313
korroziya izlari va mexanik shikastlanish (ezilish, yoriqlar va
hokazolar)ga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek zatvor chuqurchasiga
ishlov berishning
quyidagi sakkizta turi mavjud: gorizontal, vertikal, chapga og‘ma,
o‘ngga og‘ma, yoysimon, konsentrik (aylanalar shaklida)
va tartibsiz
shtrixli, shuningdek umuman hech qanday shtrixsiz (sayqallangan sirt).
Ta’kidlash joizki, zatvor chuqurchasiga ishlov berish turlari bir xil
namuna, tizim va rusumdagi qurollarda turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqilgan TT rusumli
to‘pponchalar zatvor chuqurchasiga xuddi shundek turlicha ishlov
berilgan. Boyok (urgich) uyachasi mavjud bo‘lgan (brandtrubkali) ov
miltiqlaridan o‘q otilishida, gilza kapsyulida ushbu boyok (urgich)
uyachasining chetlari va ularni kolodka qalqonchasiga mahkamlash
uchun ishlatilgan vintlardan izlar qolishi mumkin.
Zatvorning chuqurchasida uning sirtidan boshqa yana quyidagi iz
hosil qiluvchi qismlar mavjud:
Boyok chuqurchasining chetlari
gilzalarda boyok atrofidagi akslar
ko‘rinishida
izlar qoldiradi;
Boyok chuqurchasining atrofidagi o‘yiq
gilzaning qalpoqchasida
yoki kapsyulida qabariq halqa shaklidagi izlar qoldiradi (6,35
mm
Ortgies Mod. 1903 to‘pponcha);
Boyok chuqurchasidan uzoqlashuvchi konussimon chuqurcha
,
gilzalarda yuqoridagi kabi shaklda qabariq izlar qoldiradi (6,35
mm
Sauer 1920–1923-yil namunali to‘pponcha).
Zatvor chuqurchasidagi vintsimon ariqchalar
gilzalarda vintsimon
shakldagi izlar qoldiradi (6,35
mm
Walther «Selbstlade pistol» Mod. 2
to‘pponchasi).
Zatvor chuqurchasidagi ko‘ndalang yoki bo‘ylama chuqurchalar
gilza kapsyulida qabariq hoshiya shaklida ishlar qoldiradi (6,35
mm
CHylewski to‘pponchasi).
Signal shtifti
gilza qalpoqchasining chetlarida kichik chuqurchalar
shaklida izlar qoldiradi (9
Dostları ilə paylaş: