Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. O‘qotar qurollarni otilgan gilzalardagi izlariga ko‘ra



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

2-§. O‘qotar qurollarni otilgan gilzalardagi izlariga ko‘ra 
identifikatsiya qilish metodikasi 
O‘qotar qurollarni otilgan gilzalardagi izlarga qarab identifikatsiya 
qilish maqsadida o‘tkaziladigan kriminalistik ekspertizalarning umumiy 
qoidalari boshqa turdagi kriminalistik ekspertizalarning o‘tkazish 
qoidalariga mos keladi. Yoki boshqacha aytganda, ushbu holda 
o‘tkaziladigan tadqiqotlar kriminalistik ekspertiza tadqiqotlari bosib 
o‘tadigan barcha bosqichlarga ega bo‘ladi: dastlabki tadqiqotlar bosqichi, 
alohida tadqiqotlar bosqichi, taqqoslash tadqiqotlar bosqichi, olingan 
natijalarni baholash (yakuniy xulosalarni shakllantirish) bosqichi va 
yakuniy xulosalarni tugal shakllantirish bosqichi. 
Albatta, tadqiqotlarni bunday bosqichlarga bo‘lish shartlidir. 
Chunki, ko‘pincha, ma’lum bilim, tajriba va xotiraga ega bo‘lgan ekspert 
daliliy ashyolarni oddiygina ko‘zdan kechirishda uning xususiyatlarini 
aniqlab oladi va fikran o‘ziga ma’lum bo‘lgan qurol namunalari, 
jangovar o‘q-dorilar bilan solishtiradi, natijada ekspertning (bir yoki bir 
nechta) tusmol fikri vujudga keladi. Ana shu tusmol fikrlarni ekspert 
o‘zining tadqiqoti davomida tekshirib va isbot qilib beradi. 
Dastlabki tadqiqotlar bosqichida 
ekspertiza o‘tkazish uchun 
materialarni qabul qilganidan keyin ekspert dastavval, tergov organlarini 
qiziqtiruvchi savollarning mazmunini aniqlab oladi. Ekspertiza tayinlash 
haqidagi qarorda savollar turlicha shakllangan bo‘lishi mumkin, lekin 
ularning asl mazmuni quyidagicha bo‘ladi: 
— taqdim etilgan o‘q va gilzalar qaysi rusumdagi quroldan otilgan; 
— taqdim etilgan gilzalar (patronlar) bir quroldan otilganmi 
(chiqarib tashlanganmi); 
— taqdim etilgan gilzalarning (patronlarning) barchasi ushbu 
(berilgan) quroldan otilganmi (chiqarib tashlanganmi). 
Ekspert dastavval taqdim etilgan daliliy ashyolarning haqqoniyligiga 
ishonch hosil qilishi kerak. Obyektlarning haqqoniyligiga ozgina shubha 
tug‘ilganda, ekspertiza tayinlagan shaxsdan qo‘shimcha ma’lumotlar 
talab qilib olinishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 68-
modasiga asosan ekspert o‘tkazilayotgan ekspertiza predmetiga tegishli 
bo‘lgan jinoyat ishi materiallari bilan tanishish huquqiga egadir. Ushbu 
hollarda bunday materiallar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: daliliy 
ashyolarni ko‘zdan kechirish bayonnomasi, daliliy ashyo sifatida jinoyat 
ishiga tikib qo‘yish haqidagi qaror, zarur bo‘lganda esa voqea joyini 


 324 
ko‘zdan kechirish bayonnomasi. Ularda fikr yuritilayotgan buyumlarning 
aniq belgilari yoritilishi zarur. Ikkinchi tomondan, ayblanuvchining u 
yoki bu buyumning jinoiy maqsadlarda foydalanishini ifodalovchi 
harakatlari ekspertiza obyektiga tegishli predmet sifatida baholanmaydi, 
binobarin, bu narsalar ekspertni umuman qiziqtirmasligi kerak va ekspert 
xulosasida umuman ifodalanishi kerak emas. Obyektlarning 
haqqoniyligiga tug‘ilgan shubhalarni bartaraf etishning ahamiyati juda 
kattadir, chunki ekspertizada o‘tkaziladigan tadqiqotlarda daliliy 
ashyolarning xususiyatlari aniqlanadi, agar obyekt mavhum bo‘lsa, 
tadqiqot natijalari ham mavhum bo‘lishi mumkin, ya’ni ishni ochish 
butunlay noto‘g‘ri yo‘ldan ketishi mumkin. Agar daliliy ashyoning 
haqqoniyligiga shubha tug‘ilmasa. u holda obyekt ko‘zdan kechiriladi. 
Ko‘zdan kechirishning birinchi maqsadi, aynan shu buyumning 
aynanligini aniqlovchi belgilar va alomatlarni aniqlashdan iborat. 
Ko‘zdan kechirishning zarurligi yana shuning uchun ham kerakki, bu 
jarayonda ushbu obyektni o‘ziga o‘xshash buyumlardan farqlovchi 
belgilar majmuani aniqlanadi. Bunday belgilarga quyidagilarni kiritish 
mumkin: shakli, o‘lchamlari, rangi, materiali, markirovka belgilari, 
nuqsonlari va hokazolar. Bu jarayonda yana shu narsa zarurki, ekspert 
aniqlagan va e’tibor bergan barcha belgilar nafaqat xulosada yozilishi, 
balki xulosaga ilova qilinadigan fotojadvalda aks etadigan fotosuratga 
ham olinishi kerak. 
Ko‘zdan kechirishning keyingi maqsadi — gilzada qurolning 
muayyan turiga xos bo‘lgan izlarning shakli, o‘lchamlari, o‘zaro 
joylashishini aniqlash uchun uni tekshirishdan iborat. Bu tekshirish kerak 
bo‘lgan hollarda taqdim etilgan qurolga tekshirilayotgan gilzalarning 
mos kelmasligini darhol inkor etish uchun zarur hisoblanadi. Masalan, 
agar tadqiqotga Kalashnikov konstruksiyali avtomat patronlari va 
Makarov konstruksiyali to‘pponcha taqdim etilgan bo‘lsa, bu patronlarni 
ushbu to‘pponchadan otib bo‘lmasligi darhol ayon bo‘ladi; yoki taqdim 
etilgan gilza tubida 9 
mm 
kalibrli «Praga vz. 20» to‘pponchasiga xos 
bo‘lgan va patrondonning orqa kesimi markaziga nisbatan, 
qaytargichning chap va o‘ng tomonlarida o‘zaro simmetrik joylashgan 
izlar bo‘lsa hamda bu gilza bilan umuman bu izlar qoldirmaydigan 9 
mm 
kalibrli Radom «VIS–35» to‘pponchasi taqdim etilgan bo‘lsa, gilzalar bu 
quroldan otilmagan deb inkor etish mumkin.
Ushbu jarayonning mohiyati taqdim etilgan gilzalarni muayyan, aniq 
tor doiradagi qurollarga tegishli ekanligini bildiruvchi, turli rusum va 


 325 
namunadagi qurollarning qism va mexanizmlarining iz hosil bo‘lishining 
xususiyatlarini aniqlash va tahlil etishdan iborat. Buning uchun ekspert 
jangovar o‘q-dorilarning xususiyatlari va turli rusum va namunadagi 
qurollarning gilzalarda iz hosil qilish mexanizmlari haqida hech 
bo‘lmasa umumiy tushunchaga ega bo‘lishi zarur, aks holda ekspert 
bunday imkoniyatdan maxrum bo‘ladi, ya’ni taqqoslash tadqiqotlarini 
o‘tkaza olmaydi. 
Taqdim etilgan gilzalarni tadqiq etishda, bu gilzalar umuman boshqa 
turdagi qurollardan otilganligi ham ma’lum bo‘lib qolishi mumkin. 
Gilzalar sirtidagi yoriqlar yoki shishib qolishlar mavjudligi yoki 
yo‘qligidan, bu gilzalar mos kalibrli quroldan otilganligi aniqlanadi. 
Tadqiqot jarayonida olingan natijalarni, taqdim etilgan qurol haqida 
ma’lumotlar berilgan adabiyotlar yoki boshqa ma’lumotnomalar bilan 
solishtiriladi. Taqqoslash natijalarini baholab, berilgan gilza taqdim 
etilgan quroldan otilgan patronga tegishlimi yoki yo‘qmi ekanligi 
aniqlanadi. 
Gilzalarni ko‘zdan kechirishda kriminalistikada qabul qilingan 
metodlar ishlatiladi: ko‘zdan kechirish, o‘lchash, ta’riflab yozish. Barcha 
hollarda gilzalarni masshtabli suratga olish qoidalari asosida fotosuratga 
olish kerak bo‘ladi, gilzadagi mavjud izlar (markirovka belgilari, 
nuqsonlari va hokazo) esa katta o‘lchamda suratga olinishi kerak. 
Suratga olish qoidalari va shart-sharoitlari ekspert xulosasida ifodalanishi 
lozim, tayyorlangan suratlar esa fotojadvallarga yopishtiriladi va zarur 
bildirish nomalar orqali izoh beriladi, so‘ng ekspert imzosi va muhr bilan 
tasdiqlanadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin