230
tanasi)ning o‘q otilishi paytidagi holati, kirish va chiqish jarohatlari
aniqlanishi lozim.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarning ko‘pchiligi tergovchi tomonidan
taxminan, turli tergov tusmollarini olg‘a surish yo‘li bilan hal etiladi.
Ushbu vazifalarni to‘liq hal etish uchun nafaqat maxsus bilim, balki faqat
sud-ballistika, ayrim hollarda esa sud ballistikasi
va sud-tibbiyoti
bo‘yicha kompleks ekspertizalar jarayonida o‘tkaziladigan maxsus
laboratoriya tadqiqotlari talab etiladi.
Bundan tashqari, jinoyat sodir etilishida noshtat patronlardan
foydalanganlik holati, hodisa sodir bo‘lgan joyda iz hosil bo‘lish
sharoitlarini o‘zgartirib yuboradi, natijada tergovchi yoki tajribasiz
ekspert ayrim xatolarga yo‘l quyishi mumkin. Masalan, shikastlangan
to‘siqlar (obyektlar) va murdaning tanasi, uning kiyimlarida vujudga
kelgan izlarni o‘rganish yo‘li bilan kriminalistikada qabul qilingan
masofalarga mos holda o‘q qanday masofadan otilganligi — taqab o‘q
otish, yaqin va uzoq masofadan o‘q otish amalga oshirilganligi
aniqlanadi. Bu holda
yonmagan porox zarrachalari, qurumning o‘tirib
qolishi, matolarning yirtilshi va kuyishi kabi izlardan foydalaniladi.
Ma’lumki, qurolning turi, kalibri, stvolining uzunligi, patronlarga
joylangan poroxning
rusumi va miqdori, patron kapsyulining turi,
shuningdek shikastlangan to‘siqning xususiyatlariga bog‘liq holda
yuqorida sanab o‘tilgan izlar turlicha aks etadi, ammo, muayyan bir tur
(namuna va rusum)dagi o‘qotar qurollar uchun ulardan otishda shtatli
patronlardan foydalanilgan bo‘lsa, bu izlar nisbatan barqaror aks etadi.
Noshtat patronlar qo‘llanilgan holarda esa ushbu izlar o‘q otish
masofasini turlicha ifodalaydi. Masalan, 9
mm
kalibrli P 08
(««Parabellum»») to‘pponchasidan shtatli patronlar bilan o‘q otilishida,
shikastlangan obyektda poroxning yonmagan zarrachlarini 0,6
m
masofagacha aniqlash mumkin bo‘lsa, aynan shu quroldan 7,62 mm
kalibrli 1930/33-yil namunali TT to‘pponchasi uchun mo‘ljallangan
noshtat patronlar bilan otishda esa yonmagan porox zarrachalarini 3,7
m
masofagacha aniqlash mumkin
1
. Ushbu ko‘rsatilgan
holat tergovchini
adashtirishi, ayrim hollarda esa, o‘limning xarakteri (qotillik yoki o‘zini
o‘zi o‘ldirish) haqidagi fikrlarning xato bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
1
Qarang:
Dostları ilə paylaş: