Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Gilza kapsyulida urgich boyogi izining hosil bo‘lishi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Gilza kapsyulida urgich boyogi izining hosil bo‘lishi: 
Iz hosil bo‘lish mexanizmi — urgich boyogi bilan kapsyul 
 sirtiga ta’sir ko‘rsatilishi. 
Ushbu iz boyok (urgich) ta’siri (ushbu ta’sir oqibatida gilzada 
joylashgan kapsyul korpusi eziladi) va porox gazlarining bosimini 
kapsyul korpusining ichki sirtiga ta’siri (bunda kapsyulning korpusi 
boyok (urgich)ni o‘rab oladi) natijasida hosil bo‘ladi. Boyok 
(urgich)ning izi gilza kapsyulining markazida yoki markazdan biroz 
chetroqda (markaziy jang patroni) yoki gilza qalpoqchasi tubining 
chetida (yonbosh jang va halqasimon jang patronlari) joylashgan bo‘ladi. 
Markaziy jang patronlarni otishga mo‘ljallangan qurollar boyogi 
(urgichi) izining shakli dumaloq va uning tubi yarmsferik shaklda 


 311 
bo‘ladi. Yonbosh jang va halqasimon jang patronlarini otishga 
mo‘ljallangan qurollar boyogi (urgichi) izining shakli yarim dumaloq
kvadrat va hokazo bo‘ladi hamda izning tubi yassi shaklda bo‘ladi. 
Ishlash prinsipi stvolning qisqa yurishiga asoslangan o‘qotar 
qurollarda (TT, 1935-yil namunali «Browning», 1911-yil namunali 
«Colt» rusumli to‘pponchalari va boshqalar), stvolning biroz silkinishi 
natijasida, qurolning boyogi (urgichi) gilza kapsyulida qo‘shimcha 
ishqalanish izlarini hosil qiladi (62-rasm).
62–rasm. 
«Tulskiy–Tokareva — TT» rusumli to‘pponcha boyogi 
(urgchi)ning gilzadagi izi. 
Boyok (urgich)ing yuqoridagi kabi dinamik izi silliq stvolli ov 
miltiqlaridan o‘q otilishida, qurol stvoli kanali ochilganda qurolning 
boyogi (urgichi) chetki oldingi holatda turgan bo‘lsa ham hosil bo‘lishi 
mumkin. Boyok (urgich) izlarining shakli yetarlicha ifodalangan
ularning o‘lchamlari va belgilarining aks etishi barqaror hamda 
idenifikatsiya uchun yaroqli bo‘ladi. O‘tkazilgan tajribalar natijalaridan 
ma’lum bo‘lishicha, boyok (urgich) izlarining mikrorelyefi, qurollardan 
1000 va undan ko‘proq o‘q otilganidan so‘ng ham qurolni identifikatsiya 
qilish imkonini bera oladi. 
Porox gazlari bosimining gilza tubiga ta’sirida uning kapsyuli zatvor 
chuqurchasi (ov miltiqlarida — kolodka qalqonchasi)ga katta kuch bilan 
siqiladi (yopishadi) va buning natijasida zatvor chuqurchasi (kolodka 
qalqonchasi) sirti mikrorelyeflarini aks ettiruvchi statik izlar hosil 
bo‘ladi. Zatvor chuqurchasining izlari ayrim hollarda gilzada, kapsyuling 
atrofida ham joylashishi mumkin. 
Zatvor chuqurchasi gilza tubida (kapsyulda) turli xil egri va to‘g‘ri 
chiziqlar shaklidagi va qurol qismlarining zavodda ishlov berilganligiga 
bog‘liq ravishda markazga nisbatan turlicha joylashgan izlar qoldiradi. 
Bu izlar chiziqli, konsentrik (to‘plangan) va yoysimon chiziqlarga 


 312 
ajraladi. Agar zatvor chuqurchasi juda katta e’tibor bilan sayqallangan 
bo‘lsa bu izlar vujudga kelmaydi. 
63– rasm


Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin