Тупроқшунослик асослари



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə41/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Gumin kislotalari tsiklik tuzilishga ega bo’lgan azot saqlaydigan yuqori molekulyar organik kislota bo’lib, suvda kam eriydi, mineral kislotalarda esa erimaydi. Gumin kislotalari ishqorlarda eriydi, ular eritmasi qoramtir rangda bo’lib, to’q jigarrangdan qoragacha o’zgarib turadi.
Mineral kislotalarning vodorodi hamda ikki, uch valentli kationlar
ta’sirida eritmadan cho’kmaga tushadi. Gumin kislotalarning element tarkibi uglerod (50-62), vodorod (2,8-6,6), kislorod (31-40) va azot (3-6) foizdan iborat.
5-jadval
O’simlik va gumus tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdori
(foiz hisobida)




S

R

O

N

Kul

O’simlik

45

6,5

42

1,5

5

Gumus

58

4,5

28

3

2-8

Gumin kislotalarning elementlar tarkibi turli tuproqlarda bir xil


emas (14-jadval). Qora tuproqlardagi gumin kislotada uglerod eng ko’p bo’lib, chimli podzol tuproqlarda vodorod ko’payadi. Bo’z tuproqlarda bu nisbatan azotning ko’pligi bilan farqlanadi (o’rtacha 4,7 foiz) va uglerod ham bu tuproqda ancha ko’p (61,9 foiz).
Gumin kislotalari tarkibida kul elementlari 1-10 foiz atrofida o’zgarib, ular molekulalarining doimiy komponentlari emas. Gumin kislotalari molekulasining muhim qismi karboksil, fenol-gidroksil, metoksil, karbonil va amidlar kabi funktsional gruppalaridan tashkil topgan. Keyingi ma’lumotlarga ko’ra gumin kislotalari tarkibida aromatik va geterotsiklik komponentlar 50-60, uglevod komponentlari - 25-30 va funktsional gruppa 10-25 foiz atrofida bo’ladi. Kislotali xususiyati, singdirish sig’imi va gumat tuzlarining hosil bo’lishi ana shu funktsional gruppa miqdoriga bog’liq. Jumladan, funktsional gruppadagi vodorodning dissotsiyalanishi рН mikdoriga bog’liq bo’lib, ishqoriy muhitda ko’proqdir. SHu sharoitda almashinish qobiliyati 100 g gumin kislotasida 700 mg.ekv ni tashkil etadi. Tuproqdagi gumin kislotalari asosan gel holatida bo’ladi. Mineral kislotalar ta’sirida kam gidrolizlanadi, ishqorlar ta’sirida eritmaga o’tadi. Gumin kislotalari tuproqning mineral qismi bilan o’zaro ta’sirlashib uning tuzlari (gumatlar)ni hosil qiladi. Gumatlar murakkab organik-mineral kompleks bo’lib, gilli minerallar yuzasida mustahkam yutilgan va barqaror bo’lishi mumkin.
6-jadval
Asosiy tuproqlardagi gumin va fulvokislotalar tarkibidagi kimyoviy elementlar tarkibi (L.N.Aleksandrova).

Tuproq nomi, olingan namunalar
chuqurligi, sm

Kulsiz quruq moddaga nisbatan foiz hisobida

S

N

O

N

Gumin kislotalar

CHimli podzol tuproq;
o’rmon osti, 2-12
haydalma yer 0-10

56,2
56,8



4,8
4,6



34,8
34,3



4,2
4,3



Ishqorsizlangan qora tuproq;
qo’riq 2-12
haydalma yer 0-10

60,0
60,8



3,6
3,4



32,9
32,3



3,5
3,5



Och tusli bo’z tuproq;
haydalma yer 0-20
Qizil tuproq 0-20

61,9
59,6



3,9
4,4



29,5
31,5



4,7
4,5






Fulvokislotalar

CHimli podzol tuproq;
o’rmon osti 2-12
haydalma yer 0-10

48,4
46,9



5,1
4,9



43,8
45,9



2,7
2,3



Ishqorsizlangan qora tuproq;
qo’riq 2-12
haydalma yer 0-10

45,3
44,7



4,3
3,8



47,2
47,3



3,2
4,2



Och tusli bo’z tuproq;
haydalma yer 0-20
Qizil tuproq 0-20

45,8
49,8



4,3
3,4



46,0
44,3



3,9
2,51



Natriy, kaliy, ammoniy ishqorlarining gumatlari suvda yaxshi eriydi hamda haqiqiy va kolloid eritmalar hosil qiladi. Kolloid shakldagi gumatlar tuproqning illyuvial qatlamlarigacha yuvilib, cho’ktirilishi mumkin. Bu jarayon ko’proq biroz sho’rtob va sho’rtob tuproqlarda yaxshi ifodalangan.


Kaltsiy va magniy gumatlari suvda erimaydi va tuproqda gel holida ushlanib, mustahkamlanadi. Gel mexanik zarrachalarini biriktirib, tsementlab ayniqsa qora, o’tloq-qora va bo’z tuprolarda suvga chidamli struktura hosil qiladi.
Fulvokislotalar. Past kontsentratsiyada och sariq, yuqori kontsentratsiyada jigarrang sariq bo’lganidan fulvokislota (lotincha fulvos – sariq) deb atagan.
Fulvokislotalarning elementar tarkibi S-41-46, N-4-5, N-2-4 foiz bo’lib, kislorod, uglerod miqdoriga bog’liq va gumin kislotasiga nisbatan ko’p (40-48 foiz).
Fulvokislotalari ham gumin kislotalari kabi azot saqlovchi yuqori molekulyar organik kislotalar jumlasiga kiradi. Ammo gumin kislotasidan och rangli bo’lishi, uglerodni ancha kam, kislorodni ko’proq saqlashi, suvda, kislotalar va ishqorlarda erishi bilan farq qiladi. Suvli eritmasi kuchli kislotali (рН 2,2-2,8) xususiyatga ega. Ishqoriy va ishqoriy yer metallarning fulvat tuzlari (fulvatlar) suvda yaxshi eriydi. Fulvatlarning temir, alyuminiy bilan birikkan kompleksi ham qisman eriydi.
Fulvokislotalar kuchli kislotali bo’lishi sababli, tuproq minerallarining kimyoviy nurash jarayonlari aktivlashadi. Fulvokislotalar juda harakatchan bo’lgandan tuproq tarkibidagi organik va mineral moddalarning tez yuvilib ketishiga olib keladi.
Gumin moddalari. Gumusning ishqorlarda erimaydigan qismi va qiyin eriydigan organik qoldiqlar (masalan, xitin)dan iborat.
Gumus tarkibida guminlar 15-20, ba’zi tuproqg’larda 40-48 foizga yetadi.Gematomelan kislotalari- fulvokislotalar va gumin kislotalari har ikkalasining oraliq xususiyatiga ega bo’lgan gumus moddalari gruppasi hisoblanadi.Tuproqlarda to’planadigan gumus miqdori va uning sifat tarkibi qator omillar va sharoitlarga, jumladan parchalanadigan biomassa miqdori va sifatiga, tuproqning kimyoviy tarkibiga, suv-havo xossalari hamda issiqlik rejimlariga bog’liq.
Organik dehqonchilikda tuproqning yuqori qatlami asosiy maxsulot beruvchi qatlam bo’lib, uni saqlash, qadrlash va muhofaza qilish fermerlar davlat organlari bilan hamkorlikda amalaga oshirishlari shart. yerlarning ekologik holati, ya’ni zaxarlanmagan, ifloslanmagan ekologik toza maxsulot yaratish va iste’mol qilish, muhofaza qilish ijtimoiy xarakati tomonidan muttadil olib boriladi. YUqori kommunikatsion zamonaviy rivojlangan xozirgi kunda barqaror tuproq unumdorligini saqlash, oshirish, reproduktsiya jarayonini mustahkamlash, ma’lum darajada ko’paytirish ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Germaniya, Avstriya va SHvetsiya va boshqa mamlakatlarda organik dehqonchilik fermerlarga qishloq xo’jalik maxsulotlarini yetishtirishda muttadil yordam berib kelmoqda. ( Dabbert va Braun 1993; Osterburg etal . 1997 ; Hartnagel 1998 ; Schneeberger va boshqalar. 1997). yerlarning holatini kuzatish mantiqiy oddiy holat bo’lishiga qaramasdan qishloq xo’jaligini rivojlanishi uchun tejamkor, zamonaviy qishloq xo’jalik mashinalarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi6.




Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin