Savol va topshiriqlar:
Tuproq muhiti (pH) nima va uning ahamiyati?
Vodorod (Н) ioni konstentrastiyasi gidroksil (OН) ioni konstentrastiyasiga teng bo’lsa qanday muhit yuzaga keladi?
7 Laboratoriya ishi: Tuproqdagi CO2 karbonatlar miqdorini (atsidimetrik usulida) aniqlash
Maqsad: Tuproq tarkibidagi kaltsiy karbonat va magniy karbonat birikmalarini aniqlashni o’rganish.
Bu usul karbonatlarni bir sutka davomida sirka kislotaning 2 % li eritmasi bilan aralashtirilib qoldirib parchalashga asoslangan. Bunda quyidagi reaksiya ketadi:
СaSO3+2CH3SOOH=(CH3SOO)2Сa+H2O+СО2
MgСO3+2CH3SOOH=(CH3SOO)2Mg+ H2O+СО2
Keyin kalsiy va magniyni sirka kislotali so’rimda kompleksometrik usul bilan aniqlash trilon-B ning ana shu metallar ionlarini ularning rangli eruvchan komplekslaridan metallindikatorlar–qora xromogen, mureksid yordamida ajratib olish xossasiga asoslangan.
Ish tartibi:
Sirka kislotali so’rim tayyorlash:
1g tuproq olinib sig’imi 500 ml bo’lgan yassi tubli kolbaga solinadi.
Tuproqli kolbaga sirka kislotaning 2 % li eritmasidan 250 ml quyiladi va aralashtirilib bir sutka qoldiriladi.
Bu muddat o’tgandan keyin kolbadagi eritma aralashtirililadi va filtrlanadi.
Сa+Mg NING UMUMIY MIQDORINI SIRKA KISLOTALI SO’RIMDA KOMPLEKSOMETRIK USUL BILAN ANIQLASH
1.Sig’imi 250 ml bo’lgan konussimon kolbaga 20 ml so’rim solinib, taxminan 100 ml distillangan suv, 10 ml xlorid-ammiak buferi quyiladi va eritmaning qizg’ish-binafsha tusga kiritish imkonini beradigan miqdorda qora xromogen kukuni solinadi.
2.Eritmaning binafsha rangdan ko’kimtir – zangori tusga o’tguncha trilon–B ning 0,01 n, 0,05 n yoki 0,1 n eritmasi (karbonatlarning kutilayotgan miqdoriga bog’liq) bilan sekin-asta titrlanadi. eritma binafsha–ko’k rangga o’tgan paytda titrlashni ayniqsa ehtiyotlik bilan sekin olib borish zarur.
3.Titrlashning normalligi va titrlashga sarflangan trilon–B ning miqdori ml hisobida yozib qo’yiladi.
KALSIY IONINI ANIQLASH
1.Kalsiyni aniqlash uchun Sa va Mg ning umumiy miqdori aniqlangan miqdoridagi (20 ml) so’rim olinib, 250 ml sig’imli konussimon kolbaga solinadi va 100 ml hajmidagi distillangan suv bilan suyultiriladi. Uning ustiga KOH yoki NaOH ning 10% li eritmasidan 5 ml quyiladi hamda eritmani yorqin qizg’ish rangga kiritish uchun yetarli bo’lgan miqlorda mureksidning osh tuzi bilan aralashtirilgan kukuni qo’shiladi.
2.Kolbadagi eritma darhol trilon–B eritmasi bilan titrlanadi, shunda eritmaning normalligi Sa va Mg ning yig’indisini aniqlash uchun titrlashga olingan eritmanikidek bo’lishi kerak; titrlash asta-sekin, yaxshi aralashtirilgan holda, eritma binafsha rangga o’tgunga qadar dovom ettirilishi kerak.
3.Kalsiyni titrlash uchun sarflangan trilon–B ning normalligi va miqdori ml hisobida yozib qo’yiladi.
KALSIY VA MAGNIYNING FOIZ MIQDORINI HISOBLASH
Analizimiz maqsadi tuproqdagi karbonatlarning prosent miqdorini aniqlashdan iborat bo’lgani uchun hisoblashda quyidagi formulalardan foydalanamiz;
Bunda A-Сa va Mg ning umumiy miqdorini titrlashga sarflangan trilon-B ning miqdori, ml; B-Sa ni titrlashga ketgan trilon-B ning miqdori, ml; n- trilon-B eritmasining normalligi; Sa mg-ekv-0,02000; Mg mg-ekv-0,01216; 100-100 g tuproqqa hisoblash koyeffisiyenti; P-analizga olingan tuproq namunasining og’irligi; B- so’rimning umumiy hajmi, S-titrlash uchun olingan so’rimning hajmi.
Сa va Mg MIQDORINI TEGISHLI KARBONATLAR FOIZIGA HISOBLASH
СaSO3 ning gramm-molekulasi Sa ning gramm-ionidan 2,5 baravar og’ir, MgSO3 ning gramm-molekulasi esa Mg ning gramm-ionidan 3,5 marta og’ir bo’lgani sababli biz hisoblashning quyidagi sxemasidan foydalanamiz:
1,4 СaO 1,66 MgO
Сa Mg
2,5 СaSO3 3,5 MgSO3
Agar tuproq suvda oson eriydigan tuzlarga boy bo’lsa, u holda magniy karbonatning prosent miqdoridan magniyning suvda oson eriydigan tuzlarining prosent miqdorini ayirish lozim.
Dostları ilə paylaş: |