304
Bu kabi izlarda belgilarning majmuasi barqaror emas va o‘zaro
ta’sirlashgan sirtlarning o‘lchamlari, gilza materialning
xususiyatlari,
shuningdek ushbu magazin yoki barabanlarni patronlar bilan to‘ldirish
operatsiyalarini bajaruvchi shaxsning individual qobiliyatiga bog‘liq.
Ayrim hollarda, yuqorida ta’kidlangan belgilar yig‘indisi identifikatsion
tadqiqotlar uchun ishlatilishi mumkin, ammo ushbu izlarning ahamiyati
unchalik katta emas, chunki ular faqat gilzalarni magazin (baraban)da
bo‘lganliginigina tasdiqlashi mumkin.
Qurol zatvoridan, uning chetki orqa holatga o‘tishida gilzada
qoladigan izlar ham unchalik yetarli ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Patronni patrondonga
jo‘natish izlari
gilzalarda qurol
zatvori oldingi
kesimining quyi qismidan qoladi. Zatvor, oldinga harakat qilib, o‘zining
oldingi kesimining quyi qismi bilan magazindagi eng ustki patronni
qurol stvoli patrondoniga tomon siljitadi va natijada gilzaning tubida
ezilgan iz hosil bo‘lishi mumkin.
Ushbu iz yaxshi ifodalanmagan, uning
hosil bo‘lishi barqaror emas va unda belgilarning identifikatsion
majmuasi mavjud emas.
Patronni qurol patrondoniga jo‘natishda, gilzada qurol stvoli patron
kirish joyi va stvol orqa kesimidan ham izlar hosil bo‘lishi mumkin.
Ammo, bu holda belgilarning identifikatsion
majmuasi faqat gilzaning
qalpoqchasida hosil bo‘lgan stvol kanali orqa kesimidan qolgan izlarda
mavjud bo‘lishi mumkin.
Patrondonning ichki sirti va o‘q kirish joyi patronni patrondonga
jo‘natishda gilzaning og‘zidan uning tubi tomonga va gilza (patron)ni
chiqarib tashlashda uning tubidan og‘ziga tomon yo‘nalgan, qurolning
muayyan
turini alohidalashtiruvchi, lekin ularning guruhiy taalluqliligini
aniqlash imkonini bermaydigan ishqalanish izlarini qoldiradi. Bu
izlarning hosil bo‘lish mexanizmi o‘q kirish joyi va patrondon ichki
sirtining ko‘rinishi, ishlov berilganlik darajasi va holati (nuqsonlarning,
begona zarralarning mavjudligi va hokazolar) bilan ifodalanadi.
Stvolning yoki baraban kamorasining orqa kesimi qirralari
gilza
qalpoqchasining oldingi qismida qurol rusumini aniqlash imkonini
beruvchi statik izlar qoldiradi. Bu izlarning hosil bo‘lish
mexanizmi
stvolning yoki baraban kamorasining orqa qismi qirrasining holati
(nuqsonlar, begona zarralarning mavjudligi va hokazolar), sirtining
tuzilishi, ishlov berilganlik darajasi va boshqalar bilan ifodalanadi.
Qurol chiqarib tashlagichi va patrondon orqasidagi boshqa qismlari
chuqurchalarining joylashishi va o‘lchamlariga bog‘liq ravishda orqa
305
qism qirralarining va ulardan gilza qalpoqchasi oldingi
qismida qolgan
izlarning quyidagi turlari ajratiladi:
1–shakl. Chiqarib tashlagich uchun chuqurcha o‘ngda joylashgan.
Patrondon orqa kesimining aksi uzluksiz, gilza qalpoqchasi aylanasidan
ozgina kichikroq bo‘ladi. Iz chiqarib tashlagich izining o‘ng tomonidan
boshlanadi. (6,35
mm
Walther «Selbstlade pistol» Mod.5 i Mod.7 va 7,65
mm
Clement Mod. 1909 to‘pponchalari).
58-rasm.
Dostları ilə paylaş: