306
6–shakl. Ikki chuqurcha chap va o‘ng tomonlarda o‘zaro simmetrik
joylashgan, ammo ularning biri boshqasidan kattaroq. Patrondon orqa
kesimining aksi beshinchi shakl bilan o‘xshash, ammo chuqurchaning
quyi o‘ng tomonida unchalik katta bo‘lmagan iz sohasi mavjud (7,65
mm
DWM to‘pponchasi).
7–shakl. Ikki chuqurcha yuqorida, chap va o‘ng tomonda o‘zaro
simmetrik joylashgan. Patrondon orqa kesimining aksi uchta o‘zaro
simmetrik qismlardan iborat. (6,35
mm
Steyr Mod. 1909 to‘pponchasi).
8–shakl. Chiqarib tashlagich uchun chuqurcha yuqori chap tomonda
joylashgan. Patrondon orqa kesimining aksi ikkinchi shakl bilan
o‘xshash, ammo bu iz chiqarib tashlagich izining chap tomonidan
boshlanadi (7,65
mm
Walther «Selbstlade pistol» Mod. 3 va Mod. 4
to‘pponchalari).
Zatvorning quyi qirrasi
gilzaning sirtida va qalpoqchasining
qirrasida, patronni patrondonga jo‘natishda, magazin lablari izlarining
orasida joylashgan va gilza og‘zidan uning tubi tomonga yo‘nalgan egri–
bugri hamda g‘adir–budur izlar qoldiradi. Bu turdagi izlar barqaror
bo‘lmagani uchun unchalik ko‘p ishlatilmaydi. Gilza tubi qirralarining
notekisligi uchun har bir alohida o‘q otishda bu izlar turlicha aks etadi.
Qurol jo‘natgichi (zatvor oldingi kesimining quyi qismi)
gilza
qalpoqchasining qirrasida o‘zaro parallel shilinishlar yoki yoysimon
egri–bugri shakldagi izlar qoldiradi (9
mm
Walther Mod. PPK (Polizei
Pistole Kriminal) to‘pponchasi).
59-rasm.
Dostları ilə paylaş: