Nazorat savollari: 1. Tuproq strukturasi deb nimaga aytiladi va morfologik va agronomik jihatdan ularni baholashdagi xususiyatlar nimada?
2. Tuproq strukturasining hosil bo’lishini qanday jarayonlar belgilaydi.?
3. Strukturaning agronomik ahamiyatini ta’riflang?
4.Tuproqning kovakligini va uning agronomik ahamiyatini ta’riflang?
5. Sug’oriladigan dehqonchilik tuproqning fizikaviy xossalariga qanday ta’sir etadi?
6.Kapillyar namlik necha foiz bo’lganda tuproqda anaerob jarayon boshlanadi?
7.Tuproqning fizik-mexanik xossalarini ayting. Ularni ta’riflang va ularning tuproqning tarkibiga, uning fizik-kimyoviy xossalariga va boshqa omillarga bog’liqligini tushuntiring?
Fizik-mexanik xossalar tuproqning agronomik bahosiga qanday ta’sir etadi.
Tuproqning fizik yetilganlik holatini dala sharoitida qanday aniqlasa bo’ladi?
Tuproqning plastiklik holatini quyi va yuqori chegarasi nimalarga bog’liq?
Tuproqning umumiy fizik va fizik-mexanik xossalarini yaxshilash usullarini ko’rsating?
4-MAVZU.TUPROQLARNING KIMYOVIY TARKIBI VA ORGANIK QISMI, ULARNNIG AHAMIYATI. Reja.
1.Tuproqdagi organik moddalar manbai va tarkibi
2. Tuproqda gumus (spetsifik organik moddalar) ning hosil bulishi va u haqidagi asosiy nazariyalar.
4.1 .Tuproqdagi organik moddalar manbai va tarkibi Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. Bu organik moddalar o’simliklar, jonivorlar va mikroorganizmlarning har xil darajada chirigan qoldiqlaridan hamda tuproqning o’ziga xos moddasi - gumus yig’indisidan iborat. Gumus murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekulyar modda kompleksi bo’lib, odatda qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda mineral qismi bilan juda mustahkam birikkan holatdadir.
Tuproqning organik moddalari tarkibida doim turli organizmlarning tirik hujayralari va tuproq faunasi (jonivorlari) ham ishtirok etadi.
Tuproqlar organik qismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatda: gumus 85 foiz, o’simlik qoldiqlari 10 foiz, tuproq florasi va faunasi (tirik zamburug’lar, suv o’tlari, bakteriya va aktinomitsetlar, yomg’ir chuvalchanglari kabilar) 5 foiz chamasida bo’ladi (16-rasm).