Тупроқшунослик асослари


Fanni o’qitishdan asosiy maqsad



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə4/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Fanni o’qitishdan asosiy maqsad: - tuproq - tabiiy tirik jism va qishloq xo’jalik ishlab chiqarish vositasi, uning kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi, xossalari va uning eng asosiy xususiyati-unumdorligini o’rganish, ulardan oqilona foydalanish va muxofaza qilish, tuproqning unumdorligini tiklash, saqlash va oshirish yo’llarini, tuproqning xossa -xususiyatlarini, kimyoviy tarkibini har tomonlama o’rganish va shu asosda tuproqning unumdorligini oshirish, sifatiga baho berish (bonitirovkalash), iqtisodiy baxosini, muxofazasini bilish, har xil qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirish hamda tuproq xolatiga ko’ra hosildorligini oshirishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o’rgatishdan iborat.

II. TALABALAR UCHUN TALABLAR

Talabalar uchun talablar



Talabalar o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida bilishi kerak: “Tuproqshunoslik va agrokimyo” o’quv kursi va miqdori haqida, tuproqshunoslik va agrokimyoning zamonaviy masalalari dehqonchilik fan bazasining barqarorligi kabi haqida. Tuproqlarning mineral qismining kelib chiqishi, tuproq paydo bo’lish jarayonining umumiy sxemasi, tuproqning organik qismi, kimyoviy tarkibi, tuproq kolloidlari va tuproqning singdirish qobiliyatini;
tuproq strukturasi, uni buzilish sabablari va tiklash yo’llarini, tuproqlarning fizik, fizik-mexanik, suvli, issiqlik va havo xossalari hamda ularni mo’’tadillashtirish yo’llari, tuproq unumdorligini;
- tuproqlarning kelib chiqishi (genezis) va tasnifi (klassifikatsiyasi); asosiy tuproq tiplarining hosil bo’lish sharoitlari, tuproq hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillar, ularning kelib chiqishi, tarkibi, tuproq hosil qiluvchi ona jinslar xossalari va ulardan qishloq xo’jaligida foydalanishni
- tuproq fizikasi, strukturasi va uning ahamiyati, umumiy fizikaviy, fizik-mexanikaviy xossalari va suv xossalari, mexanik tarkib bo’yicha klassifikatsiyasi, tuproq g’ovaklikligi va uning deferentsiyatsiyasi, tuproq fizik xossalarini yaxshilash yo’llari, grunt suvlari klassifikatsiyasi, plastikligi, plastiklikning fizik-mexanik ko’rsatkichlari haqida, tuproq unumdorligin oshirish va samarali foydalanish yo’llari, agroekologik tavsifi va ularni muxofaza qilish.
- o’simliklarning kimyoviy tarkibi va oziqlanishi, o’simliklarning mineral kimyoviy tarkibi, o’simliklarning organik kimyoviy tarkibi, o’simliklarning havodan va ildizdan oziqlanishi, tuproq eritma konsentratsiyasi, oziq muhitdagi elementlar nisbati, harorat, yorug’lik, tuproq mikroorganizmlari, o’simliklarning rivojlanish davrlari va oziqlanish sharoitlari o’rtasidagi munosabat
-tuproqlarning o’simliklarni oziqlanish va o’g’it qo’llash bilan bog’liq xossalari, tuproq tarkibi, tuproqning mineral qismi, tuproqning organik qismi, tuproqdagi oziq moddalar miqdori va o’simliklar uchun layoqatliligi, tuproqning singdirish qobiliyati, tuproqlarning muhiti, O’zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi
-o’g’itlar – azotli, fosforli, kaliyli, mikro, kompleks, murakkab, suyuq va suspenziyalangan, aralashtirilgan, mahalliy o’g’itlar
-o’g’it qo’llash tizimi – ekinlarning o’g’itlarga bo’lgan talabini aniqlashning fiziologik asoslari, oziq moddalarning hosil bilan olib chiqib ketilishi, o’g’it qo’llashning turlari, usullari, muddatlari va texnikasi, qishloq xo’jalik ekinlarini o’g’itlash
-ekologik muammolari
-agrokimyoviy tekshirish usullari haqida bilish kerak.
Tuproqqa agrotexnik ishlov berishning optimal usullari va muxofazasi, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, buyuk olimlarning tuproqshunoslik va agrokimyo faniga qo’shgan qimmatli hizmatlari bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.


Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin