MA’RUZA MASHG’ULOTLARI MAZMUNI.
1-mavzu: Fanga kirish. Tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi
Tuproqshunoslik va Agrokimyo faning rivojlanish tarixi. Tuproq paydo bo’lish jarayoning umumiy sxemasi va tuproq profilining shakillanishi. Tuproqning kelib chiqishi, tarkibi, xossalari geografik tarqalish qonuniyati. Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi.
O’zbekiston tuproqlarini o’rganishda M.A.Orlov, I.N.Antipov-Qarataev, M.A.Pankov, N.V.Kimberg, M.U.Umarov, A.M.Rasulov, M.B.Baxodirovlarning roli.
Tuproqshunoslik fani rivojlanishi bunda tuproqshunos olimlarning tarixiy ilmiy izlanishlari.O’zbekiston tuproqlarini o’rganishda M.A. Orlov, I.N. Antinov-Karataev, M.A.Panqov, N.V.Kimberg, M.U. Umarov, A.M.Rasulov, M.B.Baxodirov, L.T.Tursunov, O.K.Komilov, T.J.Zokirov va boshqa olimlarning roli.
2-mavzu: Tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi va tuproq profilining shakillanishi
Tuproq paydo bo’lish jarayonining moxiyati. Tuproq qatlamlari va uning xosil bo’lishi. Tog’ jinslarining nurashi va tuproq xosil bo’lish jarayonlari ta’sirida tuproq paydo qiluvchi yotqiziqlarning xosil bo’lishi, nurash turlari, tuproqdagi asosiy jinslar, minerallar. Birlamchi minerallar tarkibi, xususiyati, axamyati. Ikkilamchi menirallarning tarqalish qonuniyati va uning tuproq agronomik xususiyatiga ta’siri.Tuproq profilining tuzilishi va uning morfologik belgilari.
3-mavzu: Tuproqning mexanik tarkibi, umumiy fizik xossalari.Tuproqning kimyoviy organik qisimlarning axamiyati.
Tuproqning mexanikaviy tarkibini tasnifi (N.M.Sibirtsev, N.A.Kachinskiy). Tuproqning xajm og’irligi, solishtirma og’irligi va g’ovakligi, tuproqning kimyoviy makro va mikroelemetlari.Tuproq organik qismining kelib chiqishi, organik moddalar manbai. O’simlik formatsiyasining tuproq paydo bo’lish jarayoniga ta’siri. Mikroorganizmlar turlari va ularning tuproq paydo bo’lishidagi axamiyati. Tuproqda xayot kechiruvchi jonzotlar va ularni tuproq paydo bo’lishidagi axamiyati. Tuproq unimdorligida gumusning axamiyati.
Dostları ilə paylaş: |