Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Otilgan o‘q va gilzlarning bir patronga



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

4-§. Otilgan o‘q va gilzlarning bir patronga
tegishli ekanligini aniqlash
Tergov organlari amaliyotida, o‘qotar qurollarning jangovar o‘q-
dorilarini identifikatsiya qilishga doir savollar orasida yana zaradning 
alohida qismlarini bir patronga tegishliligi haqidagi savol ham bor. 
Masalan, ba’zi jinoyat ishlari bo‘yicha taqdim etilgan o‘q berilgan gilza 
bilan birgalikda bir patronni tashkil etganmi yoki berilgan o‘q va gilza 
bir jangovar patronning tarkibiy qismlarini tashkil etadimi, degan 
savollardir. 
O‘q va gilzalarni bir patronga tegishliligini aniqlash quyidagi 
hollarda ya’ni: agar olingan o‘qda qurolni identifikatsiya qilish imkonini 
beruvchi izlar yo‘q, ammo qurolni identifikatsiya qilish imkonini 
beruvchi otilgan gilza mavjud hamda bu gilza muayyan quroldan 
otilganligi aniq bo‘lgan hollarda zarur bo‘ladi. Bunda, o‘q va gilzani 
o‘zaro tegishliligini aniqlab, olingan o‘q ham aynan shu quroldan 
otilganligini isbot qilish mumkin. O‘q va gilzalarning o‘zaro 
tegishliligini aniqlashni tekshirish yana otilishlar tartibini aniqlash uchun 
zarur bo‘ladi. Ushbu savolni hal qilishning qator hollari mavjud: 
Agar taqdim etilgan o‘q va gilza turli kalibrda bo‘lsa, albatta o‘q va 
gilzaning o‘zaro tegishliligi haqidagi savol salbiy yechiladi, bu holda 
o‘rinbosar patronlar va qo‘lbola usulda yasalgan patronlar istisno bo‘ladi. 
Ma’lumki jangovar patronda o‘qlar gilzaga turli maxsus qurilmalar 
yordamida mahkamlanadi, bu qurilmalar kernlash yoki turlicha siquv 
orqali amalga oshiriladi. Tabiiyki, agar gilzada kernlash izlari mavjud 
bo‘lsa, o‘qda esa bunday izlar bo‘lmasa, u holda ushbu o‘q berilgan gilza 
bilan hech qachon o‘zaro tegishli bo‘lmagan, ya’ni ilgari bir patronni 
tashkil etmagan. 
Kernlash izlari, kernlash asbobiga bog‘liq ravishda shakliga ko‘ra 
turlicha bo‘lishi mumkin: dumaloq, oval, to‘g‘ri to‘rtburchakli va 
hokazo. 
Kernlash 7,62 
mm 
TT, 7,65 va 8 
mm 
Nambu, 7,63 
mm 
va 7,65 
mm 
Mauser, 9 
mm 
Steyer, to‘pponchalari va 7,62 
mm 
Nagan (Nagant) 
revolveri patronlarini tayyorlashda ishlatiladi. Bundan tashqari, kernlash 
Angliya va Yaponiyada ishlab chiqariladigan vintovka patronlarida ham 
ishlatiladi. 


 343 
Kernlash izlari soni ham turlicha bo‘lishi mumkin, chunki 
kernlovchi asbob gilzani o‘q bilan ikki yoki uch tomondan qisishi 
mumkin. 
Avvalo, berilgan o‘q va gilza bir xil namunadagi patronga tegishlimi 
yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agar o‘q revolverniki, gilza esa vintovkaniki 
bo‘lsa, bunday tadqiqot o‘rinsiz bo‘lardi. Keyin kernlash izlarining soni 
sanaladi, ya’ni o‘q va gilzada ular bir xil miqdordaligi aniqlanadi. Agar o‘q 
va gilzalarda kernlash soni turlicha bo‘lsa, bu o‘q va gilzaning bir patronga 
tegishliligini inkor etadi. Ba’zi hollarda, kernlashda kernlovchi asbob 
yetarlicha chuqur iz qoldirmaganligi uchun, o‘q va gilzalardagi kern izlari 
soni o‘zaro farq qilishi mumkin (bunda gilzadagi izlar soni o‘qdagidan ko‘p 
bo‘lishi mumkin). So‘ng alohida kern izlari orasidagi masofa aylana 
bo‘yicha o‘lchanadi, shuningdek kernlash izidan gilza og‘zining chetigacha 
va o‘q tubining chetigacha bo‘lgan masofalar o‘lchanadi. Bu masofalar 
odatda nafaqat turli namunadagi o‘q va gilzalarda, balki bir xil namunadagi 
o‘q va gilzalarda ham turlicha bo‘ladi. 
O‘lchash o‘q va gilzalarni talk sepilgan plastinada bosib aylantirib 
izlarning nusxasini olish metodida olingan nusxalaridagi aylanasi 
bo‘ylab hamda kernlash izlarini uch–besh marta kattalashtirib 
fotosuratga olib, shu suratlarda ham bajariladi.
Agar farqlar aniqlansa, bu alomatlar o‘qni berilgan gilzaga tegishli 
emasligini bildiradi. Gilzalar juda ko‘p taqdim etilgan va ularning qaysi 
biri berilgan o‘q bilan birga bir patronni tashkil etganligini aniqlash 
kerak bo‘lsa, yuqorida aytilgan metod ulardan ba’zi birlarini chiqarib 
tashlash imkonini beradi. Agar izlarda o‘xshashliklar mavjud bo‘lsa, 
ekspert faqat, ushbu o‘q va gilza bir patronni tashkil etgan bo‘lishi 
mumkin deb aytishi mumkin. 
O‘q va gilzalarni kernlash izlarining gilza og‘zining yoyilgan ichki 
sirtidagi va o‘qning sirtidagi o‘ziga xos xususiyatlar bo‘yicha o‘zaro 
tegishliligini aniqlashning metodikasi mavjud. Bu maqsad uchun izlar 
elementlari juda ko‘p marta kattalashtirib taqqoslash tadqiqotlari o‘tkaziladi. 
Bu kabi tadqiqotlar ba’zi hollarda tekshirilayotgan o‘q va gilzalardagi 
kernlash izlarining o‘zaro o‘xshashliklarini aniqlash imkonini beradi. 
Izlar elementlarida o‘xshashliklar mavjud bo‘lmaganda, hali o‘q 
berilgan gilza bilan o‘zaro tegishli emas deb aytib bo‘lmaydi, chunki 
kernlashning o‘ziga xos xususiyatlari gilzada aks etib, o‘qda aks 
etmasligi mumkin. 
Quyidagi metod esa eng takomillashgan metodlardan biri 
hisoblanadi. Dastavval gilzaning otilish vaqtida patrondondagi holati 


 344 
(chap va o‘ng tomoni, yuqori va quyi qismlari) aniqlanib qayd etilishi 
kerak. Bu zatvor va yana boshqa qismlarning izlari orqali aniqlanishi 
mumkin. Buning uchun gilza qalpoqchasining sxematik chizmasi 
chiziladi, unga qalpoqchadagi izlarning joylashishi va holati aks 
ettiriladi, keyin esa gilza og‘zidagi kernlash izlari ko‘chirib tasvirlanadi. 
Undan keyin aynan shu chizmaga, taqdim etilgan gilza otilgan qurol 
narezlari maydonining holati chiziladi. Buning uchun tekshirilayotgan 
quroldan, maxsus o‘q tutgichga, oldindan gilza og‘zidan o‘qning 
uchigacha cho‘zilgan chiziq tushirilgan patron bilan tajriba o‘q otish 
amalga oshiriladi. Otishdan so‘ng o‘q va gilzalar chizilgan o‘sha 
chiziqning ikkala qismi mos keladigan qilib yig‘iladi. Olingan o‘qda 
narezlar maydonining gilzadagi izlarga nisbatan joylashishini oson 
o‘lchash mumkin va ularni avvalgi chizmaga ko‘chirish mumkin. Endi 
chizma murakkablashgan chizmagan aylanadi. So‘ng boshqa bir 
chizmaga — taqdim etilgan o‘qning ko‘ndalang kesimiga — narezlar 
maydonlari izlari va kernlash izlari tushiriladi. Ushbu chizmani shaffof 
materialda chizish kerak. 
Keyin esa ushbu chizmalarni har ikkala sxemada kernlash izlari 
hamda o‘qdagi narezlar maydoni izlari bilan gilzaning murakkablashgan 
chizmasidagi narezlar izlari o‘zaro mos keladigan qilib ustma-ust 
tushirish qoladi. 
Agar shunday ustma-ust tushirish amalga oshsa, o‘q va gilzaning 
o‘zaro tegishliligini inkor etish mumkin emas. Agar mos kelishlar 
mavjud bo‘lmasa, u holda o‘q va gilza bir patronni tashkil etmagan deb 
ishonch bilan aytish mumkin. 
Agar tadqiqotga bir necha gilza va bir dona o‘q keltirilgan bo‘lib, 
gilzalar o‘q otilgan quroldan otilganligi ma’lum bo‘lsa, u holda yuqorida 
aytilgan usulda boshqa barcha gilzalarni tushirib qoldirib, faqat bir 
gilzani qoldirish va bu gilza berilgan o‘q bilan bir patronga tegishli deb 
ta’kidlash mumkin. 
Ushbu metod o‘qlarni va gilzalarni bir patronga tegishliligini 
aniqlash bilan birga, o‘q qobig‘idagi qaysi iz qurol narezlar maydonining 
qaysi biriga tegishli ekanligini ham aniqlash mumkin. Buning uchun 
narezlar raqamlanadi. Eng yuqorida turgan narez birinchi deb 
raqamlanadi, uning o‘ng tomonida turgani ikkinchi va shu holda soat 
millari yo‘nalishidagi narezlar barchasi raqamlanadi. O‘q va gilzalarni 
bir patronga tegishliligini aniqlash uchun aniq ifodalangan aylanma 
siquv izlarini ham ishlatish tavsiya etiladi.


 345 
Patron tayyorlash jarayonida, gilza og‘zini berkitishda, gilza og‘zi 
chetlarining ichki sirtining relyefi, o‘q qobig‘ida ezilgan halqasimon iz 
shaklida aniq ifodalanadi. Ba’zi hollarda bu iz o‘q va gilzani bir patronga 
tegishliligini aniqlash imkonini beruvchi yetarli darajadagi xusu-
siyatlarga ega bo‘ladi.
O‘qdagi aylana halqada joylashgan bu izlar, stvol kanali izlari bilan 
qoplanib yo‘qolib ketmaydi, hech bo‘lmasa qisman saqlanib qoladi. Bu 
izlar otilishdan keyin ham o‘q va gilzani bir patronga tegishliligini 
aniqlash imkonini beradi.
Ekspertiza metodikasi o‘qni shamli kompozitsiyaga bosib aylantirib 
iz nusxasini olish, olingan plastinkaning kesish va yoyish metodikasiga 
aynan bo‘ladi. Keyin bu plastinkaning ichki sirtining relyefi va o‘qning 
bosib aylantirib iz nusxasini olishning izlari bir xil kattalashtirib va bir 
xil yorug‘likda fotosuratga olinadi.
Fototasvirlarni tayyorlashda gilzadagi izlarning o‘lchami salgina 
kichraytiriladi, chunki otish vaqtida ular biroz cho‘zilishi mumkin. O‘q 
va gilzalardagi izlarning olingan fototasvirlari bir-biriga yaqin qilib 
yelimlanadi va izlardagi mos kelgan elementlar belgilanadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin