Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

mm
, tashqi diametri qurol stvoli diametridan 1,0–1,2 
mm 
ga kattaroq 


 293 
bo‘lgan snaryad. Uning markazida diametri 6 
mm 
bo‘lgan tuynuk bo‘lib, 
u orqali snaryad sterjenga maxkamlanadi va stvoldan tortib chiqariladi
1

Stashenkoning terilgan kartechlar snaryadi — Y
е
.I. Stashenko 
tomonidan taklif etilgan terilgan kartechlardan iborat snaryadlarni 
patronga jihozlash standart ov patronini jihozlash kabi bo‘ladi. Bu 
snaryadlar quroldan otiladigan turga tegishlidir. 
Ekspertiza amaliyotida eng ko‘p ishlatiladigan bu kabi snaryadlarning 
biri V.F. Gu
щ
in tomonidan taklif etilgan «SG–1» rusumli snaryad bo‘lib, 
vint, ajratuvchi silindr, ikkita qo‘rg‘oshin halqacha va gaykadan iborat. 
Ushbu snaryadning bir turi ikki tomonidan gaykalar yordamida 
mahkamlangan ikkita qo‘rg‘oshin halqachali «g‘altak»dan iborat. Bu kabi 
snaryadlarning asosiy ishchi qismi bo‘lib ikkita qo‘rg‘oshin halqa 
hisoblanadi. Ushbu halqalar «iz qabul qiluvchi halqalar» deb ataladi va bir-
biri bilan, qurol stvoli diametrining 1,2–2,0 diametriga teng masofada 
mahkamlangan bo‘ladi. Halqalarning aynan shu masofada o‘zaro 
mahkamlanishi o‘q otilishida snaryadni qurol stvoli kanalining bo‘ylama 
o‘qiga nisbatan barqarorligini ta’minlaydi. 
Keyinchalik V.F. Gu
щ
in «SG–2» va «SG–5» rusumli snaryadlarni 
ishlab chiqdi, bunday snaryadlar uning bo‘ylama o‘qiga nuqtali kernlash 
usulida mahkamlangan to‘rtta harakatlanuvchi qanotchalarga ega. 
Bunday snaryad stvol og‘zida toraygan qismi mavjud qurollardan 
namuna izlar olish uchun ishlatiladi. Har bir qanotcha bir uchiga 
qo‘rg‘oshin mahkamlanadigan obkash, shayin, havoza (koromislo)ga 
o‘xshagan bo‘ladi. 
Ushbu qanotchalar prujina va kengaytiruvchi konusli yoki inersion 
konusli tizim yordamida qurol stvoli kanalining devorlariga yopishadi. 
Ushbu turdagi snaryadlarning kamchiligi ular tuzilishining 
murakkabligidan iborat, shuning uchun amaliy faoliyatda kamroq 
qo‘llaniladi. 
L.F. Savran tomonidan taklif etilgan snaryadning tuzilishi sochma 
o‘q bilan to‘ldirilgan qo‘rg‘oshin stakanchadan iborat, ushbu stakancha 
iz qabul qiluvchi obyekt hisoblanadi. Quroldan otishda stakanchaning 
tashqi sirti stvol kanali devorlariga sochma o‘qlarning bir-biridan 
ajralishi kuchi hisobiga yopishadi. Stakanchalar sifatida sochma o‘qli 
polietilent konteynerlar ishlatilishi mumkin. Ushbu stakancha bilan o‘q 
1
Qarang: 
Егоров
 
А
.
Г
., 
Зайцев
 
В
.
Ф

Плескачевский
 
В
.
М
.
Устройство
для
получения
экспериментальных
следов
канала
ствола
охотничьих
ружей
// 
Экспертная
практика
. — 
М
., 1985. — 
Вып
. 23. – 
С
.11. 


 294 
tutgichga otish imkoni bo‘lmaganligi uchun (chunki, suv, moy va 
hokazolarga urilish natijasida stakancha buzilib ketadi), tormozlovchi 
qurilma sifatida parashut tavsiya etilgan. Ushbu snaryadning 
kamchiliklari ham yaqqol ko‘rinib turibdi: bu uni tayyorlashning 
murakkabligi, parashut materialining yirtilishlari va katta o‘lchamdagi tir 
(o‘q otish xonasi yoki maydonchasi)ning kerak bo‘lishi. 
Yuqoridagi kamchiliklarni inobatga olib, Y
е
.I. Stashenko silliq 
stvolli qurol stvoli kanalining namuna izlarini olish uchun yirik 
kartechlardan foydalanishni taklif qilgan. Ushbu kartechlar «terilgan 
kartechlar deb ataladi va 16 kalibrli patronlar uchun 7,85 
mm 
li, 12 
kalibrli patronlar uchun 8,5 
mm 
li kartechlar qo‘llaniladi. 
Ushbu kelishilgan kartechlarni qo‘llab bir marta o‘q otilishida, qurol 
stvoli kanali diametrining 70 % li sohasi qoplanadi, snaryad stvol kanali 
devorlari bilan ta’sirlashadi. Stvol kanalining boshqa sohalari esa 
ikkinchi o‘q otilishida, patronning o‘z o‘qi atrofida muayyan burchakka 
burilishi natijasida qoplanib ketadi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan diametrli kartech donalari qurol stvoli 
kanalining og‘iz kesimida, uchtadan bo‘lib bir qatorni tashkil qiladi, 
qatordagi kartechlar orasida oraliq masofa bo‘lmaydi. Patronga 9 ta 
kartech 

3 donadan 3 qator kartech donalari joylashtiriladi, bunda 
yuqoridagi ikkinchi qatorning kartechi quyi qatordagi ikkita kartechlarga 
tegib turadigan qilib joylashtiriladi. Yuqoridagi qator quyi qatorga 
nisbatan 60ºS burchak ostida burilgan bo‘ladi. Har bir kartechni 
muayyan rangga bo‘yaladi va raqamlanadi. Tajriba uchun to‘rtta patron 
tayyorlanadi. Birinchi qatordagi kartechlarning gilzadagi holati va 
patronni qurol patrondonidagi shartli belgi (masalan, soat siferblatining 
12 raqami)ga nisbatan holatini qayd etib olib, tajribada ikkita patron 
otiladi. Qolgan ikki patronlarni esa shartli belgi (masalan, soat 
siferblatining 2 raqami)ni o‘zgartirib turib otiladi. 
Otilishdan so‘ng kartechlar, raqamlari tartibida terib qo‘yiladi va 
mavjud izlarning barqarorligi hamda identifikatsiya uchun yaroqliligi 
aniqlanadi. 
Ammo, ta’kidlash joizki, ushbu metod ham bir qator kamchiliklarga 
ega: patronni tayyorlashda har snaryadni belgilash (rangga bo‘yash, 
joylashtirish, raqamlash); snaryadlarning o‘rnashgan joyini otilishlardan 
so‘ng aniqlash; qurol stvoli kanalining to‘liq ichki sirtini qoplash 
maqsadida otilishlar sonining ko‘p talab etilishi; taqqoslash 
tadqiqotlarining murakkabligi (chunki, har bir kartechni alohida 
solishtirish talab etiladi). 


 295 
«FEK–1» rusumli snaryad ushbu kamchiliklarni qandaydir ma’noda 
bartaraf etish imkonini beradi. Ushbu snaryad silindr-konus shaklida 
bo‘lib, yarim sferik bo‘shliqqa ega, ya’ni angishvonaga o‘xshash shaklda 
bo‘ladi (54-rasm). 
54–rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin