Тупроқшунослик асослари


Tuproq strukturasi xakida tushuncha



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə49/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

6.1.Tuproq strukturasi xakida tushuncha.
Struktura - tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini belgilovchi muhim agronomik xossadir. Tuproqning qator fizikaviy, fizik-mexanik xossalari, suv-havo, issiqlik va oziqa rejimi hamda tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlar, uning strukturasi bilan bevosita bog’liq.
Tuproq paydo bo’lish jarayonlari natijasida tuproqdagi turli mexanik elementlar bir-biri bilan (asosan gumus va kaltsiy ta’sirida) birikib har xil donador bo’lakchalar (uvoqchalar) hosil qiladi va unga s t r u k t u r a a g r ye g a t l a r i yoki bo’lakchalari deyiladi.
Tuproqning alohida agregatlar (bo’lakchalar) ga ajralib (bo’linib) ketish qobiliyatiga s t r u k t u r a h o l a t i, turli o’lcham, shakl va sifat tarkibli struktura agregatlarining yig’indisiga uning s t r u k t u r a s i deb ataladi. Qum va qumloq tuproqlarda mexanik elementlar, odatda agregatlarga birikmagan alohida zarrachalardan tashkil topgan. Qumoq va soz tuproqlar esa strukturali va strukturasiz yoki kam strukturali holatda bo’ladi. Strukturani o’rganayotganda unga tuproqning muhim morflogik belgisi sifatida va ikkinchidan agronomik nuqtai nazardan qarash kerak. Strukturaning tuproq fizikaviy xossalariga, yerga ishlov berish
sharoitlariga, tuproqning suv-havo rejimlari va umuman unumdorligi, hamda o’simliklarning rivojlanishiga ta’siri kabi masalalar V.V.Dokuchaev, P.A.Kostichev, K.K.Gedroyts, A.G.Doyarenko, I.N.Antipov-Karataev, N.A.Kachinskiy, N.I.Savvinov, P.V.Vershinin, A.F.Tyulin, D.V.Xan, S.N.Rijov, M.U.Umarov, L.T.Tursunov singari mamlakatimiz va chet el mamlakatlari olimlari tomonidan batafsil o’rganilgan.


6.2.Tuproq strukturasining turlari va strukturaning hosil bo’lishi
Turli tabiiy sharoitlarda hosil bo’ladigan tuproqlarning struktura agregatlari nafakat katta-kichikligi, balki shakli bilan ham farq qiladi. Har bir tuproq tipi uchun o’ziga xos struktura xarakterli. Strukturaning asosan: kubsimon, prizmasimon va plitasimon kabi uch xil shakli ajratiladi.
Agronomik nuqtai nazardan P.V.Vershinin bo’yicha, tuproq strukturasi o’lchami (katta-kichikligi) ga ko’ra quyidagi gruppalarga: 1) >10 mm, kesakli struktura; 2) 10-0,25 mm gacha makrostruktura; 3) 0,25-0,01 mm gacha dag’al mikrostruktura; 4) 0,01 mm dan kichik nozik mikrostrukturaga bo’linadi. Odatda tuproq strukturasi: 0,25-10 mm gacha bo’lgan m a k r o s t r u k t u r a va 0,25 mm dan kichik agregatlardan iborat m i k r o s t r u k t u r a g a ajratiladi. Tadqiqotlardan ma’lumki, qumoq va soz mexanik tarkibli tuproqlarda optimal holidagi strukturaning bo’lishi uchun 0,25 mm dan katta agregatlar miqdori 70-80 foiz (jumladan, suvga chidamli agregatlar 40-60 foizni) tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. Yirik makrostrukturalar tuproqdagi eng qulay suv-havo xossalarini yuzaga keltiradi. Makrostruktura bilan bir qatorda tuproq unumdorligida, ayniqsa 0,25 dan 0,05 mm gacha o’lchamli mikrostrukturalarning roli ham katta. Mikrostrukturalar O’rta Osiyoning bo’z tuproqlari sharoitida ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi.
Strukturaning qimmati (sifati) ularning nafaqat o’lchami bilan balki suvga chidamliligi va mexanik jihatdan mustahkamligi bilan ham belgilanadi. SHunday xususiyatga ega bo’lgan strukturalar uzoq vaqt buzilmasdan saqlanadi, ular yomg’ir va sug’orish suvlari ta’sirida changlanib ketmaydi, yerga mexanik ishlov berilganda barqaror, chidamli bo’lib qoladi. Turli tabiiy zonalardagi tuproqlarning haydalma qatlamida suvga chidamli strukturalar miqdori bir xil emas. Strukturaning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri, uning g’ovakligidir. Eng yaxshi strukturali qora tuproqlarda agregatlar oralig’idagi g’ovaklik, uning hajmiga nisbatan 50 foizga yaqin bo’lib, tuproqlarda eng qulay suv-havo xossalarini yaratadi. Strukturadagi g’ovaklik qanchalik oz bo’lsa, tuproqda o’simliklar uchun foydali nam, havo shuncha kam va o’simliklarning o’sib, rivojlanishi uchun sharoit ham yomon bo’ladi.
Mexanik elementlar bir-biri bilan yopishib yoki mineral va organik moddalar o’zaro birikib, mikroagregatlar hosil qiladi. Keyinchalik mikroagregatlar to’plamidan makroagregatlar yuzaga keladi.
Agronomik nuqtai nazardan qimmatli strukturalarning yuzaga kelishi tuproqning alohida agregatlar (bo’laklar)ga ajralishi hamda suvga chidamli agregatlarning hosil bo’lishi kabi jarayonlar bilan bog’liq. Tuproqning to’la agregatlarga ajralib ketishi o’simliklar ildiz sistemasining rivojlanishi tufayli, shuningdek tuproqda yashaydigan jonivorlarning faoliyati va tuproqning davriy ravishda muzlab, namlanib turishi, yeрНing qurishi hamda uni ishlash natijasida ro’y beradi.
O’simliklarning zich ildizlari tuproqning barcha bo’shliqlari (g’ovakliklari) bo’ylab kirib boradi va tuproqni alohida bo’laklarga ajratadi; mexanik elementlar va mikroagregatlarni mustahkamlaydi. O’simliklar qoldig’idan hosil bo’ladigan gumus tuproq strukturasining suvga chidamliligini oshiradi. Tuproqdagi suvga chidamli agregatlarning hosil bo’lishida yomg’ir chuvalchanglarining roli ham alohida ahamiyatga ega. Tuproqning davriy ravishda muzlashi va erishi ham qurishi tufayli struktura agregatlari paydo bo’ladi. Tuproqning nam sig’imi 60-90 foiz bo’lgan sharoitda yer muzlaganda eng ko’p struktura hosil bo’lib, ammo ular suvga chidamsizdir.
Strukturaning hosil bo’lishida tuproqning mexanik tarkibi, gumus miqdori va singdirilgan kationlarning ahamiyati ham katta. Og’ir mexanik tarkibli, gumusga boy, va ikki, uch valentli kationlar bilan to’yingan tuproqlarda davriy ravishda namlanib, qurib turgan sharoitda, yaxshi struktura agregatlari hosil bo’ladi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin