303
Magazinning jo‘natgichi magazinni o‘qlashda birinchi patron
gilzasining sirti va qalpoqchasining chetida uning tubidan og‘ziga tomon
yo‘nalgan, gilzaning sirti va qalpoqchasining chetida patronni
patrondonga jo‘natishda gilzaning og‘zidan tubi tomonga yo‘nalgan
ishqalanish izlarini qoldiradi. Magazinni patronlar bilan o‘qlashda
birinchi patron uzatgich sirti bilan ta’sirlashib, uning xususiyatlarini
o‘zida aks ettiradi.
Magazin
lablari gilzaning sirti va qalpoqchasining
chetida gilzaning
bo‘ylama o‘qiga parallel joylashgan, magazin og‘zining chap va o‘ng
chetlari bilan ta’sirlashish natijasida vujudga keladigan
dinamik izlar
qoldiradi. Bu izlarning yo‘nalishi magazinni patronlar bilan o‘qlashda
gilzaning tubidan uning og‘zi tomonga, patronni patrondonga jo‘natishda
gilzaning og‘zidan uning tubi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Izlarning
kengligi ta’sirlashuvchi sirtning o‘lchamlari va magazinning o‘qlash
tajribalariga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. Shu kabi boshqa
sharoitlarda aynan shu turdagi izlarning kengligi va chuqurligi,
magazinga o‘qlanayotgan oxirgi patronlar gilzalarida kattaroq bo‘ladi,
chunki, magazin uzatgichi prujinasining ta’sir kuchi
birinchi patronni
magazinga kiritishga qaraganda oxirgi patronlarni magazinga o‘qlashda
kattaroq bo‘ladi.
Magazin lablarining eng katta chuqurlikdagi va kenglikdagi izlari
gilza qalpoqchasi va u bilan tutashgan sohalarda bo‘ladi. Izlar
o‘lchamlaridagi farqlar gilza qalpoqchasining diametri uning og‘zining
tashqi diametridan bir oz kattaligi bilan tushuntiriladi. Ko‘p hollarda
mog‘oza og‘zi chetlarining izlari gilzaning uzunligidan kichikroqdir.
57- rasm.
Dostları ilə paylaş: