Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

mm 
Walter Mod. 1938 to‘pponcha); 
Zatvor tutgichi 
gilza qalpoqchasi qirrasida mayda bo‘rtiqchalar 
shaklida izlar qoldiradi. 
AK avtomati, SKS rusumli karabin va boshqa ayrim namunadagi 
o‘qotar qurollarda qurol boyogi izining atrofida boyok uychasining 
halqasimon ishqalanishlar shakliagi izlari ham aks etishi mumkin. Ushbu 
izning ahamiyati unchalik katta emas, faqat ayrim qurollarda bunday 


 314 
izlar individual ahamiyatga ega bo‘lishi va qurolni identifikatsiya qilish 
imkonini berishi mumkin. 
Porox gazlari bosimi xorijda ishlab chiqarilgan ayrim rusumdagi 
to‘pponchalar («Walther R–38», «Walther RRK», «Walther RR» va 
boshqalar)da otilgan gilzaning tubida signal shtifti izlarining hosil 
bo‘lishiga olib keladi. Ushbu iz odatda dumaloq shakldagi ezilishdan 
ibort bo‘lib, ularning identifikatsion ahamiyati unchlik katta emas. 
Kichik kalibrli (TOZ–8, TOZ–8M, TOZ–12 va boshqa) qurollardan 
o‘q otilishida, faqat ushbu qurollarga xos bo‘lgan izlar qoladi. Ushbu 
izlar qurol patrondonida chiqarib tashlagich va gilza ushlagich uchun 
mo‘ljallangan ariqchalarning izlari bo‘lib, ular bir xil hosil bo‘lish 
mexanizmiga ega hamda gilzalarda metallning to‘g‘ri to‘rtburchak yoki 
kvadrat shakldagi shishib qolishiga olib keladi. Bu izlar gilza 
qalpoqchasida joylashadi va ayrim hollarda identifikatsiya uchun 
ishlatilishi mumkin. 
Ayrim turdagi o‘qotar qurollardan otilgan gilzalarda, faqat ushbu 
qurollarga xos bo‘lgan izlar qoladi. Masalan, «PSM – pistolet 
samozaradn
ы
y malokalibern
ы
y» rusumli to‘pponchadan o‘q otilishida, 
otilgan gilzada, qurol qaytargichi uchun ariqchaning izi hosil bo‘lishi 
mumkin (ushbu ariqcha qurol zatvor chuqurchasida joylashadi). Bu iz 
uchburchak shaklda bo‘ladi va gilza kapsyulida, qaytargich izining 
davomi sifatida ko‘rinishi mumkin. Ta’kidlash joizki, ushbu izlar har 
doim ham aks etmaydi va belgilarning identifikatsion majmuasiga ega 
bo‘lmasligi mumkin. 
Otilgan gilzalarda, ba’zi hollarda patrondon izlari aks etishi 
mumkin. Ko‘pincha bu kabi izlar patrondoni yeyilib ketgan qurollardan 
otilishida hosil bo‘ladi. Bu kabi izlar quroldan otish uchun noshtat patron 
ishlatilganda, masalan, 9 
mm 
kalibrli PM to‘pponchasidan 7,62 mm 
kalibrli patronlar otilganida hosil bo‘lishi mumkin. 
Otilgan gilzalarda qo‘lbola qurollar yoki patrondoni egovlangan 
standart qurollardagi patrondonning shakli va mavjud nuqsonlari (metall 
ko‘chishi, shilinishi, yorilishlar va hokazolar) aniq aks etishi mumkin. 
O‘qotar qurollar patrondoni izlarining otilgan gilzalarda hosil 
bo‘lishi gilzani tayyorlashda ishlatilgan materialga bog‘liq bo‘ladi. 
Ushbu material qancha yumshoq bo‘lsa, porox gazlarining bosimi gilzani 
patrondon devorlariga shuncha katta kuch bilan siqadi. Shuning uchun, 
kichik kalibrli o‘qotar qurollarning patrondon izlari otilgan gilzalarda 
yaxshiroq aks etadi. 


 315 
Otilgan gilzalarni patrondon (baraban kamorasi)dan chiqarish va 
quroldan uloqtirib tashlash izlariga 
quyidagilar kiradi: chiqarib 
tashlagich va gilza ushlagichning ikkilamchi izlari; patrondon va 
qaytargichning ikkilamchi izlari; magazin lablarining ikkilamchi izlari; 
zatvordagi chiqish tuynugining izlari. 
Chiqarib tashlagich, qaytargich, signal shtiftlari pazining qirralari 
gilzalarda, qalpoqcha chetlarida joylashgan va ushbu qismlarning aksi 
ko‘rinishida izlar hosil qiladi (5,6 
mm 
Margolin konstruksiyali 
to‘pponcha). 
Qaytargichning turtib chiqqan qirrasi 
patrondonning markaziga 
nisbatan quyidagicha joylashishi mumkin: 
— 
quyi chap tomonda (ko‘plab avtomatik to‘pponchalar); chapda 
(barcha kalibrdagi Bayard Mod. 1908 to‘pponchalar); o‘ngda (kam 
uchraydi); quyi o‘ng tomonda (6,35 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin