Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Diametri katta stvol kanalidan otilgan o‘qning



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Diametri katta stvol kanalidan otilgan o‘qning 
harakatlanishida iz hosil bo‘lish mexanizmi. 
Qurol kalibridan katta kalibrli patronlarni otish deyarli amaliyotda 
uchramaydi. Bunday hollarda, otilgan o‘q stvol kanalidan o‘tishida stvol 
kanali devorlari bilan zich va barqaror ta’sirlashadi. Otilgan o‘qlar 
sezilarli darajada deformsiyalanadi (uzayib ketishi mumkin) va ularda 
stvol kanali ichki sirtining barcha xususiyatlari aks etadi. 
Moylangan stvoldan o‘q otilishida narezlar maydonining birlamchi 
izlari aniq va moylanmagan stvoldan otilgan o‘qda qoladigan izlar bilan 
to‘liq o‘xshash izlar qoladi. Boshqacha aytganda, qurol stvolini moylash 
narezlar maydonlari birlamchi izlarining aks etishiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatmaydi. 


 257 
Yuqorida kabi sharoitlarda narezlar maydonlari ikkilamchi izlarining 
aks etishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. 
Stvol kanali yeyilmagan qurollarda, narezlar jangovar va bo‘sh 
qirralarining xususiyatlari aniq aks etadi, narezlar maydonlari va narezlar 
tubi xususiyatlarining esa yirik qismlari aks etadi xolos. 
Agar qurol stvoli kanali o‘rtacha yeyilgan bo‘lsa, narezlarning 
jangovar qirrasi yetarlicha aniq aks etadi, bo‘sh qirrasi esa, 
moylanmagan stvoldan otilgan o‘qda qoladigan izlarga nisbatan 
kuchsizroq aks etadi hamda izlarda narezlar va ular maydonlarining eng 
asosiy xususiyatlari ifodalanadi. 
Kuchli yeyilib ketgan qurollardan otilgan o‘qlarda, narezlar 
qirralarining, ayniqsa jangovar qirraning izlarini deyarli farqlab 
bo‘lmaydi. Undan tashqari, otilgan o‘q bunday stvol kanalida narezlar 
maydonlari bilan yetarlicha ta’sirlashmasligi va aylanma harakat 
olmasdan, faqat ilgarilama harakat qilishi ham mumkin. Bu holda izlar 
o‘qning bo‘ylama chizig‘iga parallel chiziqlar shaklida aks etishi 
mumkin va ularda qurol stvoli kanali haqida tegishli ma’lumotlar 
bo‘lmaydi. 
Stvolning yeyilish darajasiga bog‘liq ravishda, ishqalanish va 
shilinish izlarining chuqurligi turlicha bo‘ladi va natijada ular yaxlit yoki 
uzluksiz qo‘shilgan bo‘ladi. Yangi, unchalik ko‘p yeyilmagan stvoldan 
otishda, o‘qlarda barcha narezlarning jangovar va bo‘sh qirralari ta’sirida 
ikkita aniq ifodalangan shilinishlar hosil bo‘ladi. Stvolning keyinchalik 
yeyilishi oqibatida, ya’ni narezlar qirralarining tekislanishi natijasida, 
o‘qlarda shilinishlar bilan bir qatorda narezlar tekisliklaridan ham 
ishqalanish izlari vujudga keladi. Bunda o‘rtacha yeyilgan narezlar 
qirralaridan yaxshi ifodalangan izlar qoladi.
Yeyilib ketgan stvol kanali devorlaridan o‘qlarda yaxlit 
ishqalanishlar shaklida izlar qoladi, bu izlardan jangovar qirralarning 
shilinishlarini farqlash mumkin bo‘ladi, chunki ular o‘zining chuqurligi 
va uzunligi bilan ajralib turadi. Juda kuchli yeyilgan stvollarda esa o‘q 
anchagina erkin siljish (lyufti) bilan harakat qiladi va stvol kanali 
devorlarining ayrim sohalarigagina uriladi. Bu holda o‘q qisman 
deformatsiyalanadi va unda stvol kanali devorlaridan bo‘ylama chiziqlar 
vujudga keladi. 
Izlarning hosil bo‘lishi va ularda xususiy belgilarning aks etishiga 
qurol stvoli kanalida o‘q otilish mahsulotlarining mavjudligi va 
metallizatsiya o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. O‘q otilish mahsulotlari va 
metallizatsiyaning ortishi bilan, qurol stvoli kanali iz hosil qiluvchi 


 258 
sirtlarining o‘zgarishi yuz beradi. Bu o‘zgarishlar o‘q otilish mahsulotlari 
va metall zarrachalar stvol kanali relyefining dastavval juda kichik, 
keyinchalik esa yirikroq xususiyatlarini qoplab ketishi bilan ifodalanadi. 
Ammo, bu o‘zgarishlar, agar narezlar maydonlarining sathi o‘q otilishi 
mahsulotlari va metallizatsiya zarrachalari sathidan yuqoriroq bo‘lsa, 
narezlar maydonining yirik xususiyatlarini aks etishiga to‘sqinlik 
qilmaydi. Stvol kanali relyefining o‘ziga xos xususiyatlari birlamchi 
izlarda barqaror aks etadi, sababi, ushbu xususiyatlar unchalik katta 
o‘zgarishga uchramaydi. 
Stvol kanali devorlari mikrorelyefining barqarorligiga ta’sir qiluvchi 
muhim omillardan biri bu — stvol kanalidagi korroziya natijasida yuz 
bergan o‘zgarishlar hisoblanadi. 
Stvol kanalidagi o‘q otilishi mahsulotlari havo namligini shimib 
olishni boshlashi bilan stvol kanalining korrozion o‘zgarishlari 
boshlanadi. Qurol nam havoda bir sutka mobaynida saqlansa, stvol 
kanali devorlarida korroziya vujudga keladi. 7 — 10 sutkadan keyin 
korroziya stvol kalin devorlarini to‘liq qoplab oladi. O‘q otilishidan 15 
— 20 sutkadan keyin stvol kanalining korrozion o‘zgarishlari natijasida, 
qurolni identifikatsiya qilishning iloji bo‘lmasligi mumkin. Quruq binoda 
saqlangan qurollarda korrozion o‘zgarishlar sekinroq kechadi. 
O‘qotar qurol stvol kanali mikrorelyefining barqarorligi, ushbu 
quroldan amalga oshirilgan o‘q otishlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 
Quroldan o‘q otilishida stvol kanalida murakkab fizikaviy-kimyoviy 
hodisalar yuz beradi va ular stvol kanali sirtining buzilishiga olib keladi. 
Qurol stvoli kanalining yeyilishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar sirasiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) o‘q otilish vaqtida qurol stvoli kanalidagi katta bosim;
2) o‘q otilishi vaqtida porox gazlarining stvol metalliga issiqlik 
ta’siri;
3) stvol metalli va yuqori haroratgacha qizib ketgan porox 
gazlarining o‘zaro kimyoviy ta’sirlashishi;
4) harakat qilayotgan o‘q ta’sirida qurol stvoli kanali devorlarining 
mexanik buzilishlari;
5) qizib ketgan va tez harakatlanuvchi porox gazlari ta’sirida, mil 
kanalining nurashi (eroziyasi) bilan bog‘liq buzilishlari. 
Stvol kanalining yeyilishi stvol metalli sirtqi qatlamining 
mikrotuzilishi o‘zgarishi tufayli sirtida hosil bo‘ladigan yorilishlar 
(qizish to‘ri) bilan boshlanadi. Metallning kuchli qizishi va keyin uning 
sovushi stvol kanali devorlarining yorilishi (chatnab ketishi)ga sabab 


 259 
bo‘ladi. Sirtdagi yoriqlar (qizish to‘ri)ning chuqurligi millimetrning bir 
necha o‘ndan bir qiymatlarigacha bo‘lishi mumkin. Narezlarning 
burchaklari bu yorilishlar natijasida o‘zaro birikadi va narezlarning 
maydonlari o‘q qobig‘ining bosimi ta’sirida sinadi, ya’ni «narez 
maydonining ushatilishi» yuz beradi. 
Ushbu jarayonlar stvol kanalida katta bosim va tezlik bilan harakat 
qilayotgan o‘qning mexanik ta’siri natijasida yanada chuqurlashadi. 
Stvol kanalining mexanik yeyilishi stvol kanali devorlarining yeyilishida 
ifodalanadi va natijada stvol kanalining (asosan narezlar maydonlari 
bo‘yicha) diametri kattalashadi hamda narezlar maydonlarining ezilishi, 
ular qirrasining dumaloq shaklga kelib qolishi kuzatiladi. 
Yuqoridagilarga qaramay, zamonaviy o‘qotar qurollarni 
identifikatsiya qilish uchun ushbu quroldan 1000 tagacha o‘q otishni 
amalga oshirish mumkin. Bunda eng ko‘p ma’lumotlarni narezlarning 
birlamchi izlaridan olinadi. Birlamchi izlarda aks etgan belgilarning 
barqarorligi ularning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi: masalan, agar 
birlamchi izlarning balandligi 2,5—3 
mikron 
bo‘lsa, 100 tagcha o‘q 
otilishda, 5 mikron bo‘lsa, 500—600 tagacha o‘q otilishda, 7—12 
mikron bo‘lsa, 1000 tagacha o‘q otilishda barqaror saqlanib qoladi.
Gaz chiqish tuynugining chetlaridan qolgan izlar odatda maydonlar 
izidan uzunroq bo‘ladi. Bu tuynuk maydonlar va stvol kanali devorlari 
joylashishiga bog‘liq bo‘lmagan holda teshilgani uchun, uning izlari 
narezlar maydonlari hamda qirralarining shilinishlar va ishqalanish izlari 
bilan qoplanib yo‘qolib ketadi.
Birlamchi va ikkilamchi izlar patrondon va stvol kanali o‘qining 
o‘zaro yaxshi birikmasligi oqibatida, ishqalanish izlarining miqdori, ular 
boshlanishining sathi, ikkilamchi izlar tomonidan qisman qoplanib, 
yo‘qolishi mumkin bo‘lgan birlamchi ishqalanish izlarining kengligi 
bilan farq qiluvchi izlar majmuasi shaklida hosil bo‘ladi. Bu 
majmualarda birlamchi izlar ikkilamchi izlarga nisbatan quyidagicha 
tavsiflanadi: miqdori bilan (ikkilamchi izlar miqdoriga mos yoki kam); 
boshlanishining holati bilan (baland, o‘rta, past); tegib turishi bilan 
(alohida, qo‘shilgan). 
Narezli stvol kanali devorlarining izlari maydonlarning birlamchi 
izlari, narezlar maydonlari va qirralarining ikkilamchi izlari, narezlar 
tubining izlari, gaz chiqish tuynugi chetlarining izlari va stvol og‘zi 
kesimidagi notekisliklar izlaridan iborat bo‘ladi. 
Bir narez va uning maydonidan qolgan birlamchi va ikkilamchi 
izlarda quyidagilar o‘zaro farq qilishi mumkin: 


 260 
— jangovar qirralarning eng chuqur o‘ng va chapga og‘ma 
shilinishlari; bo‘sh qirralarning yuqoridagi izga parallel bo‘lgan, bu 
izning o‘ngga og‘ma izlaridan chapda hamda chapga og‘ma izlaridan 
o‘ngda joylashgan shilinishlaridagi izlar; maydon sirtlaridan qolgan, 
jangovar qirralarning shilinishlariga parallel bo‘lgan va ular orasida 
joylashgan ishqalanish izlari; maydon izlarining yuqori chegarasi — 
maydon izi boshlanishining shartli olingan chizig‘i; maydon izlarining 
quyi chegarasi — maydon izi tugallanishining shartli olingan chizig‘i; 
maydon boshlanishining bo‘sh qirralarining o‘ngga og‘ma shilinishidan 
chapda hamda chapga og‘ma shilinishidan o‘ngda joylashgan, bo‘ylama 
birlamchi ishqalanish izi; narezlar tubining og‘ma izlarga parallel, 
o‘ngga og‘ma shilinishidan chapda hamda chapga og‘ma shilinishidan 
o‘ngda joylashgan ishqalanish izlari. 
Narezli quroldan otilgan o‘qning xususiyati va undagi stvol kanali 
devorlaridan qolgan izlarda, qurol stvolining quyidagi umumiy va 
xususiy belgilari aks etadi: 
— stvol kanali asl kalibriga teng bo‘lgan o‘qning narezlarni izlaridan 
o‘lchanadigan diametri; stvol kanali devorlaridagi narezlar va maydonlar 
miqdoriga teng bo‘lgan, narezlarning ikkilamchi izlarining miqdori; 
maydonlarning ikkilamchi izlari og‘ishining o‘qning bo‘ylama o‘qiga 
nisbatan yo‘nalishi stvol kanalidagi narezlarning yo‘nalishiga mos 
keladi; ikkilamchi izlardagi, jangovar qirralar shilinishlarining o‘qning 
bo‘ylama o‘qiga nisbatan og‘ish burchagi stvol kanalidagi narezlarning 
og‘ishi burchagiga teng; ikkilamchi izlardagi qirralarning shilinishlari 
orasidagi eng qisqa masofaning o‘rtacha arifmetik qiymati stvol 
kanalidagi narezlar maydoni kengligiga teng; maydonlarning birlamchi 
izlarining aniq ifodalanganligi va cho‘zilganligi qurol stvoli o‘q kirish 
joyining uzunligini kattaligidan darak beradi; barcha izlardan uzunroq, 
ikkilamchi izlarga parallel va ulardan birini qisman qoplab boruvchi 
chiziqning mavjudligi, stvol devorida muayyan ko‘ndalang diametrga va 
muayyan joylashishga ega bo‘lgan gaz chiqish tuynugi borligidan darak 
beradi; birlamchi izlarning, maydonning barcha izlaridan emas, balki 
ba’zi bir ikkilamchi izlaridan baland sathda ekanligi, stvol kanali va 
patrondonning o‘zaro yaxshi birikmasligini ko‘rsatadi; maydonlarning 
har bir ikkilamchi izlaridagi, qirralarning shilinishlari orasidagi masofa, 
bir stvolda turlicha bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida maydonlar 
kengligiga teng; narezlar qirralarining shilinishlari mos holdagi 
qirralarning notekisliklarini o‘zida aks ettiradi; birlamchi va ikkilamchi 
izlardagi to‘g‘ri chiziqli ishqalanish izlari hamda ikkilamchi izlar 


 261 
orasidagi ishqalanish izlari narezlar va ular maydonlarining 
notekisliklarini aks ettiradi; ikkilamchi izlarning yuqori va quyi qismida 
joylashgan ishqalanish izlari mos holda, maydonlarning boshlanishi va 
tugashining relyeflaridagi notekisliklarni aks ettiradi; ikkilamchi izlar 
boshlanishi va tugashi chiziqlarining konturlari va yo‘nalishi, 
maydonlarning boshlanishi va tugashi shakliga mos keladi; maydonlar 
ikkilamchi izlarining to‘liq yoki qisman ajralishi (ikkilanishi) stvolning 
shishib qolishi, uning o‘lchami va holatidan darak beradi. 
O‘qlar va uning qobiqlarining materiali qancha yumshoq bo‘lsa, 
birlamchi va ikkilamchi izlar shuncha aniq ifodalangan bo‘ladi. 
O‘qlardagi iz hosil bo‘lishining yaxshi ifodalanganligiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi boshqa omillar, odatda birlamchi hamda ikkilamchi izlar 
uchun teskari ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, diametri stvol kanali 
diametridan kichik bo‘lgan o‘qlarda birlamchi izlar, diametri stvol kanali 
diametridan katta bo‘lgan o‘qlardagiga qaraganda aniqroq ifodalanadi, 
ikkilamchi izlar esa aksincha, katta diametrli o‘qlarda, kichik diametrli 
o‘qlardagiga qaraganda yaxshi ifodalanadi. O‘qlari gilzada ko‘proq 
cho‘ktirilishi oqibatida porox zaradi zarralari zichlashtirilgan patronlarda 
porox gazlarining bosimi ortadi va poroxni yonish kamerasining hajmi 
kichrayadi, natijada birlamchi izlar ikkilamchi izlarga qaraganda aniqroq 
ifodalanadi. Bu porox zaradi ko‘paytirilgan patronlar uchun yoki sifati 
yaxshiroq, quruqroq porox hamda kapsyul ishlatilgan patronlar uchun 
ham xosdir.
O‘qlarda patronni tayyorlanishining izlari ham qolishi mumkin. 
Kernlash natijasida vujudga kelgan turli chuqurliklardan tashqari, 
o‘qning gilzaning ichida joylashgan yetakchi qismida gilza og‘zining 
notekisliklaridan qolgan ishqalanish izlari ham vujudga kelishi mumkin. 
O‘qlarda og‘ishlarsiz hamda o‘qni gilzaga mahkamlanish joyida bo‘lgan 
bu izlarni stvol kanali devorlari bilan adashtirmaslik kerak. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin