Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Olingan natijalarni baholash (yakuniy xulosalarni shakllantrish). 
Yakuniy xulosalarni shakllantirish butun tadqiqot davomida olib 
boriladi. Ekspert ekspertizaga taqdim etilgan obyektlarni ko‘zdan 
kechirish jarayonida ulardagi belgilarni qayd qilib borar ekan, 
gilzalarning muayyan turiga tegishli bo‘lgan yoki tegishli bo‘lmagan 
guruhlari bilan fikran solishtirib boradi va keraksizlarini ishlatmaydi. Bu 
jarayonning o‘zi qandaydir ma’noda yakuniy xulosalarni shakllantirish 
va natijalarni baholashning boshlanishi hisoblanadi. Keyin esa 
tekshirilayotgan obyektning ifodalovchi belgilari va boshqa xossalarini 
aniqlash jarayonida fikran izlanayotgan obyektlar va xossalar doirasi 
torayadi va ekspert o‘zining diqqatini endi tekshirilayotgan obyekt 
tegishli bo‘lgan obyektlar va xossalarning tor guruhiga qaratadi. 
Tekshirilayotgan obyektning ifodalovchi belgilari majmuasini shunday 
belgilarga ega bo‘lgan buyumlar guruhiga mos holdagi xususiyatlar bilan 
solishtirishda yakuniy xulosalarning yanada aniqlashtirish bo‘ladi, ya’ni 
ekspertning dastlabki tusmollari isbotlanadi yoki inkor etiladi. Agar 
tusmollar inkor etilsa, ekspert o‘z xulosalarini yana bir bor aniqlashtirib 
oladi. Agar tusmollar isbotlansa, u holda tekshirilayotgan obyektni 


 337 
mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra ishlatish imkoniyatini tekshiradi. 
Yakuniy xulosalarni bu tariqa shakllantirish asosan qo‘lbola usulda 
yasalgan buyumlarga, nuqsonli buyumlarga tegishlidir. 
Ekspertning fikrlari shakllanishiga asos bo‘ladigan belgilar, bu 
birinchi navbatda, buyumni xarakterlovchi belgilardir. Tekshirilayotgan 
obyektlarga va ekspertizada hal etilayotgan masalalarga bog‘liq ravishda 
bu belgilarning nomi va miqdori turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, 
tekshirilayotgan gilza 7,62 
mm 
kalibrli 1930/33-yil namunali TT 
to‘pponchasi patroniga tegishli deb xulosa chiqarish uchun, gilzaning 
shakli, o‘lchamlari, materiali, markirovka belgilari kabi belgilar yetarli 
bo‘ladi. Ammo berilgan gilza aynan qanday quroldan otilganligini 
aniqlash uchun yuqoridagi belgilar umuman yetarli emas. Buning uchun 
o‘z tarkibiga qurol qismi va mexanizmlarining izlarini, nuqsonlarni 
oluvchi belgilar majmuasini tahlil etish kerak. To‘g‘ri yakuniy xulosani 
shakllantirish uchun birgina alohida belgini emas, balki muayyan 
namunadagi qurolga mos bo‘lgan belgilar majmuani ishlatish kerak 
bo‘ladi. Masalan, qurolning markirovka belgilari uning tayyorlangan 
zavodi va yili haqida ma’lumot bersa, gilza qalpoqchasidagi qaytargich 
va chiqarib tashlagich ilmog‘i izlarining o‘zaro joylashishi ba’zi hollarda 
qurolning rusumini aniqlash imkonini beradi. 
Bundan tashqari, yakuniy xulosalar shakliga ko‘ra ham ajraladi. Bu 
nuqtai nazardan, barcha kriminalistik ekspertizalarda bo‘lgani kabi, 
yakuniy xulosalar ijobiy va salbiy yakuniy xulosalarga ajraladi. Albatta 
ularning har biri yetarli darajada asoslangan bo‘lishi kerak. 
Ekspertning yakuniy xulosasi xulosaning isbot qiluvchi asosiy qismi 
bo‘lib hisoblanadi. Yakuniy xulosaga qo‘yiladigan asosiy talablar 

ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarga to‘la javob berishi kerakligidan 
iborat. Ekspert xulosasining isbot qiluvchi ahamiyati yakuniy xulosada 
ko‘rsatilgan fikrlarda, ularning turi va ko‘rinishida ifodalanadi. Sud 
isbotlariga qo‘yiladigan umumiy talablardan va sud bilimlarining 
maxsusligidan kelib chiqib (har bir ish bo‘yicha u yoki bu obyektni unga 
o‘xshash obyektlar orasidan ajratish va alohidalashtirish zarurligi, sodir 
etilgan jinoyatning barcha sharoitlarini aniq tiklashning majburiyligi va 
hokazo), yakuniy xulosalarni tayyorlash va shakllantirishda fikrlash iloji 
boricha aniq, lo‘nda, ixchamroq bo‘lishiga, o‘tkazilgan tadqiqotlar 
natijalari to‘la va aniq ifodalashga intilish kerak. Yuqorida aytilganlar 
yakuniy xulosani, ekspert xulosasini tergovchi, sud yoki jinoyat 
protsessining boshqa ishtirokchilarining to‘laligicha tushunishi yoki 
baholashini osonlashtiradi. Ekspertning o‘z fikrlari to‘g‘riligiga 


 338 
ishonganlik darajasi, tekshirish obyektlari orasidagi bog‘liqliklik, 
isbotlanganligi, asoslanganligiga bog‘liq ravishda ekspertning yakuniy 
xulosasi qat’iy va ehtimoliy yakuniy xulosalarga bo‘linadi. Bu yakuniy 
xulosalar sifatiga ko‘ra tasdiq ma’nosidagi va inkor ma’nosidagi 
xulosalarga, mazmuniga ko‘ra — borliq haqida fikrlar ko‘rinishida va 
imkoniyatlar haqida fikrlar ko‘rinishida shakllangan bo‘lishi mumkin. 
Ekspert yakuniy xulosalari mantiqiy bog‘liqlik mavjudligiga (yo‘qligiga) 
ko‘ra oddiy yoki murakkab fikrlash ko‘rinishida ifodalanadi. Birinchi 
turdagi yakuniy xulosalarga shartli-qat’iy va istisno-muqobil yakuniy 
xulosalar kiradi. Shartli fikr yuritish — bu shunday fikr yuritishi, unda u 
yoki bu hodisani birorta shart-sharoitga bog‘liqligi aks ettiriladi. Muqobil 
fikr yuritishda esa fikrlashda ko‘rsatilgan belgilar qatoridan, berilgan 
buyumga qaysi biri mosligi (mos emasligi) ifodalanadi. Ekspert 
tomonidan u yoki bu shakldagi yakuniy xulosalarning tanlab olinishi, 
obyektlarni bilish darajasi bilangina emas, balki ekspert tadqiqotlari turi 
hamda qo‘yilgan savollarni qay darajada tahlil qilinganligiga ham 
bog‘liq bo‘ladi.
Ijobiy qat’iy yakuniy xulosa chiqarilganda yakuniy xulosani 
quyidagicha yozish mumkin:
1. Ekspertizaga taqdim etilgan gilza 12 kalibrli ov miltig‘idan otish 
uchun mo‘ljallangan 12 kalibrli ov patronining tarkibiy qismidir (qismi 
bo‘lib hisoblanadi).
2. Ekspertizaga taqdim etilgan gilza 6,35 
mm 
kalibrli «Astra», 
Bayard Modell de Poche 1908, Beretta Mod. 950B, Browning va boshqa 
avtomat to‘pponchalardan otishga mo‘ljallangan 1906-yil namunali 6,35 
mm 
kalibrli Browning patronining tarkibiy qismidir (qismi bo‘lib 
hisoblanadi). 
3. Tadqiqotga fuqaro T.ning o‘ldirilishi fakti bo‘yicha taqdim etilgan 
ikki dona gilza va fuqaro O.ga og‘ir tan jarohatlari yetkazilishi fakti 
bo‘yicha taqdim etilgan bir dona gilza, fuqaro A.dan olingan 

8634526–sonli IJ–27YE rusumli 12 kalibrli silliq stvolli ov miltig‘idan 
yasalgan qirqma miltiqdan otilgan. 
4. ...fuqaro K.ning murdasi topilgan ....... joydan olingan gilza, 

.... 
– raqamli 9 
mm 
kalibrli Makarov konstruksiyali (PM) to‘pponchasidan 
otilgan. 
Salbiy qat’iy yakuniy xulosa esa quyidagicha ifodalanishi mumkin: 
1. Tadqiqotga fuqaro T.ning o‘ldirilishi fakti bo‘yicha taqdim etilgan 
ikki dona gilza va fuqaro O.ga og‘ir tan jarohati yetkazilishi fakti 
bo‘yicha taqdim etilgan bir dona gilza, fuqaro A.dan olingan 

8634526-


 339 
sonli IJ–27YE rusumli, 12 kalibrli silliq stvolli ov miltig‘idan yasalgan 
qirqma miltiqdan otilmagan. 
2. ...fuqaro K.ning murdasi topilgan ....... joydan olingan gilza, 

....–sonli 9 
mm 
kalibrli Makarov konstruksiyali (PM) to‘pponchasidan 
otilgan. 
3. Ekspertizaga taqdim etilgan gilzani, uning sirti kuchli zanglagani 
sababli, 9 mm kalibrli 

......–sonli Makarov konstruksiyali (PM) 
to‘pponchasidan otilgan–otilmaganligini aniqlashning imkoni bo‘lmadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin