Тупроқшунослик асослари


-rasm. Tuproq unumdorligining elementlari va shart sharoitlari



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə47/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

2 2-rasm. Tuproq unumdorligining elementlari va shart sharoitlari.
Tuproq unumdorligining elementlariga o’simliklarning o’sib-rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar (N, P,K kabilarning) o’zlashtirish uchun oson shakllarining bo’lishi, o’simliklarga qulay tarzdagi suv, xavo va issiqlik kabi omillarning mavjud bo’lishi singarilar kiradi. Bu omillar o’z navbatida atmosfera elementlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Tuproq unumdorligining shart-sharoitlari jumlasiga tuproqning barcha xossalari va rejimlari kiradi. Ana shunday eng muhim xossalar va rejimlarga tuproq mexanik tarkibi va strukturasi bilan bevosita bog’liq bo’lgan fizikaviy, suv, havo xossalari va rejimlari, tuproqning singdirish qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan xossalar (singdirilgan kationlar tarkibi, tuproq eritmasining reaktsiyasi) ni kiritish mumkin. Tuproqning bu shart-sharoitlari ham atmosfera sharoitlari bilan bog’liq. Ushbu lektsiyalar kursining maxsus mavzularida tuproqning xossalari, rejimlari va unumdorlik omillari haqida batafsil bayon etilgan. Tuproq unumdorligining elementlari va shart-sharoitlari bevosita bir-biri bilan bog’liq bo’lib, ulardan birining o’zgarishi boshqasiga va shu orqali tuproq unumdorligiga ta’sir etadi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida tuproqdan foydalanilayotganda tuproq unumdorligining barcha omillari va shart-sharoitlariga ta’sir etish lozim.
3. Tuproq unumdorligining quyidagi turlari ajratiladi:tabiiy, sun’iy, potentsial, effektiv(samarali), nisbiy va iqtisodiy unumdorliklar.
T a b i i y u n u m d o r l i k. Insonlar qo’li tegmagan tabiiy holatdagi tuproqlar uchun xarakterli unumdorlik hisoblanadi.
S u n ‘ i y u n u m d o r l i k insonlarning maqsadli faoliyati (eрНi haydash, unga davriy ravishda mexanikaviy ishlov berish, melioratsiyalash, o’g’itlardan foydalanish singarilar) ta’sirida yuzaga keladi.
P o t ye n ts i a l u n u m d o r l i k - tabiiy tuproq hosil bo’lish jarayonlari natijasida paydo bo’lgan xossalar va shuningdek insonlar faoliyati ta’sirida yaratilgan yoki o’zgartirilgan tuproq xususiyatlari bilan belgilanadigan barcha unumdorliklar yig’indisidan iborat.
E f f ye k t i v (samarali) u n u m d o r l i k - mvayyan iqlim va texnik-iqtisodiy (agrotexnologik) sharoitda ekinlardan hosil olish uchun tuproq potentsial unumdorligining foydalaniladigan qismi hisoblanadi. Bu unumdorlik hozirgi vaqtda olinadigan hosil miqdori bilan ifodalanadi. Demak, hosildorlik miqdori samarali unumdorlikning asosiy ko’rsatkichi va konkret ko’rinishidir.
N i s b i y u n u m d o r l i k - mvayyan gruppa yoki turdagi o’simliklarning tuproq unumdorligiga nisbatan bo’lgan munosabati (talabi) bilan belgilanadi. Bir turdagi o’simliklar uchun unumdor hisoblangan tuproq, boshqasiga yaroqsiz bo’lishi mumkin.
I q t i s o d i y u n u m d o r l i k - tuproqning potentsial unumdorligi va yer uchastkalarining iqtisodiy xarakteristikasiga ko’ra tuproqlarni iqtisodiy jihatdan baholashdir.
4. T u p r o q u n u m d o r l i g i n i q a y t a t a k r o r i y ya r a t i sh - tuproqning samarali unumdorligini potentsail unumdorlikka yaqin darajada saqlash maqsadida, tuproqqa ta’sir etadigan meliorativ va agrotexnika tadbirlari sistemasi yoki tabiiy tuproq jarayonlari yig’indisidan iborat.
Unumdorlik, tuproq paydo qiluvchi jarayon kabi, unumdorlik omillari va shart-sharoitlarining miqdor va sifat o’zgarishiga sabab bo’ladigan, moddalarning o’zgarishi, to’planishi va o’tkazishi kabi jarayonlari bilan chambarchas bog’liq. Bu o’zgarishlar unumdorlikning rivojlanishi uchun ijobiy yo’nalishda bo’lishi va bu holda uning yaxshilanishiga olib kelishi (oziqa moddalarning to’planishi, ularning o’simliklar uchun yanada qulay o’zlashtiriladigan shaklga o’tishi, strukturaning yaxshilanishi va h.k.), yoki unumdorlikning pasayishiga olib keladigan salbiy yo’nalishda (oziqa elementlarning yuvilib ketilishi, ularning qiyin o’zlashtiriladigan shaklga o’tishi, strukturaning buzilish va h.k) bo’lishi mumkin. Tuproq xossalarining o’zgarishi ma’lum bir davrda unumdorlikni boshlang’ich darajasiga olib kelishi xam mumkin.
SHunday qilib ma’lum davr ichida (o’suv davri, yillik yoki almashlab ekish davri va h.z) unumdorlikning o’zgarishi uning to’liqsiz, oddiy va kengaytirilgan holatda qayta tiklanishiga olib kelishi mumkin. Tuproq unumdorligining boshlang’ich davridagidan past darajada shakllanishi tuproq unumdorligining to’liqsiz qayta tiklanishini bildiradi. Tuproq unumdorligining boshlang’ich darajasiga qaytishi unumdorlikning oddiy qayta tiklanishini anglatadi. Tuproq, unumdorligining boshlang’ich darajasidan yuqori holatda yaratilishi unumdorlikning kengaytirilgan tarzda qayta tiklanganligini bildiradi.
Tuproq unumdorligining qayta tiklanishi tuproq hosil bo’lish jarayonining ob’ektiv qonunidir, va uning namoyon bo’lishining barcha shakllariga xosdir.
Tabiiy tuproq paydo bo’lish jarayonining rivojlanishi unumdorlikning to’liq bo’lmagan, oddiy yoki kengaytirilgan tipdagi qayta tiklanishi mvayyan tuproq paydo bo’lish jarayonlari yoki ularning birgalikdagi rivojlanishi bilan aniqlanadi. Tuproqning dehqonchilikda foydalanishi sharoitida uning unumdorligining qayta tiklanishi tabiiy omillar ta’siri va insonning turli usullar bilan tuproqga ta’sir etishida sodir bo’ladi.
Madaniy tuproq paydo bo’lish jarayoni tabiiy va antropogen omillar ta’sirida rivojlanadi. Insonlar yerdan uzoq vaqtlar foydalanganda tuproqda kechadigan tabiiy jarayonlar, jumladan, tuproqning qator xossalari va rejimlari o’zgarib, yangi madaniy tuproqlar paydo bo’ladi. Tuproq unumdorligini doim yaxshi va yuqori holatda saqlab turish maqsadida, insonlar tomonidan tuproq tabiiy xossalarining o’zgartirish jarayonlariga tuproqni madaniylashtirish deyiladi.
Tuproqlarni madaniylashtirishga qaratilgan kompleks tadbirlar sistemasi, ekinlardan barqaror va muttasil yuqori hosil olishni ta’minlovchi tuproq xossalarini yaxshilash imkonini beradi. Tuproqlarni madaniylashtirishning biologik, kimyoviy va fizikaviy usullaridan foydalaniladi.
B i o l o g i k u s u l tuproqda chirindi va azotning ko’proq to’planishiga imkon beradigan tadbirlarni o’z ichiga oladi. SHu maqsadda ko’p yillik o’tlar (beda va turli dukkaklilar) ekiladi va mahalliy-organik o’g’itlardan foydalaniladi.
K i m yo v i y u s u l yerga mineral o’g’itlar solish yo’li bilan tuproqda o’simliklar uchun zarur va tez o’tadigan oziq elementlari miqdorini ko’paytirish hamda tuproqning kimyoviy xossalarini yaxshilashga qaratilgan.
F i z i k a v i y u s u l l a r g a fizik-mexanikaviy va meliorativ tadbirlar qo’llanish ya’ni yeрНi ishlash, haydalma qatlamda agronomik jihatdan qimmatli struktura yaratish, tuproqning suv-fizik, issiqlik xossalari va rejimlarini yaxshilash singari tadbirlar kiradi.
Qo’riq yerlar ishlab chiqarish oborotiga kiritilib, madaniylashtirilgandan keyin, u tabiiy unumdorlik bilan bir qatorda sun’iy unumdorlikka ega bo’la boshlaydi. Lekin tuproq qanchalik madaniylashtirilmasin, sun’iy unumdorlik bilan bir qatorda, doim tabiiy unumdorlikka ham ega bo’ladi. Demak, bu har ikkala unumdorlik turlari bir-biri bilan bog’liq. yerlar qanchalik uzoq muddatda foydalanilib, uning madaniy holati yaxshilanib, yuqori agrotexnika tadbirlari sistemasi qo’llanilsa, tuproqning sun’iy unumdorligi ham shuncha yuqori bo’ladi. Madaniy o’simliklar tomonidan tabiiy va sun’iy unumdorliklar foydalanilganda, bular haqiqiy, samarali unumdorlikka aylanadi. Bundan tashqari potentsial samarali unumdorlik ham ajratiladi. Bu unumdorlik tabiiyga nisbatan ancha yuqori bo’lib, insonlarning yerga sarflaydigan mehnati va moddiy mablag’ sarfiga bog’liq.
Tuproq unumdorligining kengaytirilgan qayta, takror yaratilishi jarayonlari yuqori dehqonchilik madaniyati sharoitida, samarali va potentsial samarali unumdorligining muntazam ravishda oshib borishiga bog’liq. Intensiv dehqonchilik sharoitida tuproq unumdorligining takror yaratilishi asosan ikki yo’l bilan, tuproqning moddiy tarkibini yaxshilash va texnologik usullardan samarali foydalanish orqali amalga oshiriladi. Birinchi usulga o’g’itlar va turli meliorantlardan, pestitsidlardan foydalanish hamda texnologik jihatdan qulay ekinlarni almashlab ekish, ikkinchisiga - yerga mexanik ishlov berish yo’li bilan tuproq ning fizik holatini yaxshilash singarilar kiradi. Konkret sharoitlarda bu usullardan to’g’ri va maqbul holda foydalanish zonal dehqonchilik sistemasining mazmunini belgilaydi.
YUqorida aytilgandek, tuproq unumdorligining elementlari (omillari) bo’lib, uning barcha fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari hisoblanadi. SHuni e’tiborga olish muhimki, tuproqning u yoki bu xossalari, ularning sifat va miqdor jihatdan namoyon bo’lishiga ko’ra tuproqning potentsial yoki effektiv (samarali) unumdorligi darajasiga ham ijobiy, va ham salbiy (limitlovchi) ta’sir etishi mumkin.
Tuproq unumdorligini muntazam oshirib borish va uning imkoniyatlaridan qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini yanada oshirish maqsadida samarali foydalanish, hozirgi tuproqshunoslikning aktval mvammolaridan biridir. Tuproqning samarali unumdorligini oshirish usullari xilma-xildir. Tuproqqa maqbul darajada ishlov berish, o’g’itlar va turli meliorativ tadbirlardan foydalanish, almashlab ekish, yerdan foydalanishni ilmiy asosda tashkil etish, tuproqning ekologik holatini yaxshilash singari tadbirlar tuproq unumdorligining samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi. Tuproqqa ishlov berishning asosiy maqsadi, uning suv-havo va oziq rejimlarini tartibga solishga qaratilgan. Ishlov berishning maqbul turlaridan foydalanishga tuproqning gumusli qatlami qalinligi, tuproq haydalma osti gorizontlarining xususiyatlari, mexanik tarkibi, har xil tuz saqlaydigan qatlamning joylashuv chuqurligi va boshqa xususiyatlarga e’tibor beriladi.
Turli o’g’itlardan foydalanish hamda kimyoviy melioratsiya (ohaklash, gipslash) kabi tadbirlarni qo’llanishda tuproq xossalarini e’tiborga olish yanada ko’proq ahamiyatga ega. Tuproqdagi o’simlikka o’tuvchi, harakatchan shakldagi oziq moddalar miqdoriga ko’ra mineral o’g’itlar dozasi aniqlanadi. Organik o’g’itlardan foydalanilayotganda ham tuproqning (gumus miqdori, gumusli holati kabi) xossalari e’tiborga olinadi. Tuproq xossalari yeрНi sug’orish yoki zahini qochirish melioratsiyasi turlaridan foydalanish zarurligini ko’rsatib beradi. Jumladan tuproqning tuz rejimi va suv fizik xossalarini e’tiborga olmasdan sug’orish yerlarning qayta sho’rlanishiga yoki botqoqlanishiga sabab bo’ladi.
Ekinlarni joylashtirayotganda tuproqning sho’rlanish, sho’rtoblanish hamda eroziyalanish darajasi, joyning relef sharoitlari katta ahamiyatga ega, chunki bu omillar tuproq unumdorligining ko’plab shart-sharoitlarini belgilaydi. Tajribalardan ma’lumki, mineral o’g’itlardan foydalanish ekinlar hosildorligini keskin oshiradi, ammo uning samarasi odatda unumdorligi pastrok joylarda yuqoriroq bo’ladi.
O’rta Osiyo tuproqlari unumdorligini o’rganishga doir vegetativ tajribalar shuni ko’rsatadiki, gumusga boy tipik bo’z tuproqlar hamda o’tloq va botqoq-o’tloq tuproqlar ancha yuqori unumdorlikka ega bo’lib, och tusli bo’z tuproqlar kamroq va taqirlar past unumdorlikka ega. Masalan, azotli o’g’itlar barcha tuproqlarda ekinlarning hosilini oshirsa-da, ammo kam gumusli och tusli bo’z tuproq va taqir tuproqlarda uning samarasi yuqoriroq bo’lgan. Fosfor taqirlarda, azot va fosfor aralashmasi esa barcha tuproqlarda hosilni oshirish imkonini beradi. Bunda, yana o’sha kam gumusli tuproqlarda mineral o’g’itlar samarasi yaxshi ifodalanadi. Tuproqlarning turli genetik qatlamlari ham bir xil unumdorlikka ega emas. Almashlab ekish joriy etilmagan va faqat mineral o’g’itlar solinadigan dalalarda tuproqdagi gumus va oziq element miqdori keskin kamayib, struktura holati yomonlashadi hamda unumdorligi pasayadi. Tuproqlarni agrokimyoviy tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, O’rta Osiyoda gumusi kam tuproqlar jami ekin maydonining 2/3 qismini, chirindi miqdori o’rtacha bo’lgan tuproqlar 1/3 qismini, ko’p chirindili tuproqlar esa atigi 7 foizini tashkil etadi. Almashlab ekish yo’lga qo’yilmagan paxtachilik rayonlari tuproqlaridagi gumus miqdori keyingi 25-30 yilda deyarli ikki barobar kamaygan. Har yili bir tonna paxta hosili uchun 300-400 kg miqdorida gumus sarflanadi. Buning o’рНini qoplash uchun esa gektariga kamida 20 t. go’ng yoki boshqa organik o’g’itlar solish kerak bo’ladi. (I.S.Rabochev, A.I.Imomaliyev, 1985). Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning ilg’orlari tuproqning unumdorlik omillariga kompleks tarzda ta’sir ko’rsatib, qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olishga erishmoqdalar. Agronom mutaxassislarning asosiy diqqat - e’tibori ham tuproqning unumdorligini oshirib, uning ekologik holatini yaxshilab borishga qaratilmog’i zarur.










Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin