Тупроқшунослик асослари


Tuproqni harakatchan azot miqdori bo’yicha guruhlash



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə198/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

Tuproqni harakatchan azot miqdori bo’yicha guruhlash



Guruh nomeri

Ta’minlanganlik darajasi

Mineral azot miqdori, mg/kg

Xaritada belgilanadigan

Rangi

CHiziq shakli

1

Juda past

<20,0

Sariq

Nuqta

2

Past

20,1-30,0

Och yashil

Punktir

3

O’rtacha

30,1-50,0

Havo rang

Gorizontal chiziq

4

YUqori

50,1-60,0

Och siyoh rang

Vertikal chiziq

5

Juda yuqori

>60,0

Siyoh rang

To’g’ri katak

Tuproqlarni harakatchan fosfor miqdori bo’yicha guruhlash.


Mvayyan tuproq tipi uchun tavsiya etilgan uslublardan biri bo’yicha harakatchan fosfor miqdori aniqlangach, barcha tuproqlar harakatchan fosfor bilan ta’minlanganligiga ko’ra beshta guruhga bo’linadi: juda past, past, o’rtacha, yuqori, juda yuqori. Har bir guruh uchun alohida rang belgilangan bo’lib, xaritanomani bo’yashda ana shu ranglardagi buyolardan foydalaniladi. Odatda fosfor miqdorining ortib borishiga qarab xaritanomalar och yashildan binafsha rangacha bo’yaladi.
17-jadval
Tuproqni harakatchan fosfor miqdori bo’yicha guruhlash

Guruh nomeri

Ta’minlanganlik darajasi

R2O5 Machigin usuli bo’yicha

Xaritada belgilanadigan

Rangi

CHiziq shakli

1

Juda past

<15,0

Och yashil

Nuqta

2

Past

15,1-30,0

YAshil

Punktir

3

O’rtacha

30,1-45,0

Och havo rang

Gorizontal chiziq

4

YUqori

45,1-60,0

Havo rang

Vertikal chiziq

5

Juda yuqori

>60,0

Binafsha rang

To’g’ri katak

Tuproqdagi almashinuvchan kaliy miqdori bo’yicha guruhlash.


Tuproqlardagi almashinuvchan kaliy miqdori aniqlangan barcha tuproqlar kaliy bilan ta’minlanganligiga ko’ra beshta guruhga bo’linadi: juda past, past, o’rtacha, yuqori va juda yuqori. Kaliy miqdoriningortib borishga qarab ushbu guruhlar xaritada och sariq va to’q jigarranglar oralig’idagi besh xil rang bilan belgilanadi. Tuproqlarni almashinuvchan kaliy bilan ta’minlanganlik darajasini xaritanomada turli shakldagi chiziqlar bilan ham ifodalash mumkin, masalan, gorizontal, punktir va vertikal chiziqlar va to’g’ri kataklar shaklida.
18-jadval
Tuproqni harakatchan kaliy miqdori bo’yicha guruhlash



Guruh nomeri

Ta’minlanganlik darajasi

R2O5 Machigin usuli bo’yicha

Xaritada belgilanadigan

Rangi

CHiziq shakli

1

Juda past

<100

Och sariq

Nuqta

2

Past

101-200

Sariq

Punktir

3

O’rtacha

201-300

Zarg’aldoq

Gorizontal chiziq

4

YUqori

301-400

Jigarrang

Vertikal chiziq

5

Juda yuqori

>401

To’q jigarrang

To’g’ri katak



GAT texnologiyalari bilan tanishish
Geografik axborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GAT ishlatiladi) XX asрНing 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to’g’ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo’ldi. Kartalar yaratishning "Qog’ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Oddiy qilib aytganda, GATga tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig’ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo’ladi.
Barcha GATlarda ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, taxlil qilish va ma’lumotlarni kompyuterda yoki yetarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GAT — turli usullar bilan to’plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.
Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jixatidan GATning tengi yo’q — u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari yer tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo’llanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GAT tizimisiz mumkin emas.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko’plab GATlar ishlatiladi, lekin ular orasida shaxsiy GATlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya Geografiya instituti), AtlasGis, WinGis, ArcInfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin.
Umuman olganda kartalar yaratishning GAT-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa bo’ladi:
1. Tayyorgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GRS asboblaridan, tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik originallardan, mavjud fond kartalari va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni to’plash. Kartografik va fond materiallarini, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish, so’ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
2. YAratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni ishlab chiqish va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadvallar (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. SHartli belgilar tizimini ishlab chiqish.
3. Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasviрНi hosil qilish va ularni taxrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash. Kartani nashr qilish.



Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin