Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

º S

bilan havo harorati (45
ºS 
gacha) orasidagi farq katta bo‘lganligi uchun 
porox gazlari qurol stvoli og‘zidan tashqariga chiqishida «o‘q 
otilishining ovozi» hosil bo‘ladi. 
Porox gazlarining oqimi stvol kanalidagi o‘qdan oldinda turgan havo 
ustuni hamda porox gazlarining asosiy qismi bilan hosil qilinadigan, 
ikkita aniq ifodalangan impulsli oqimlar bilan shakllanadi. Porox gazlari 
oqimining shakli aylanish harakatining ellipsoidga o‘xshagan bo‘ladi va 
keyinchalik (qurol stvoli kanali og‘zi sohasida) konussimon shaklni 
oladi. 
Porox gazlari dastlab snaryad tezligidan kattaroq tezlikka ega 
bo‘ladi va uni quvib o‘tib ketadi. Birmuncha vaqt oralig‘ida otilgan 
snaryad gaz buluti ortida harakat qiladi, keyin esa gaz buluti va zarb 
to‘lqinlarini ham quvib o‘tadi. Maxsus adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, 


 348 
ushbu jarayon qurol stvoli kanali og‘zi kesimidan 20 

30 
sm 
masofada 
yuz beradi
1

Quroldan otilgan snaryad, qurol stvoli kanalidan chiqqanidan so‘ng 
o‘z harakatini muayyan trayektoriya bo‘ylab amalga oshiradi. Bunda 
ushbu trayektoriyaning shakli o‘qning uchish masofasiga bog‘liq 
ravishda turlicha bo‘ladi. Qisqa (50 
sm 
gacha) masofalarda ushbu 
trayektoriya to‘g‘ri bo‘ladi (ravon, yer bag‘ilab ketgan trayektoriya), 
uzoq masofalarda esa — yoysimon bo‘ladi. Uzoq masofadan otilgan 
snaryadning havodagi uchish trayektoriyasi quyidagi asosiy 
elementlardan iborat: 
— uchish nuqtasi yoki uchib chiqish nuqtasi — stvol og‘zi 
kesimining markazi;
— qurol gorizonti — qurolning stvoli markazidan o‘tuvchi 
gorizontal tekislik;
— ko‘tarilish chizig‘i — o‘q otilishidan oldin, qurol stvoli 
kanalining davomi bo‘lgan to‘g‘ri chiziq;
— tashlash chizig‘i — o‘q otilishi vaqtida, qurol stvoli kanalining 
davomi bo‘lgan to‘g‘ri chiziq;
— tashlash burchagi — tashlash chizig‘i va qurol gorizonti orasidagi 
burchak;
— uchrashish nuqtasi — trayektoriyaning to‘siq sirti bilan kesishish 
nuqtasi;
— tushish nuqtasi — trayektoriyaning qurol gorizonti bilan 
kesishish nuqtasi;
— uchrashish burchagi — trayektoriyaga o‘tkazilgan urinma bilan 
to‘siq sirtiga o‘tkazilgan urinma orasidagi burchak (uchrashish burchagi 
sifatida eng kichik burchak olinadi);
— tushish burchagi — trayektoriyaga o‘tkazilgan urinma bilan 
gorizont chizig‘i orasidagi burchak;
— gorizontal uzoqlik — uchish nuqtasidan nishongacha bo‘lgan 
masofaning qurol gorizontida joylashgan qismi;
— trayektoriyaning tushuvchi shoxi — trayektoriyaning eng yuqori 
nuqtasidan o‘qning tushish nuqtasigacha bo‘lgan masofa. 
Narezli quroldan otilishida snaryad o‘zining uchish trayektoriyasi 
bo‘ylab ilgarilama (kiruvchi) harakatidan boshqa, yana aylanma harakat 
ham qiladi. Bunda quroldagi narezlarning yo‘nalishiga bog‘liq ravishda, 
1
Qarang: 
Попов
 
В
.
Л
., 
Шигеев
 
В
.
Б
., 
Кузнецов
 
Л
.
Е
.
Судебно

медицинская
баллистика
.– 
СПб
., 2002. — 
С
.54.


 349 
snaryad o‘ngga yoki chapga, qurolning bir qator texnik–taktik 
xususiyatlari (masalan, snaryadning boshlang‘ich tezligi, narezlarning 
og‘ish burchagi va hokazolar)ga bog‘lq bo‘lgan tezlik bilan aylanadi. 
Snaryadning bosh qismi trayektoriyada aylanma harakat qiladi 
(
pretsessiya
), uning bo‘ylama o‘qi esa — tebranma (
nutatsiya
) harakat 
qiladi. Snaryaddan keyin havoda, bosimi pasaygan soha vujudga keladi 
va bu sohada porox gazlari oqimining snaryad o‘zi bilan olib ketadigan 
tarkibiy qismlari joylashadi. 
Porox gazlari oqimining tarkibi murakkab va ko‘p tarkibli 
aralashmadan iborat bo‘ladi. Uning tabiati o‘q otilish hodisalarining 
yuqorida ta’kidlangan alohida sharoitlari — porox gazlarining yuqori 
harorati, snaryadning ortiqcha bosim sharoitida qurol stvoli kanali 
devorlari bilan o‘zaro ta’siri va hokazolar bilan ifodalanadi. 
Quroldan o‘q otilishida qurol stvoli kanalidan tashqariga, porox 
gazlari oqimi tarkibida yonmagan va chala yongan porox donalari yoki 
ularning parchalari, shlaksimon mahsulotlar va uglerod ko‘rinishidagi 
kul qoldiqlari chiqib ketadi. Undan tashqari, yuqorida ta’kidlangan 
uglerodning qo‘shimcha miqdori porox gazlari oqimi tarkibiga qurol 
moyi, ulardagi germetik laklarning to‘liq yoki qisman yonishi natijasida 
ham kirib qoladi. 
Gilzadan o‘qning chiqib ketishi jarayonida, porox gazlarining 
ta’sirida o‘zaro aloqada bo‘lgan qurol stvoli kanali, gilza va o‘qlarning 
sirti o‘z metallining juda yupqa qatlami (mikrozarralari)ni yo‘qotadi. 
bunda metallning mikrozarralari porox gazlari oqimi bilan, shuningdek 
otilgan o‘q bilan birgalikda qurol stvoli kanalidan tashqariga olib 
chiqiladi. Bu metall zarralarining bir qismi yuqori harorat ta’sirida 
o‘zgarishga uchraydi va qurol stvoli kanalini oksidlar ko‘rinishida tark 
etadi. Ancha yirik metall zarralari qurol stvoli kanalidan o‘zgarmagan 
holda chiqib ketadi. Porox gazlari oqimi tarkibidagi metall zarralarining 
asosiy qismini otilgan o‘q yoki snaryadlarning qobig‘iga tegishli metall 
zarralari tashkil qiladi. Ushbu metall zarralarining juda mayda zarralari, 
o‘q otilishida qurol stvoli kanalidan chiqib ketayotgan ko‘plab boshqa 
zarrachalarni qoplab olishi aniqlangan. Metall oksidlari va uglerod 
birikmalarining bir jinsli (gomogen) mikrozarralari 
o‘q otilishi qurumini 
tashkil qiladi. 
Tozalangan va stvoli miltiq moyi bilan qoplangan quroldan birinchi 
marta o‘q otilishida, stvol kanali og‘zidan porox gazlari bilan birgalikda 
ushbu miltiq moyi ham mayda tomchilar shaklida chiqib ketadi. 


 350 
Tozalanmagan va stvol kanalida turli ifloslanishlar mavjud bo‘lgan 
quroldan o‘q otilishida esa porox gazlari oqimining tarkibida ushbu 
moddalar ham bo‘ladi. 
Yuqoridagilardan tashqari, porox gazlari oqimi o‘ziga patron 
kapsyulidagi yondiruvchi tarkibning kimyoviy elementlarini, otilishida 
maxsus o‘qlardan foydalanilgan hollarda esa 

ushbu maxsus 
o‘qlarning havoda iz qoldiruvchi yoki yondiruvchi tarkiblariga kiruvchi 
qo‘shimcha kimyoviy elementlarni ham oladi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin