276
12-BOB.
SILLIQ STVOLLI O‘QOTAR QUROLLARNING
OTILGAN O‘QLARDAGI IZLARIGA KO‘RA
IDENTIFIKATSIYA QILISH
1-§. Silliq stvolli o‘qotar qurollar va ularning snaryadlari
identifikatsiya obyekti sifatida
Ishlab chiqarish va havaskorlik ovi hamda
sport maqsadlari uchun
mo‘ljallangan ov o‘qotar qurollari ishlatiladigan snaryadlariga bog‘liq
ravishda sochma o‘qli silliq stvolli qurollarga (asosan, sochma o‘qlar
bilan otish uchun); o‘qli
⎯
narezli qurollarga (o‘qlar bilan otish uchun);
murakkablashtirilgan (ham narezli ham silliq) stvolli qurollarga (o‘qlar
bilan ham sochma o‘qlar bilan ham otish uchun) bo‘linadi.
Silliq stvolli o‘qotar qurollarning modellari xilma-xil bo‘lishiga
qaramasdan ularning turi uncha ko‘p emas. Sochma o‘qli miltiqlar
asosan bir va ikki stvolli qilib ishlab chiqariladi, ikki stvolli qurollarning
stvollari gorizontal yoki vertikal joylashgan bo‘lishi mumkin.
Murakkablashtirilgan o‘q va sochma o‘qli miltiqlar
ikki yoki uch stvolli
bo‘lishi mumkin. Stvollari uchtadan ko‘p bo‘lgan miltiqlar juda kam
uchraydi. O‘zi o‘qlanuvchi ov miltiqlari (masalan, MS 01 va boshqalar)
alohida guruhni tashkil etadi. Bunday miltiqlarda navbatdagi o‘q
otilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha harakatlar o‘q otilishida
vujudga kelgan porox gazlarining bir qismi bilan amalga oshiriladi.
Sport miltiqlari sochma o‘qlar bilan maxsus nishonlarga
otish uchun
mo‘ljallangan. Bunday miltiqlar faqat 12 kalibrli qilib ishlab chiqariladi.
Musobaqalarda otish uchun ishlab chiqarilgan sport miltiqlari uzun
stvollari (760
mm
gacha) va stvol og‘zining kuchli torayishlari bilan
ajralib turadi.
Silliq stvolli miltiqlar quyidagi tugun va mexanizmlardan iborat:
stvol yoki stvollar bloki, kolodka, zatvor yoki stvol qutisi, loja va dasta
(sevyo), stvollarning
yopish mexanizmi, urish mexanizmi, qo‘yib
yuboruvchi mexanizm, otilgan gilzalarni chiqarib tashlash mexanizmi,
mo‘ljalga olish moslamalari, saqlagichlar. Bundan tashqari, miltiqlarning
ayrim turlarida maxsus moslamalar, masalan, tepkilarni ushlagichlar
bo‘lishi mumkin. Miltiqlarning asosiy qismi bu stvoldir. Stvol metalldan
yasalgan quvur bo‘lib, bir tomoni (orqasi) zatvor bilan berkitiladi,
boshqa qismi (oldingi) ochiq bo‘ladi. Stvolning ichki sirti
stvol kanali
deb ataladi hamda uchta qismdan iborat bo‘ladi: patronlarni
joylashtirishga mo‘ljallangan patrondon; o‘q kirish joyi deb ataluvchi
277
konussimon qism; snaryadga yo‘nalish berish uchun xizmat qiladigan
silindrsimon silliq qism.
Silliq stvolli miltiqlardan otish uchun ko‘plab turdagi snaryadlar
ishlatiladi
⎯
sochma o‘qlar, kartechlar va yaxlit
snaryad
⎯
o‘q.
Sochma o‘q — qo‘rg‘oshindan yasalgan zo‘ldir bo‘lib, diametri 1,5
mm
dan
⎯
5,0
mm
gacha bo‘lishi mumkin. Diametri 5,0
mm
dan katta
bo‘lgan sochma o‘q kartech deb ataladi. Standart sochma o‘q yoki
kartechlarga mustaxkamligini oshirish uchun surma qo‘shiladi. Qo‘lbola
usulda yasalgan sochma o‘qlarda surma bo‘lmaydi. Sochma o‘q yok
kartechlarning quyidagi turlari mavjud: OM
⎯
yumshoq, ov sochma
o‘qi; OT
⎯
qattiq, ov sochma o‘qi; ST
⎯
qattiq sport sochma o‘qi; KO
⎯
ov kartechi.
Standart sochma o‘qlar silliq qilib ishlanadi va sirti grafit bilan
qoplanadi. Yumshoq sochma o‘qlar o‘q
otilishida deformatsiyaga
uchraydi va shuning uchun ularning ballistik xususiyatlari yomonroq
bo‘ladi.
Bir nomerdagi sochma o‘qning diametri boshqa nomerdagi sochma
o‘qlardan 0,25
Dostları ilə paylaş: