Tuproq morfologiyasini aniqlash Quyida Toshkent viloyati YAngiyo’l tumanidagi Toshkent massivida o’tkazilgan tekshirish vaqtida yozib olingan sug’oriladigan bo’z tuproqning morfologiyasi keltiriladi.
A1 gorizont 0-32 sm. chirindili haydalma qatlam, och sur sarg’ish tusli, o’rta qumoq tarkibli, yirik kesakchali, quruq holdagi g’ovak qovushmali, o’simliklar ildizining qoldiqlari bo’lib, chuvalchang yo’llari uchraydi.
A2 gorizont 32-65 sm. chirindili qatlam, strukturali, bir oz nam va zichlangan, chuvalchang yo’llari va o’simlik ildizlari uchraydi. Qatlamning quyi qismida g’isht parchalari va karbonat birikmalari uchraydi.
V. gorizont 65-153 sm. O’tuvchi qatlam, och sur tusli, qumoq tarkibli, strukturali, namligi o’rtacha, o’rtacha zaxlangan, qovushmali, o’simlik va hayvon qoldiqlari kam uchraydi.
S. gorizont 153-200 sm. tuproq osti qatlam, sur-qo’ng’ir tusli, qumoq tarkibli, strukturasiz, namligi o’rtacha, bir oz zichlashgan, o’simlik va hayvon qoldiqlari oz miqdorda uchraydi. 200 sm dan quyi qismi lyoss yotqiziqlaridan iborat. Sizot suvlar juda chuqurda.
Tuproqning morfologik belgilari dalada, tabiiy sharoitda o’rganilishi bilan shu joydagi tuproqning paydo bo’lishi hamda ayrim qatlamlarning xususiyatlari va xarakteri aniqlanadi. Bu materialllar asosida tekshirilayotgan joydagi tuproqning qaysi tipga mansub ekanligi aniqlanadi. Bundan tashqari, sho’rlanish va botqoqlanishning oldini olish, shuningdek, tuproq unumdorligini oshirish uchun qo’llaniladigan agrokompleks tadbirlarni to’g’ri belgilash imkoniyatini ham beradi.
N A Z O R A T C A V O L L A R.
1.Tuproqning morfologik bklgilariga qaysilar kiradi?
2.Tuproqning genetik qatlamiga nimalar kiradi?
3.Tuproqning morfologik belgilari qanday aniqlanadi?
4.Tuproq nechta qatlamdan iborat?
9 Laboratoriya ishi: Tuproq xaritalarini o’qishni va undan foydalanishni o’rganish
Tuproq xaritasini chizish va analiz qilish uchun daladan namunalar olinadi. Xo’jaliklarda erlardan to’g’ri va samarali foydalanish tuproq xaritalari, tuproq va agrokimyoviy xaritagrammalari asoosida olib borilishi lozim.
Tuproq xaritasi-ma’lum territoriya (xo’jalik, tuman, viloyat kabi) tuproq qoplamini ma’lum masshtabda kichraytirilgan holda qog’ozga aks ettirish demakdir.
Qanday masshtabda chizilganiga qarab tuproq xaritalarining quyidagi xillari ajratiladi;
Kichik masshtabli xaritalarda (1:300000 dan kichik) viloyatlar, o’lkalar, respublikalar va shuningdek butun mamlakat tuproq- qoplami aks ettiriladi. Ulardan er fondlarini hisobga olib borish (tuproq geografik rayonlashtiirish va hokazo) uchun foydalaniladi.
O’rtacha masshtabli xaritalar (1:300000-1:100000) asosan yig’ma va obzor tarzida bo’ladi, ular agrotuproq rayolashtirishni o’z ichiga oladi va planlashtiruvchi hamda rahbar organlarga mo’ljallanadi.
Yirik masshtabli xaritalar (1:50000; 1:25000; 1:10000) fermer xo’jaliklar uchun tuziladi.
Mukammal xaritalar (1:5000-1:200) ilmiy tekshirish mvassasalari (tajriba stanstiyalari, institutlar va boshqalar)ning ekin maydonlarida tuziladi. Ular asosida xo’jaliklarda ayrim uchastkalarniing zaxini qochirish va sug’orish, bog’lar, tokzorlar barpo qilish, tajriba va nav sinash uchastkalarini tashkil etish kabilar loyihalanadi.
Xo’jaliklar (fermer) tuproq qoplami xaritasini tuzish uchun masshtab (1:50000 dan 1:10000 gacha) tekshiriladigan xududning relefini, tuproq qoplamini, xo’jalikning ixtisoslashuvini hisobga olib tanlanadi. O’zbekiston paxtachilik xo’jaliklarining odatda relefi tekisroq bo’lgan sharoitda 1:10000 masshtabli tuproq xaritalari tuziladi. (1sm da 100m).
Xaritagramma-qishloq xo’jalik ekinlar maydonlarining tuproq xaritasi masshtabida chizilgan sxema tarzidagi tasviri. Xaritagrammalar tuproqning ayrim xossalari ta’rifini to’ldirish uchun (chirindili qatlam qalinligi, mexanik tarkibi, eroziyalanganlik darajasi, sho’rlanganligi va ta’minlanganligi kabi) hamda tuproqlardan foydalanishga doir tavsiyalarni aniqlashtirish, mujassamlari uchun mo’ljallangan. Bundan tashqari tuproq tarkibidagi kaliy va fosfoрНing harakatchan formasini ko’rsatuvchi agrokimyoviy xaritagrammalar ham tuziladi.
Umumiy xaritagrammalar jumlasiga tuproqlarni agroishlab chiqarish guruhlarga birlashtirish va ulardan foydalanishga doir tavsiyalar beruvchi xaritogrammalar, harakatchan shakldagi fosfor va kaliyning miqdorini ko’rsatuvchi xaritogrammalar hamda tuproqlar bonitirovkasiga doir kartogrammalar kiradi.
Xududiy xaritagrammalar tuproqlarning eroziyalanganlik, kislotalilik, sho’rlanganlik darajasi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha tuziladi. Tuproq xaritalariga uqtirish kitobi yoki tuproq ocherki, xaritagrammalarga esa tushuntirish xati albatta ilova qilinadi.
Tuproq ocherki yoki tushuntirish xatida barcha o’tkazilgan ishning natijalari yozib qo’yiladi, ularda xo’jalikniing tabiiy sharoiti, tuproq qoplami, tuproq xususiyatlarining morfologik va analitik ta’rifi, tuproqlarning agroishlab chiqarish guruhlashtirish va tuproqlardan foydalanishga doir tavsiyalar, ularning unumdorligii oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko’rsatiladi.
Tuproqlarning agroishlab chiqarish guruhlashtirish deganda genezisi, xossalari, foydalanishi va tavsiya etiladigan chora-tadbirlar bo’yicha bir-biriga yaqin bo’lgan bir necha xil tuproq ayirmalarini birlashtirishi tushuniladi.
Tuproqni tekshirishga oid ma’lumotllardan ichki xo’jalik er tuzish ishlarida almashlab ekiladigan maydonlarni to’g’ri belgilash uchun, shuningdek ekin maydonlarining transformastiyasi yoki ulardan foydalanishni o’zgartirish uchun qo’llaniladi. Xo’jalik tuproqlarini tekshirish ishlari er tuzish ishlaridan oldin o’tkazilishi kerak. Tuproq xaritalari va xaritagrammalaridan tuproqqa ishlov berish va o’g’itlash tizimini, tuproqlarni meliorastiyalash hamda bonitirovkalash turlarini aniqlashda foydalaniladi.
Tuproqni dalada tekshirish ishi, asosan, tekshiirilmoqchi bo’lgan joyning tabiiy sharoiti va tuprog’i haqidagi adabiyotlarni to’la o’rganib chiqishdan iborat. SHuningdek, shu joyning topografik asosi, rejasi, va tuproqlarning tarqalishi joylashini o’rganib chiqiladi.
Tuproqni dalada tekshirish uchun quyidagilarni tayyorlash kerak: topografik asos, dala kundalik daftari, tuproq ayirmasi, chuquрНi yozish uchun maxsus daftar, rangli va oddiy (qora) qalam, o’chirg’ich, namuna olish uchun qop yoki qog’oz, kanop yoki yo’g’on ip, ruletka yoki po’lat o’lchagich, o’tkir belkurak, o’tkir qalin pichoq, charm yoki brezent sumka, ryukzak yoki qop, kompas, bloknot, monolit (100*20*8) va oddiy yashik, burma va oddiy mix, otvyorka, bolg’acha, dala soyaboni, reaktivli yashik (HCl, BaCl2, AgNO3 larning 10% li eritmasi, fenolftalein), probirka, voronka, filtr va distillangan suv, lupa, eklimetr, vizirli chizg’ich, tuproq parmasi (bura) gerbariy uchun tayyorlangan sim to’r.
Bu ko’rsatilganlarni tayyorlab fermer xo’jaligi xududi bilan tanishib chiqilgandan so’ng tuproqni tekshirish boshlanadi.Tuproq xaritasini chizish va analiz qilish uchun daladan namunalar olinadi.
Xo’jalik va boshqa yerdan foydalanuvchilarni tuproqlarini bonitirovka qilish uchun tuproq kartalari asos bo’lib xizmat qiladi. Baholash ob’ekti ulardan ajratilgan har xil tuproqdir. Amaliy bonitirovka quyidagicha amalga oshiriladi. Dastlab tuproq kartasidagi eksplikastiyadan tartib bo’yicha genetik guruhlarni va tuproq xillarini mexanik tarkibini bonitetini dastlabki ballari aniqlanadi. Boshqa xususiyatlarni ko’rsatkichi bonitirovka koyeffistiyenti jadvallarida keltirilgan.Har bir tuproq xilini yakuniy bonitet bali dastlabki balni shkala buyicha bonitirovka koyeffisentiga ketma-ket ko’paytirish orqali amalga oshiriladi.
Tuproqni bonitirovka qaydnomasi
№/№ tuproq turi
Tuproqni nomi
Baza shkalasi bo’yicha ballar
Bonitirovka koyeffisentlari
maydon (gektar)
Bonitetni
yakuniy bali
1
2
3
4
Erlarni baholash ishlari malakasi shuni ko’rsatadiki, tupqroqni bonitirovka qilish har bir alohida holatda chegaralangan miqdordagi bonitirovka koyeffisentlarini (3 tadan oshmasligi kerak) ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ko’p miqdorda koyeffisentlarni ishlatish, ayniqsa tenglanish va ifodalanish xususiyatlari noqonuniy ravishda tuproqni baholash ballarini pasaytiradi. Korrelyastiya va determinastiya koyeffisenti o’lchamlari bo’yicha quyidagicha belgilandi.
tog’ oldi va tog’ osti tekisliklarda tuproq hosildorligini to’g’ri baholash uchun yuvilib ketish yoki yuvilib to’planishi koyeffisenti etarlidir. Och tusli bo’z tuproqlarda bularga sho’rlanish darajasi koyeffisenti qo’shiladi;
bo’z tuproq mintaqasidagi gidromorf tuproqlarni baholash uchun gumus miqdorini, gumusli qavatini qalinligini yoki shag’al qatlamini joylanish chuquri koyeffisenti etadi. SHagal qavati tuproq yuzasidan 70 sm chuqurlikda joylashsa, u holda tuproqlarni baholashda fakat gumusli qatlam qalinligi koyeffisenti qo’llaniladi.