Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Qurol stvoli kanalining otilgan o‘qlardagi izlari



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Qurol stvoli kanalining otilgan o‘qlardagi izlari: 
1 — birlamchi iz; 2 — ikkilamchi iz; 3 — narez tubining izi.
Narezlar maydonlarining birlamchi izlari o‘qning ilgarilama harakati 
va ilgarilama harakatdan ilgarilama-aylanma harakatga o‘tish davrida, 
otilgan o‘qning maxsus ariqchlar maydonlarining ikki sohasi 

jangovar 
hamda bo‘sh qirralarning qovurg‘alari bilan ta’sirlashishi natijasida hosil 
bo‘ladi. Narezlarning jangovar va bo‘sh qirrlari birlamchi izlarining hosil 
bo‘lish mexanizmi o‘zaro farq qiladi. 
Narezlar jangovar qirralari izlarining hosil bo‘lishida, stvol kanali 
narezlari jangovar qirrasining bir qismi o‘qning qobig‘iga o‘yib kirib 
boradi va natijada narezlar o‘q qobig‘i bilan to‘lib qoladi (kam yeyilgan 
stvollarda) yoki o‘q qobig‘i deformatsiyalanib narezlarning og‘ish 
tomoniga siljiydi (ko‘p yeyilgan stvollarda). Hosil bo‘layotgan izning 
sirti narezlar maydoni yuzasi bilan tekis kontaktda bo‘ladi va natijada 
izda mikrorelyef aniq aks etmasligi mumkin. O‘qlarda maxsus ariqchlar 
maydonlarining birlamchi izlari, ushbu maydonlarning ikkilamchi izlari 
bilan qoplanib ketadi. Ayniqsa, ushbu holat o‘rtacha yoki kuchli 
yeyilishga uchragan stvollarda ko‘p uchraydi. 
Narezlar maydonlarining bo‘sh qirralari bilan birlamchi izlar hosil 
bo‘lishida, o‘q qobig‘i ushbu qirraning qovurg‘asi bilan ta’sirlashib, 
undagi yonma-yon joylashgan shilinishlar shaklidagi notekisliklar 
(uvalanishlar)ni o‘zida aks ettiradi. 
Birlamchi izlar otilgan o‘qlarda aks etmasligi, keng yoki ingichka 
bo‘lishi mumkin. Bu holat o‘qning tuzilish xususiyatlari, qurol stvol 


 254 
kanali o‘q kirish joyining tuzilishi, patronlarning sifati va hokazolarga 
bog‘liq. 
Kichik kalibrli o‘qotar quroldan otilgan 5,6 
mm 
kalibrli qobiqsiz 
o‘qlarda, odatda, birlamchi izlar aks etmaydi. Bu holat maxsus ariqchlar 
maydonlarining kichik og‘ish burchaklari va o‘q kirish joyining konusi 
yo‘qligi bilan izohlanadi. Ta’kidlanganidek patronni qurol patrondoniga 
jo‘natishda o‘qni narezlarning maydonlariga qisman o‘yib kirishi yuz 
beradi. Ushbu sharoit o‘qqa darhol ilgarilama-aylanma harakat olishga 
imkon beradi. 
Birlamchi izlarning kengligi otilgan o‘q ilgarilama-aylanma harakat 
olishdan oldin bosib o‘tadigan stvol kanali qismining uzunligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Ushbu qismning uzunligi qanchalik katta bo‘lsa, birlamchi izlar 
shunchalik keng bo‘ladi va aksincha. Ushbu qismning kattaligiga o‘q 
otilishining boshlang‘ich bosqichidagi harakat tezligi ham ta’sir 
ko‘rsatadi. Ushbu tezlik qancha katta bo‘lsa, otilgan o‘q ilgarilama-
aylanma harakat bilan shuncha katta qismni bosib o‘tadi. Tezlik 
kamayishi bilan o‘qning ilgarilama-aylanma harakat bilan bosib 
o‘tadigan qismi ham kamayadi. Ushbu holat birlamchi izlar kengligining 
kichrayishiga olib keladi. Tezlikning anchagina kamayishida otilgan o‘q 
narezlarga kamroq kuch bilan o‘yib kiradi va natijada birlamchi izlar 
o‘qlarning sirtida umuman aks etmasligi mumkin. 
Qurol stvoli kanalida gaz bosimi kam bo‘lsa ham otilgan o‘qning 
narezlarga unchalik katta bo‘lmagan kuch bilan o‘yib kirishi oqibatida 
o‘q ilgarilama-aylanma harakat olishi mumkin.
O‘qning gilzada mahkamlanish usuli ham izlarning aks etishiga 
muayyan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mahkamlanish qanchalik kuchli 
bo‘lsa, otilgan o‘qning narezlarga o‘yilib kirishi shunchalik katta bo‘ladi 
va binobarin birlamchi izlar shunchalik yaxshi ifodalanadi. 
Birlamchi izlarning kengligiga otilgan o‘q qobig‘ining materiali ham 
ta’sir ko‘rsatadi. Birlamchi izlar egiluvchan qobiqlarda kengroq bo‘ladi, 
chunki bunday o‘qlar qurol stvol kanalida kattaroq aylanma harakat 
oladi. 
Stvol kanali o‘qi va baraban kamoralarining o‘zaro yaxshi 
birikmasligi revolverlarda uchraydi, shuningdek kamoralarning siljib 
qolishi, og‘ishining yo‘nalishi va burchagi bir baraban kamoralarining 
hammasida turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, bir revolver 
barabanining bir necha kamoralaridan otilgan o‘qlarda, birlamchi izlar 
narezlarning turli maydonlaridan qolishi mumkin. Maxsus ariqchlarning 


 255 
turli maydonlaridan birlamchi izlar shuningdek, agar revolver 
barabanining o‘qi kuchli yeyilib ketgan bo‘lsa, bir kamoradan otilgan 
o‘qlarda ham qolishi mumkin. Bundan tashqari narezlarning joylashishi, 
shakli va yo‘nalishidagi farqlarning mavjudligi natijasida, narezlar 
maydonlarining o‘qlardagi birlamchi izlarining boshlanishi turlicha 
bo‘lishi, bu izlarning chiziqlari turlicha kontur va og‘ishga ega bo‘lishi 
mumkin. Yangi to‘pponchalarda, o‘qlarning qisqa kiruvchi harakatlari 
natijasida esa birlamchi izlar umuman qolmasligi mumkin. 
Narezlar maydonlarining ikkilamchi izlari o‘qning ilgarilama-
aylanma harakat qilishida, narezlar maydonlarining o‘q sirtiga o‘yib 
kirishida, o‘qning yetakchi qismida hosil bo‘ladi. Otilgan o‘q sirtining 
narezlar maydonlari sirti bilan kontaktli ta’sirlashish mexanizmi 
yetarlicha barqaror va turg‘un bo‘ladi. Ikkilamchi izlarni tashkil qilgan 
chiziqlar narezlar maydonlarining sirtidagi notekisliklardan hosil bo‘ladi. 
Bunda o‘zida eng ko‘p ma’lumotlarni mujassam etgan izlar o‘q sirtining 
porox gazlari ta’sirida kengaygan sohalarida mavjud bo‘ladi. 
Ikkilamchi izlarda qurol tizimining quyidagi belgilari, ya’ni kalibri, 
narezlarning va maydonlarining miqdori, yo‘nalishi, maydonlarning 
kengligi, narezlar maydonining og‘ishi, narezlarning chuqurligi, qadami 
aks etishi mumkin. 
Narezlar maydonlari birlamchi izlarining ikkilamchi izlarga nisbatan 
joylashishi narezlarning yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. O‘ngga og‘ma 
narezli qurollarda birlamchi izlar ikkilamchi izlarning chap tomonida, 
chapga og‘ma narezli qurollarda esa ikkilamchi izlarning o‘ng tomonida 
joylashgan bo‘ladi. 
Maxsus ariqchlar tubi izlarining hosil bo‘lishi xuddi narezlar 
maydonlari ikkilamchi izlarining hosil bo‘lishiga o‘xshash va otilgan o‘q 
bilan stvol kanalini to‘ldirishiga bog‘liq bo‘ladi. Otilgan o‘qning 
diametri qancha katta va o‘q qobig‘ining materiali qancha egiluvchan 
(yumshoq) hamda qurol stvoli kanalida porox gazlarining bosimi qancha 
katta bo‘lsa, narezlar tubi izlari hosil bo‘lishining ehtimolligi shuncha 
katta bo‘ladi.
Qurol stvoli kanali izlarining otilgan o‘qlarda hosil bo‘lishiga yana 
boshqa bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi, ularga quyidagilar kiradi: 
o‘qning diametri, stvolning moylanganligi, stvol kanalida o‘q otilish 
mahsulotlarining mavjudligi va stvolning metallizatsiyasi (metall bilan 
qoplanishi). 
Qurol stvoli kanali izlarining otilgan o‘qning kalibriga bog‘liqligini 
quyidagi variantlardan kelib chiqib o‘rganish lozim: 


 256 
1) o‘qning kalibri qurolning kalibriga mos, ammo o‘qning diametri 
qurol stvoli kanali diametridan yo‘l qo‘yiladigan darajada kattaroq yoki 
kichikroq; 
2) o‘qning kalibri qurol kalibridan kichik; 
3) o‘qning kalibri qurol kalibridan katta. 
Birinchi holatda o‘q kalibrining qiymati asosan birlamchi izlarning 
kengligiga ta’sir ko‘rsatadi: o‘q aylanma harakat olishidan oldin stvol 
kanalining kattaroq (agar o‘qning diametri kichik bo‘lsa) yoki kichikroq 
(agar o‘qning diametri kattaroq bo‘lsa) qismini bosib o‘tadi 
Kichik kalibrli o‘qdan (masalan, 7,62 
mm 
kalibrli TT rusumli 
to‘pponchaning patronini 9 
mm 
kalibrli PM to‘pponchasidan) otishda, 
o‘q harakati jarayonida stvol kanali bilan barqaror ta’sirlashishda 
bo‘lmaydi, uning harakati tartibsiz xususiyatga ega va stvol kanalining 
ayrim sohalariga urilish bilan kechadi (49-rasm). Izlarning miqdori va 
og‘ish burchagi odatda narezlarning miqdori va og‘ish burchagi bilan 
mos tushmaydi, faqat u yoki bu darajada narezlar maydonining 
kengligini aks ettiradi. Lekin shunga qaramay, ko‘plab izlar o‘qotar 
qurolni identifikatsiya qilish imkonini beradigan belgilar majmuasiga ega 
bo‘ladi. 
49-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin