Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


 mm kalibrli R–08 rusumli to‘pponchadan otilgan 7,62 mm



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

9 mm kalibrli R–08 rusumli to‘pponchadan otilgan 7,62 mm 
kalibrli Tulskiy–Tokareva (TT) to‘pponchasi patronining gilzasi. 


 327 
Gilzaning aniq o‘lchanishi kerak bo‘lgan kattaliklari quyidagilar: 
ichki va tashqi diametrlari, gilzaning umumiy uzunligi va uning 
qalpoqchasining diametri. Gilzaning uzunligi patronning barqaror 
belgilaridan biri hisoblanadi, chunki o‘q otilishida gilzaning bo‘ylama 
yo‘nalishi bo‘yicha deformatsiya va o‘zgarishlar yuz bermaydi. 
O‘lchamlardagi chetlashishlar yetarlicha cheklangan va shuning uchun 
ushbu belgi patronning turi va namunasini aniqlashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Gilzning tubi deformatsiyaga uchramaydi, shu bois uning 
diametrini ham o‘lchash shart hisoblanadi. 
To‘pponchalar, oraliq va ayrim vintovkalar patronlari gilzalarida 
aylana ariqchalar mavjud bo‘ladi. Ko‘plab ov miltiqlari va 
revolverlarning patronlari hamda kichik kalibrli patronlarda esa 
qalpoqchalar bo‘ladi. 
Gilzalar va kapsyullarining materiali, uning rangi va magnit 
xossalariga ko‘ra aniqlanadi. Rossiya Federaiyasida ishlab chiqarilgan 
5,45, 7,62 va 9 
mm 
kalibrli patronlarning gilzalari po‘latdan tayyorlanadi 
hamda tompak (mis va ruxning aralashmasi), jez yoki temir bilan 
qoplanadi, ularning ustidan esa lak surtiladi. Boshqa xorijiy davlatlarda 
ishlab chiqarilgan ko‘plab to‘pponcha patronlarining gilzalari jezdan 
tayyorlanadi. Kichik kalibrli patronlarning gilzalari jez, mis, tompak va 
temirdan; miltiq patronlari esa — jez, qog‘oz (karton) yoki 
plastmassadan tayyorlanadi. 
Ko‘plab o‘qotar qurollar patronlarining gilzalaridagi markirovka 
belgilari gilzaning tubida joylashadi. Ov patronlarida esa markirovka 
belgilari gilzlarning korpusi sirtida ham joylashishi mumkin. Markirovka 
belgilari gilzani ishlab chiqargan davlat yoki korxona (firma), ishlab 
chiqarilgan sanasi, kalibri, gilza korpusi va o‘q qobig‘ining materiali, 
patronning partiyasi va hokazolar bo‘yicha ma’lumotlar berishi mumkin. 
Ushbu ma’lumotlar patronning turi va namunasi, shuningdek ushbu 
patronlarni otish uchun mo‘ljallangan qurolning kalibrini aniqlashga 
xizmat qiladi. 
Gilzaning aniqlangan tuzilishi xususiyatlari va markirovka belgilari 
maxsus adabiyotlarda mavjud ma’lumotlar bilan solishtiriladi. Bu kabi 
solishtirish ekspertga, tekshirilayotgan gilzaning aniq bir turdagi va 
namunadagi patronga tegishli ekanligini aniqlashga imkon beradi. 
Ta’kidlash joizki, gilzaning belgilariga ko‘ra patronning turi va 
namunasini aniqlash, ushbu patronni otishda ishlatilgan o‘qotar qurolning 
rusumi, namunasi va tizimini aniqlash uchun yetarli bo‘lmaydi. Chunki, 


 328 
ko‘plab bir tur, rusum va namunadagi patronlar, ularga mos kalibrli bir 
qator o‘qotar qurollar uchun shtatli patron hisoblanishi mumkin. Undan 
tashqari, patronlar boshqa tur, rusum, tizim, namunadagi va hatto boshqa 
kalibrli qurollardan ham otilishi mumkin. 
Tekshirilayotgan gilza tegishli bo‘lgan patron otilgan o‘qotar 
qurolning tizimi, rusumi va namunasini aniq bilish uchun gilzada 
qurolning turli qism va mexanizmlaridan qolgan izlarni o‘rganish zarur. 
Ushbu maqsadda quyidagilar o‘rganiladi: 

boyok (urgich) izi (o‘lchamlari, shakli va joylashishi);

qaytargich izi (shakli va joylashishi); 

chiqarib tashlagich ilmog‘i izi (o‘lchamlari, shakli, joylashishi);

zatvor chuqurchasi yoki kolodka qalqonchasining izi (sirtining 
relyefi, shuningdek boyok (urgich) uyachasi (brandtrubka)ning izi); 

qurol patrondoni orqa kesimi, jo‘natgich, signal shtifti, magazin 
lablari, boyok (urgich) uyasi, qurol stvolidagi chiqarib tashlagich va gilza 
ushlagichlar uchun mo‘ljallangan ariqchalar, zatvor yoki stvol qutisidagi 
chiqish tuynugining izlari (shakli, joylashishi). 
Har bir iz alohida o‘rganiladi, so‘ng ushbu izlarning o‘zaro 
joylashishini inobatga olgan holda ularning majmuasi o‘rganiladi. Har 
bir izning alohida o‘lchamlari va ular orasidagi masofalar o‘lchanadi. Bu 
holda qurolning ayrim qismlari gilzalarda bitta emas, ikkita: birlamchi va 
ikkilamchi iz qoldirishini yodda tutish lozim. 
Gilzadagi izlarni tadqiq qilishda, ushbu izlarning sxematik 
chizmasini tayyorlash 

gilza korpusi va tubining sxematik suratida 
barcha izlarni tasvirlash mumkin. Suratlarda tegishli o‘lchamlarga rioya 
qilingan holda izlarning shakli va joylashishi qayd etiladi.
Izlarning majmuasi o‘rganilganidan va ularning yuqoridagi kabi 
ishlanmalari tayyorlanganidan so‘ng maxsus adabiyotlarda berilgan turli 
o‘qotar qurollar mos belgilar bo‘yicha ma’lumotlar bilan solishtiriladi. 
Tadqiqotga taqdim etilgan gilzadagi izlarni, sud ballistikasiga oid 
adabiyotlarda jamlangan turli o‘qotar qurollarning belgilari bo‘yicha 
ma’lumotlar bilan solishtirish, ushbu gilza otilgan o‘qotar qurolning 
tizimi, rusumi, namunasi yoki guruhiy taalluqliligi (guruhi) haqida 
xulosa qilishga imkon yaratadi. Buning uchun o‘zaro taqqoslanayotgan 
izlar majmuasining o‘zaro o‘xshashligi, birinchi navbatda qaytargich, 
chiqarib tashlagich ilmog‘i va zatvor chuqurchasi izlarining, kichik 
kalibrli (halqasimon jang) qurollari uchun qo‘shimcha boyok (urgich) 
izlarining o‘zaro o‘xshashligi asos bo‘ladi. 


 329 
Ta’kidlash joizki, gilzalarda chiqarib tashlagich va qaytagichning 
ikkilangan izlari, ya’ni patronni bir necha marta patrondonga jo‘natish 
yoki quroldan chiqarib tashlash izlari hosil bo‘lishi mumkin. 
Gilzalar va ulardagi izlarning xususiyatlarini o‘rganishda o‘q otishda 
noshtat patronlar ishlatilishi mumkinligini ham esdan chiqarmaslik 
darkor. Noshtat patronlarni ishlatish imkoniyatlari juda ko‘p va xilma-
xil. Masalan, 1896, 1902, 1908, 1924-yil namunali Mauser
 
va Astra 900 
rusumli to‘pponchalardan TT to‘pponchasining patronlari, TT to‘p-
ponchasidan otish uchun esa 

PM to‘pponchasining patronlari ishlatilishi 
mumkin. 
Yuqoridagilardan so‘ng, gilzalarda aks etgan izlarning mikrorelyefi 
tekshiriladi. Mikroskopik tadqiqotlar orqali gilzada qurolning turli 
qismlaridan qolgan izlarning ifodalanganlik darajasi, ushbu izlarning 
individualligi va identifikatsion ahamiyati aniqlanadi. Izlarda 
ifodalangan xususiy belgilar asosida ushbu gilzani otishda qo‘llanilgan 
o‘qotar qurolni, boshqa, ushbu qurol bilan yagona tizim, rusum va 
namunadagi qurollardan farqlovchi xususiyatlari aniqlanadi. Boshqacha 
aytganda, o‘rganilayotgan izlarning identifikatsiya uchun yaroqliligi 
haqidagi masala hal etiladi. 
Taqdim etilgan gilzalar va ularda qurolning qismlaridan qolgan 
izlarni tadqiqotlaridan so‘ng, tadqiqotga taqdim etilgan qurolning 
tadqiqotlari boshlanadi. O‘qotar qurolni tadqiq qilish metodikasi oldingi 
paragraflarda yoritilgan. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin