qulay usuli alangali fotometrda aniqlash usuli bo’lib hisoblanadi. Bu usul bilan ishlash uchun B. I. Machigin usulida karbonatli tuproq takibidagi harakatchan fosfoрНi aniqlashda qo’lanilgan so’rimdan foydalaniladi.