2-§. Silliq stvolli o‘qotar qurollar stvoli kanalinig otilgan
snaryadlarida izlarning hosil bo‘lish mexanizmi
Silliq stvolli qurollarning otilgan snaryadlaridagi izlarning hosil
bo‘lish mexanizmi o‘ziga xos qonuniyatlarga ega hamda narezli
qurollardan otilgan o‘qlardagi izlarning hosil bo‘lish mexanizmidan
birmuncha farq qiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, silliq stvolli o‘qotar
qurollardan otiladigan sochma o‘qlar va kartechlarning bir patronga
mo‘ljallangan miqdori
⎯
polisnaryad deb, bir dona o‘q
⎯
monosnaryad
deb ataladi.
Silliq stvolli qurol stvoli kanalining polisnaryaddagi izlarining hosil
bo‘lish mexanizmini quyidagicha tasavvur etish mumkin. Patron
kapsyuli urilganidan so‘ng, gilza ichidagi porox yonib ketadi. Porox
gazlari bosimining ortish tezligi va uning maksimal qiymati patron
kapsyuli, poroxning turi va sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Porox gazlarining bosimi ta’sirida patron piji siqiladi va olg‘a harakat
qilib, polisnaryadni oldinga suradi (masalan, sochma o‘qlar
polisnaryadi). Polisnaryad ham o‘z navbatida siqiladi va uning uzunligi
kamayadi (E.Shteyngoldning tajribalariga ko‘ra
⎯
polisnaryad
uzunligining 20%gacha) va avval gilzaning ichida, so‘ng esa qurol stvoli
kanali ichida o‘z harakatini boshlaydi.
Sochma o‘qlarda metall gilzaning ichki sirti devorlaridan izlar
qoladi va bu izlarga ko‘ra aynanlikni aniqlash mumkin bo‘ladi. Gilzadan
chiqish vaqtida chetki (periferik) sochma o‘qlar o‘z harakatini
o‘zgartiradi: o‘zlariga qo‘shni bo‘lgan sochma o‘qlar ta’sirida ular o‘q
kirish joyi sirti tomonga siljishga va aylanishga majbur bo‘ladi. Ushbu
vaqtda sochma o‘qda metall gilza og‘zidan qoladigan ikkinchi iz hosil
bo‘ladi. Chetki (periferik) sochma o‘q gilza og‘zi orqali harakat qilib,
281
kattaroq hajmdagi sohaga o‘tayotganida ham unga qo‘shni sochma
o‘qlarning ta’siri davom etayotgan bo‘ladi. Shuning uchun bu sochma
o‘q o‘zining dastlabki holatini o‘zgartiradi va stvol kanalining o‘q kirish
qismi sirtiga yopishadi. Gilzaning og‘iz kesimi ushbu sochma o‘qning
sirtidan yupqa metall qatlamini shilib qoladi va natijada ushbu sirtda iz
hosil bo‘ladi. Stvol kanalining o‘q kirish qismidagi harakati jarayonida
sochma o‘q yana barcha tomondan siqilib qolgan bo‘ladi. Bu sochma o‘q
qurol stvoli kanalining sirti bo‘ylab harakat qilib, stvol kanali sirtiga
ishqalanadi va sochma o‘qning stvolning iz hosil qiluvchi sirtlari bilan
ta’sirlashgan sohasida oval shaklidagi izlar qoladi. Otilgan sochma
o‘qlarda gilza korpusining ichki sirti va gilza og‘iz kesimi izlarining
bo‘lmasligi, sochma o‘qlarning qurol stvoli kanali bo‘ylab harakat
qilishida ushbu izlarning yo‘qolib ketishi bilan izohlanadi.
Polisnaryad ortib boruvchi tezlik bilan qurol stvoli kanalida harakat
qiladi va xuddi porshenga o‘xshab havo ustunini stvol kanalidan surib
chiqaradi. Polisnaryad harakatining tezlanishi vaqtida, ajralish hodisasi
uchun sharoit vujudga keladi, ammo polisnaryad sochma o‘qlarning
markazdan qochuvchi harakatini amalga oshira olmaydi va pijning faol
ta’siri natijasida, stvol kanalida yagona jism kabi harakatini davom
ettiradi, boshqacha aytganda, polisnaryad monosnaryad kabi harakat
qiladi. Shuning uchun polisnaryad stvol kanalida har tomondan siqilgan
holda o‘tib boradi, ushbu siqilish polisnaryad materialining elastikligidan
ortiq bo‘ladi. Natijada polisnaryadning ayrim sochma o‘qlari
deformatsiyaga uchraydi.
Sochma o‘qlarning o‘zaro ta’sirlashishi natijasida esa ularda
«ta’sirlashish (kontakt) dog‘lari» vujudga keladi. Ushbu ta’sirlashish
(kontakt) dog‘larining shakli, miqdori va o‘lchamlari polisnaryad
sochma o‘qlarining diametri va ularning polisnaryadda joylashish
holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Polisnaryaddagi ayrim sochma o‘qlar, o‘zining diametriga bog‘liq
ravishda aylana bo‘ylab joylashgan bo‘ladi va qurol stvoli kanalining
ichki sirti bilan ta’sirlashadi. Polisnaryad sochma o‘qlarining qurol stvoli
kanalida kiruvchi harakati vaqtida, sochma o‘qlarning «yumshoq»
metalli stvol kanalining devoriga ishqalanadi va natijada stvol kanalining
ichki devorlaridagi bo‘rtiq mikrorelyefidan, sochma o‘qlarning sirtida
o‘zaro parallel joylashgan chiziqlar guruhi ko‘rinishidagi izlar vujudga
keladi. Shunday qilib, qurol stvoli kanalining sochma o‘q
(kartech)lardagi izlari — oval shaklidagi maydoncha bilan chegaralangan
282
(o‘ralgan) chiziqlar ko‘rinishiga ega bo‘ladi va ularning egriligi qurol
stvoli kanali sirtidagi bo‘rtiq mikrorelyeflarning egriligiga mos keladi.
Sochma o‘qlarda ushbu izlar qurol stvoli kanalining ichki diametri
va individual xususiyatlarini aks ettiradi hamda ushbu izlarga ko‘ra silliq
stvolli o‘qotar qurollarni identifikatsiya qilish mumkin bo‘ladi.
Ushbu izlarning shakli va o‘lchamlari, sochma o‘qlarning o‘lchami,
qurol stvol kanalining diametri hamda polisnaryad elementlari (sochma
o‘qlar)ning ajralish kuchi qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Porox zaradi
og‘irligining va pijlar diametrining ortishi sochma o‘qlarning qurol stvoli
kanali ichki sirti bilan ta’sirlashish sohasining o‘lchamini ortishiga olib
kelishi mumkin, natijada sochma o‘qlarning sirtidagi chiziqlardan iborat
izlarning ham maydoni ortib ketadi.
Polisnaryad sochma o‘qlarida iz hosil qiluvchi obyekt bo‘lib, qurol
stvoli kanali — uning butun uzunligi hisoblanadi. Polisnaryad stvol
kanali bo‘ylab, o‘zining joylashishini o‘zgartirmasdan harakat qiladi va
chetki (periferik) sochma o‘qlar qurol stvoli kanalining ichki sirtidagi
mikrorelyefning xususiyatlarini, stvol kanalining boshlanishidayoq
o‘zida aks ettiradi. Qurol stvolining og‘iz kesimi bu holda asosiy iz hosil
qiluvchi soha hisoblanmaydi. Bu hodisani o‘z vaqtida V.F.Gu
щ
in va
L.F.Savranlar ta’kidlaganlar. Masalan, hali 1973-yildayoq, V.F.Gu
щ
in
stvol kanali silindrsimon bo‘lgan miltiqdan o‘q otilishida, porox gazlari
bosimi maksimal qiymatga ega bo‘lgan (stvol kanalining birinchi 10
smli
) sohasi hosil bo‘lgan stvol kanali izlarining shakli, o‘lchamlari va
egriligi ushbu snaryadning butun stvol kanali bo‘ylab harakati jarayonida
o‘zgarmasligini aniqlagan. L.F.Savran ham (1981) ushbu sohani sochma
o‘qlarning deformatsiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy soha deb
hisoblagan hamda sochma o‘qlarda ta’sirlashish dog‘lari va stvol
kanalining izlarini hosil bo‘lishining sababi — snaryadga porox
gazlarining ta’siri emas, balki snaryadlarning qurol stvoli kanalining
porox gazlari bosimi maksimal qiymatga ega bo‘lgan (stvol kanalining
birinchi 10
smli
) sohasidagi eng katta tezlanishli harakati oqibatidagi
kuchlanish deb ta’kidlagan.
Polisnaryad sochma o‘qlarining qurol stvoli kanalidagi harakati
jarayonida sochma o‘qlar sirtida stvol kanali mikrorelyeflaridan hosil
bo‘lgan belgilar yo‘qolib ketadi va ularning o‘rniga yangi belgilar hosil
bo‘ladi, ammo ushbu yangi belgilar ham o‘z navbatida, stvol kanalining
keyingi sohalari bilan ta’sirlashish natijasida yo‘qolishi mumkin, bu
oxirgi belgilar esa stvol kanali og‘zidagi nuqsonlar (masalan, agar otish
283
qirqma miltiqlardan amalga oshirilgan bo‘lsa) ta’sirida yo‘qolib ketishi
mumkin. Boshqacha aytganda, qurol stvoli kanalining dastlabki
mikrorelyeflari kelgusi mikrorelyeflar bilan qoplanib ketadi.
V.F. Gu
щ
in (1973) sochma o‘qlar sirtidagi oval sohalarni o‘rganib,
sochma o‘q va kartechlarda ikki turdagi izlar hosil bo‘lishini aniqlangan
va ularni shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi izlarga ajratgan.
Birlamchi izlar qurol stvolining orqa kesimida, polisnaryad sochma
o‘qlarining o‘zaro zichlashishi va ajralishi natijasida hosil bo‘ladi. Stvol
og‘zi toraygan (chok, yarim chok va shu kabilar) miltiqlardan otishda,
snaryadlar stvol kanali bo‘ylab harakat qilib, stvolning toraygan qismiga
kirishdan oldini o‘z holatini o‘zgartiradi. Sochma o‘qlar stvolning
toraygan qismiga kirishdan oldin siljishga va aylanishga majbur bo‘ladi.
Aynan shu sohada va shu vaqtda sochma o‘qlarda ikkilamchi izlar hosil
bo‘ladi va ularning maydonlari birlamchi izlarning maydonlaridan
kichikroq bo‘ladi. Shunday qilib, V.F. Gu
щ
in polisnaryad sochma
o‘qlaridagi izlarning miqdori qurol stvoli kanalining xususiyatlariga
(torayganligi, silindrsimon shakldaligi) deb xulosa qilgan. Bitta iz
⎯
silindrsimon stvol kanalidan, ikkita iz
⎯
agar stvol kanalida toraygan qismi
mavjud bo‘lganda vujudga keladi.
Shu bilan birga YE.I. Stashenko (1983) silindrsimon stvol kanalli
miltiqdan otilgan chetki (periferik) sochma o‘qlarda ikkita ta’sirlashish
dog‘lari hosil bo‘lishini aniqlagan.
Hozirgi vaqtda patronlarni tayyorlashda, ichiga o‘q, sochma o‘q va
kartechlar joylashtiriladigan snaryad konteynerlardan foydalaniladi. Bu
holda quroldan o‘q otilganda qurol stvoli kanalining ichki sirti bilan
snaryadlar emas, balki shu konteyner ta’sirlashadi va natijada iz hosil
bo‘lish mexanizmiga ushbu konteynerning ichiga joylashtirilgan snaryad
(o‘q, sochma o‘q va kartech)ning turi hamda konteynerning o‘zi ta’sir
ko‘rsatadi.
Konteynerlar turi (o‘q yoki sochma o‘qlarga mo‘ljallangan), tuzilishi
va materialiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. To‘rt yaproqli konteyner oldingi
qismida to‘rtta kertikli stakan shaklida tayyorlangan bo‘lib, unga sochma
o‘qlar joylashtiriladi. Bunday konteyner gilza korpusi ichida pij (qog‘oz,
namat va boshqa) ustiga o‘rnatiladi. Boshqa turdagi konteyner
⎯
yaxlit
(monolit) pij–konteyner hisoblanadi. O‘qli konteyner, odatda ikki qismdan
iborat bo‘ladi.
Konteynerda joylashgan snaryadlar qurol stvoli kanalining devorlari
bilan ta’sirlashmaydi, shuning uchun iz qabul qiluvchi obyekt sifatida
ushbu konteyner
⎯
uning tashqi sirti maydonga chiqadi.
284
Sochma o‘qli konteyner qurol stvoli kanalida harakat qilib biroz
deformatsiyaga uchraydi, chunki uning ichidagi sochma o‘qlar
(kartechlar) porox gazlarining ta’sirida zichlashadi. Buning natijasida
chetki (periferik) sochma o‘qlar konteyner devorlariga bosiladi va ushbu
sohalarni qurol stvoli kanali devorlariga tomon siqadi. Ushbu sohalar va
qurol stvoli kanali sirti orasida ishqalanish yuzaga keladi va natijada
konteynerning tashqi sirtida dumaloq shakldagi chegaraga ega bo‘lgan
va o‘zaro parallel chiziqlar paydo bo‘ldi. Ushbu chiziqlar stvol kanali
ichki sirtining mikrorelyeflari ta’sirida hosil bo‘ladi va ularning
balandligi va chuqurligi turlicha bo‘ladi.
Izlarning o‘lchami, miqdori va ularning konteyner sirtida joylashishi
zichligi patronga joylashtirilgan sochma o‘qlarning diametriga bog‘liq
bo‘ladi. Ushbu sochma o‘qlarning diametri kichiklashsa, izlarning
o‘lchami ham kichiklashadi va miqdori ortadi. Izlarning aynanlikni
aniqlovchi ahamiyati ularning o‘lchamiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida ta’riflangan izlar bilan bir qatorda, sochma o‘qlarning
konteynerida, xususan uning orqa (ishqalanuvchi) qismida ham qurol
stvoli kanalining ichki sirtidan yaxshi ifodalangan izlar (chiziqlar,
ishqalanishlar) qoladi, qurolni ushbu izlarga ko‘ra identifikatsiya qilish
mumkin.
Konteynerlardagi silliq stvollarning izlari yuqori identifikatsion
ahamiyatga ega bo‘ladi. Konteyner sirti bo‘ylab joylashgan chiziqlarning
ifodalanganlik darajasi turlicha bo‘ladi. Konteynerning bo‘ylama chetlari
atrofidagi izlardagi chiziqlarning uzunligi uning uzunligiga teng,
chiziqlarning chuqurroq va kengroq ifodalangan bo‘ladi. Konteynerning
chetlaridan uzoqlashgan sari, izlarning uzunligi va kengligi, shuningdek
ifodalanganlik darajasi kamayib boradi. Identifikatsiya uchun yaroqli,
barqaror va yuqori ifodalanganlik darajasiga ega bo‘lgan izlar (chiziqlar)
konteynerlarning orqa qismi (dumi)da joylashgan bo‘ladi.
Qurol stvoli kanali mikrorelyefining konteyner sirtida aks etishi
konteynerning materialiga va porox gazlarining konteynerning tubiga
ko‘rsatadigan ta’siriga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, qurol stvoli kanalining konteynerlardagi izlaridan
ayrim hollarda identifikatsiya maqsadlarida samarali foydalanish
mumkin (52–rasm).
285
52-rasm
Dostları ilə paylaş: |