233
masida imkoni boricha aniq qayd etish lozim va hodisa joyining chizma–
rejasida uning shakli, o‘lchamlari, materiali, markirovka belgilari va
ayniqsa, ushbu gilza xos bo‘lmagan tur, namuna va rusumdagi quroldan
otilganligini ifodalovchi alomatlar (agar
bunday alomatlar mavjud
bo‘lsa) ko‘rsatilishi zarur. O‘qotar quroldan noshtat patronlar
otilganligining alomati bo‘lib, gilza korpusining shishib qolishi yoki
yorilib ketishi, gilza og‘zidagi o‘ziga xos ezilishlar, gilza kapsyulining
jarohatlanishi kabi alomatlar hisoblanadi.
Hodisa joyida aniqlangan butilkasimon shakldagi gilza, o‘zi
mo‘ljallanmagan o‘qotar quroldan foydalanib otilgan noshtat patronga
tegishli ekanligini ushbu gilza og‘zidagi
shishib qolish va shu joy
sirtidagi, ishlatilgan qurol stvolini o‘q kirish joyining bir qismi bilan
ta’sirlashishidan vujudga kelgan, narezlar yoki
narezlar maydonining
izlari guvohlik beradi. Ana shunday holat TT to‘pponcha uchun 7,62
mm
kalibrli yoki «Mauzer» to‘pponchasi uchun 7,63
mm
kalibrli patronlarni
chet ellarda ishlab chiqarilgan va shtatli patronlari bo‘lib, P 08
««Parabellum»» rusumdagi to‘pponchasi uchun mo‘ljalangan 9
mm
kalibrli patron hisoblanadigan to‘pponchalardan, masalan, Italiyada
ishlab chiqarilgan 1919 — 1923-yillar va 1951 -yil namunali «Beretta»
rusumli, Belgiyada ishlab chiqarilgan 1935-yil namunali ««Brauning»»
rusumli, Germaniyada ishlab chiqarilgan P 38 rusumli «Valter»,
Polshada ishlab chiqarilgan «Radom» (VIS–35) rusumli, Ispaniyada
ishlab chiqarilgan «Astra» 600 rusumli yoki «Star» B rusumli
to‘pponchalardan otishda kuzatiladi.
Bu holat, ushbu yuqorida keltirilgan patron va
qurollar kalibrlaridagi
uncha katta bo‘lmagan farqqa qaramay (patronlarning kalibri — 7,62
yoki 7,63
Dostları ilə paylaş: