Gilzada chiqarib tashlagich izining hosil bo‘lishi:
Iz hosil bo‘lish mexanizmi — chiqarib tashlagich ilmog‘ining gilza
qalpoqchasi, aylana ariqchasi va tubiga ta’sirlashishi.
307
60- rasm.
Zatvorni orqaga tortishda uning quyi qismidan iz hosil
bo‘lishi: Iz hosil bo‘lish mexanizmi — zatvor quyi qismining
gilza sirtida ishqalanishi.
Patronni patrondonga jo‘natish izlari jo‘natgich yoki zatvorning
oldingi sirtidan gilza tubining chetlarida vujudga keladi. Bu jarayonda iz
hosil qiluvchi jo‘natgich va zatvor kabi ikki alohida qism muayyan tizim
va namunadagi o‘qotar qurollar uchun ularning tuzilishidagi zarur
bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Avtomatikasi ozod zatvorning qaytishiga
asoslangan tizimdagi qurollarning ko‘plarida, patronni patrondonga
jo‘natish zatvorning quyi sirti bilan amalga oshiriladi. Ammo ba’zi bir
alohida tizimdagi qurollar patronni patrondonga uzatuvchi zatvorning
maxsus (bir yoki ikkita turtib chiqqan qirralar) alohida qismiga ega.
Patronni uzatishning turli usullari hosil bo‘layotgan izlarda albatta
o‘z aksini topadi. Jumladan, patron jo‘natgich bilan uzatilayotgan bo‘lsa,
u holda gilza tubining chetida ikki — statik va dinamik (ishqalanish)
qismdan iborat iz vujudga keladi. Patronning zatvor bilan uzatilishida esa
faqat dinamik iz vujudga keladi. Izlarning statik qismlari odatda yaxshi
aks etmaydi, ammo ba’zi hollarda ta’sirlashayotgan qismning sirtini to‘la
ifodalashi mumkin. Jo‘natgichdan hosil bo‘luvchi izlarning dinamik
qismlari egri-bugri chiziqlar shaklida bo‘ladi va bu qismning sirtidagi
notekisliklar bilan ta’sirlashish natijasida vujudga keladi.
Qurol chiqarib tashlagichi va gilza ushlagichning birlamchi izlari
muhim ahamiyatga ega. Ushbu izlar chiqarib tashlagich ilmog‘i va gilza
tutgichni gilza qalpog‘ida ishqalanib harakat qilishi natijasida hosil
bo‘ladi hamda ishqalanish (ariqchalar, bo‘rtiqlar) ko‘rinishidagi dinamik
izlar hisoblanadi. Patronni qurol patrondoniga to‘liq kirishida chiqarib
tashlagich ilmog‘i gilzaning qalpoqchasi orqasiga yoki gilzada aylana
ariqcha ichiga o‘tib qoladi.
308
Chiqarib tashlagich va gilza ushlagich
patronni patrondonga
jo‘natishda gilzaning aylanma ariqchasining oldingi chetida va
qalpoqchasining qirrasida egri-bugri chiziqlardan iborat birlamchi izlar
hosil bo‘ladi. Izlarning hosil bo‘lish mexanizmi barqaror. Gilzalarni
patrondondan chiqarib olishda (ekstraksiyalashda) va uni quroldan
tashqariga chiqarib tashlashda (qaytarishda) aylanma ariqchaning
devorlarida va gilza qalpoqchasining chetida chiqarib tashlagich
ilmog‘ining shaklini aks ettiruvchi ikkilamchi statik hajmiy izlar hosil
bo‘ladi. Chiqarib tashlagich ilmog‘ining shakli, o‘lchamlari qurollarning
alohida nusxalarini farqlash imkonini beradi. Bu izlar hosil bo‘lishi
unchalik barqaror bo‘lmagani uchun bir xil turdagi va namunadagi
qurollardan otilgan gilzalardagi izlar bo‘yicha ularni o‘zaro taqqoslash
imkoni yo‘q. Qurollar chiqarib tashlagichlarining miqdori, chiqarib
tashlagich ilmog‘ining patrondon orqa kesimi markaziga nisbatan
joylashishi, ilmoqning shakli va kengligi bo‘yicha tasniflanadi. Ko‘plab
qurollar bitta chiqarib tashlagichga ega. Qurollarning ba’zi rusumlari
umuman chiqarib tashlagichga ega emas (6,35
mm
fransuz cho‘ntak
to‘pponchalari), gilzalarni chiqarib tashlash esa bu qurollarda porox
gazlari energiyasining qaytishi hisobiga amalga oshiriladi. Shuningdek
ikki chiqarib tashlagichga ega namunalar ham uchraydi (6,35
mm
Dreyse
to‘pponchasi).
Patrondon orqa kesimining markaziga nisbatan chiqarib tashlagich
quyidagicha joylashishi mumkin: yuqorida (6,35
mm
TA to‘pponchasi,
7,63
mm
Mauser Mod. 1908 to‘pponchasi); yuqori o‘ngda (6,35
mm
Bro-
wning «Baby», Bayard Modell de Poche 1923 va 1930 to‘pponchalari);
o‘ngda (6,35
mm
Walther «Selbstlade pistol» Mod. 7 to‘pponchasi; 7,65
mm
Sauer Mod. 1913 to‘pponchasi); quyi o‘ngda (9
mm
SP 47/8, Radom
(VIS–35) to‘pponchasi, chapda (kam uchraydi); yuqori chapda (7,65
mm
Walther «Selbstlade pistol» Mod. 3 va Mod. 4, Walther Mod.1938 (P 38)
to‘pponchalari; ikkita chiqarib tashlagich (6,35
mm
Dreyse
to‘pponchasi).
Chiqarib tashlagichning shakli uning ilmog‘i yon qirralarining
uzunligi va ishchi sirtining konfiguratsiyasi bilan aniqlanadi. Chiqarib
tashlagich ilmog‘ining quyidagi asosiy shakllari mavjud: tekis yon qirrali
va chiziqli to‘g‘ri burchakli ishchi sirtli ilmoq (6,35
mm
Walther
«Selbstlade pistol» Mod. 7 to‘pponchasi); bir yon qirrasi boshqasidan
katta va ishchi sirtining chizig‘i to‘g‘ri bo‘lgan terapetsiyasimon ilmoq
309
(6,35
mm
Mauser WTR Mod. II to‘pponchasi); botiq yoysimon ilmoq.
Ilmoq ishchi sirtining chizig‘i yoysimon shaklda (6,35 mm Beretta
to‘pponchasi); ishchi sirt chizig‘i qabariq yoy shaklida bo‘lgan, qabariq
yoysimon ilmoq (6,35
mm
«Jieffeco» (Melior) to‘pponchasi, «Savage»
cal. 38 Mod. 1917 to‘pponcha).
Qurolning guruhiy taalluqliligini aniqlashda izlar ilmoqning shakli
va o‘lchamini aks ettirgani uchun chiqarib tashlagich ilmog‘ining gilza
qalpoqchasi chetida va aylana ariqchaning oldingi chetida hosil bo‘lgan
izlari katta ahamiyatga ega.
Chiqarib tashlagich ilmog‘ining quyidagi shakli mavjud bo‘lishi
mumkin:
birinchi — iz shakli to‘g‘ri burchakli shakldagi chiqarib tashlagich
ilmog‘ining yon qirralari tugash uchlarining zatvor oldingi kesimdan
taxminan bir xil masofada joylashishida vujudga keladi. Izning shakli
segmentsimon (6,35
mm
TK to‘pponchasi, 7,65
mm
Sauer Mod. 38 (H)
to‘pponchasi);
ikkinchi — iz shakli to‘g‘ri burchakli shakldagi chiqarib tashlagich
ilmog‘ining quyi chap yoki o‘ng tomonda joylashishida, ya’ni ilmoqning
yuqori yon qirralari zatvorning oldingi kesimidan ilmoqning quyi yon
qirralariga qaraganda ko‘proq chetlashganda vujudga keladi. Izning
shakli gilzaning otilish vaqtida patrondonda joylashishida, o‘tkir
burchagi pastga qaragan to‘g‘ri burchakli uchburchak shaklli bo‘ladi (9
mm
SP 47/8 to‘pponchasi);
uchinchi — iz shakli to‘g‘ri burchakli shakldagi chiqarib tashlagich
ilmog‘ining yon qirralari yuqori chap yoki o‘ng tomonda, ilmoqning
quyi yon qirralari zatvorning oldingi kesimidan ilmoqning yuqori yon
qirralariga qaraganda ko‘proq chetlashgandagi joylashishida vujudga
keladi.
Izning shakli gilzaning otilishi vaqtida patrondonda joylashishida,
o‘tkir burchagi yuqoriga qaragan to‘g‘ri burchakli uchburchak shaklda
(7,65
mm
Walther Mod. PP to‘pponchasi);
to‘rtinchi — iz shakli to‘g‘ri burchakli shakldagi chiqarib tashlagich
ilmog‘i yon qirralarining tugash uchlari zatvorning oldingi kesimidan
turli masofalarda joylashishida vujudga keladi. Izning shakli to‘g‘ri
burchagi gilzaning chetida joylashgan to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak yoki
terapetsiyasimon shaklda (6,35
mm
Browning «Baby», Walther
«Selbstlade pistol» Mod. 8 to‘pponchalari);
310
beshinchi — iz shakli chiqarib tashlagich ilmog‘ining botiq
yoysimon shaklida hosil bo‘ladi. Iz botiq yoysimon shaklga ega (6,35
mm
«Star» Mod. Co to‘pponchasi, 9
mm
Beretta Mod. 1934
to‘pponchasi);
oltinchi — iz shakli chiqarib tashlagich ilmog‘ining qabariq
yoysimon shaklida hosil bo‘ladi. Iz qabariq yoysimon shaklga ega (7,65
mm
Sauer Mod. 1930 to‘pponcha, «Savage» cal. 38 Mod. 1917
to‘pponcha).
Ushbu izlar barqaror, yaxshi ifodalangan va identifikatsiya uchun
yaroqli bo‘ladi.
O‘q otilishi vaqtida hosil bo‘ladigan izlar
o‘q otish amalga
oshirilganligini tasdiqlaydi va yuqori identifikatsion ahamiyatga ega
bo‘ladi.
Qurol boyogi (urgichi)ning izi otilgan gilzada har doim mavjud
bo‘ladi va o‘qning otilish holatini shubhasiz tasdiqlaydi.
61- rasm.
Dostları ilə paylaş: |