Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Kichik kalibrli PSM rusumli to‘ponchadan otilgan gilzalardagi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Kichik kalibrli PSM rusumli to‘ponchadan otilgan gilzalardagi 
zatvor chuqurchasi izlarini taqqoslovchi mikroskop yordamida 
solishtirish. 
 
 
67–rasm. 
Boyok (urgich) izlarini solishtirish. 
 
 
 
68-rasm.
Tulskiy–Tokareva (TT) to‘pponchasidan otilgan gilzalardagi 
qaytargich izlarini solishtirish. 


 335 
Taqqoslovchi mikroskoplar bo‘lmaganda, izlarni tekshirishni boshqa 
(masalan, binokulyar) turli mikroskoplar yordamida ham amalga oshirish 
mumkin. Taqdim etilgan gilzalardagi aniqlangan izlar tajribadan olingan 
gilzalardagi izlar bilan solishtiriladi, ya’ni ular orasidagi mosliklar, 
o‘xshashliklar, aynanliklarni yoki ba’zi bir yoxud to‘liq farqlarini 
aniqlash uchun taqdim etilgan gilzalarda, tajribadan olingan gilzalarning 
barchasi uchun umumiy bo‘lgan, ularning barchasida birdek takrorlangan 
izlar izlanadi. Agar birorta o‘xshashlik aniqlangan bo‘lsa, mikroskopning 
kattalashtirilishi kuchaytirilib, relyefining elementlari va konturlari aniq 
ifodalangan mos izlarni solishtirish davom ettiriladi. Keyingi 
solishtirishlar uchun FMN–2 qurilmasidan foydalangan ma’qul. Bu 
qurilma obyektivining fokus masofasi 100
 mm 
bo‘lib, unda izlarni 
fotosuratga olish mumkin. Mikroskop stolchasiga tajribadan olingan va 
taqdim etilgan gilzalar o‘rnatiladi, ularni bir xil izlari bo‘yicha 
oriyentirlanadi. Izlarni nuqtaviy yoritqich yordamida yoritiladi. Yoritqich 
avval maksimal diafragmada bo‘lishi kerak. Diafragma ochiq bo‘lganda 
gilzalar to‘laligicha va bir tekis yoritilgan bo‘ladi. Aniq mos kelgan izlari 
bo‘lgan gilzalarning tublari bir fototasma yoki fotoplastinaga fotosuratga 
olinadi. Agar gilzalar tubida maxsus lak mavjud bo‘lsa, atsetonda 
namlangan paxta yordamida artib yuvib tashlash kerak. Gilzalarning tubi 
va sirtini alohida suratga olish mumkin, lekin suratga olish sharoitlarini 
o‘zgartirmaslik lozim. Olingan fotosuratlarni solishtirilayotgan izlarni 
taqqoslash va ustma-ust tushirish, shuningdek fotojadvalga ilova qilish 
uchun ishlatiladi. Bu suratlar bir xil masshtabda ishlab chiqarilishi 
darkor. 
Mos kelgan izlar yoki ular elementlarining ko‘rsatkichli va raqamli 
nuqtalari 

reperlar bilan qayd etiladi. Bu ko‘rsatkichlar (strelkalar) 
kesishmasligi kerak, raqamlarni esa soat millari yo‘nalishi bo‘yicha tartib 
bilan joylashtirish kerak. Mos kelgan izlarni ustma-ust tushirish uchun 
suratlar orqali ustma-ust tushirish usulidan ham foydalanish mumkin. 
Fotosuratlar orqali ustma-ust tushirish
. Ikkita bir xil izni ustma-ust 
tushirish uchun, bitta tajribadan olingan gilza tubining ikkita fotosurati 
olinadi, ularda iloji boricha ko‘proq izlar va ularning elementlarini kesib 
o‘tuvchi egri siniq chiziq aniqlanadi va ana shu siniq chiziq bo‘yicha 
qirqiladi. So‘ng birinchi suratning bir qismini ikkinchi tajribadan olingan 
gilza tubining iziga kesish chizig‘idagi izlar va elementlar mos 
tushadigan qilib qo‘yiladi, ikkinchi suratning xuddi shunday qismini esa 
taqdim etilgan gilza tubining iziga kesish chizig‘idagi izlar va elementlar 


 336 
mos tushadigan qilib surati ustiga qo‘yiladi. Ustma-ust tushirilgan 
applikatsiyalarni mahkamlab (masalan, skrepkalar yoki yelim 
yordamida) fotojadvalga joylashtirish mumkin. Bu jarayonda 
fotsuratlarning masshtablari bir xil bo‘lishi katta ahamiyatga egadir.
Izlarning relyeflari xarakteristikalarini o‘rganish va ularni 
solishtirish uchun profillarni tadqiq etishning optik, fotoelektrik yoki 
shupli metodlari qo‘llaniladi. Bulardan eng ko‘p ishlatiladigani replika 
— deb ataluvchi izlarning polimer nusxalari ko‘ndalang kesimining 
optik tadqiqotidir. Izlarning nusxalarini K-5 silikon pastasini 18-sonli 
kaprilat katalizatori bilan aralashmasidan tayyorlash mumkin. Izlarni 
yonbosh nusxalarini olish uchun tayyorlangan aralashmali moddani, 
undagi izlarning chiziqli elementlariga perpendikular yo‘nalishda o‘tkir 
kesuvchi buyum bilan kesiladi. Kesib olingan qatlamning qalinligi 0,3 — 
0,6 
mm 
bo‘lishi kerak. Qatlamni bir kesilgan tomoni bilan fiksaj bilan 
ishlov berilgan fotoplastinkaning nam emulsiyasiga qo‘yiladi va 
yelimlanadi. Solishtirilayotgan izlarning nusxalarini kesib olingan 
qatlamlarini taqqoslovchi mikroskoplar yordamida tekshiriladi. Kesib 
olingan qatlamlarning optik yoki fotografik tasvirlarida alohida 
notekisliklar va ular orasidagi masofalarni solishtirish va taqqoslash 
mumkin. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin