2-§. O‘q otilishining jarohatlovchi omillari.
O‘q otilishining asosiy va qo‘shimcha izlari
O‘qotar qurollardan o‘q otilishida, shikastlangan obyekt (nishon,
to‘siq), o‘q otilishi hodisasi bilan vujudga keladigan bir qator omillar
ta’siriga uchraydi. Maxsus adabiyotlarda ushbu omillar o‘q otilishining
jarohatlovchi omillari deb ta’riflanadi.
O‘q otilishidan shikastlangan obyektdagi jarohatlovchi izlarning
sifati va miqdoriy tarkibi, o‘q otilishi yuz berayotgan sharoitlar (o‘q otish
masofasi, o‘qotar qurol turi, otilayotgan snaryad va porox gazlari
oqimining energetik xususiyatlari va hokazolar)ga bog‘liq bo‘ladi hamda
o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlarning ekspertizasi predmetini
aniqlaydigan bir qator savollar majmuasini hal qilish uchun xizmat
qiladi.
Obyekt (nishon, to‘siq)ni shikastlashda otilgan snaryadning muhim
ahamiyatini inobatga olib, otilgan snaryadning obyektga (nishonga,
to‘siqqa) jarohatlash jarayonini
o‘q otilishining asosiy omili
, snaryadning
otilish jarayoniga qo‘shimcha bo‘lgan boshqa barcha omillarni esa
o‘q
otilishining qo‘shimcha omillari
deb ataladi.
O‘q otilishining qo‘shimcha omillari sirasiga
⎯
porox gazlari oqimi
va uning tarkibiga kiruvchi element (modda)larni obyekt (nishon,
to‘siq)ga
mexanik, termik (issiqlik) va kimyoviy
ta’sirlarini ham kiritish
lozim. O‘qotar qurolni obyekt (nishon, to‘siq)ga taqab turib o‘q
otilishida, qurol stvoli kanalining og‘iz kesimi ushbu obyekt (nishon,
to‘siq)ga mexanik ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqorida ta’kidlanganlardan quyidagicha xulosa qilish mumkin: o‘q
otilishining asosiy omillari —
o‘q otilishining asosiy izlarini
, o‘q
otilishining qo‘shimcha omillari esa —
o‘q otilishining qo‘shimcha
izlarini
shakllantiradi.
351
O‘q otilishining asosiy izi
o‘q tekkan obyekt (to‘siq, nishon)lardagi
o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohat bilan ifodalanadi. Otilgan snaryad
tomonidan o‘q tekkan obyekt (to‘siq, nishon)ga shikast yetkazish
darajasiga ko‘ra «ochiq», «yopiq» va «urinma» jarohatlar ajratiladi.
Otilgan snaryad o‘q tekkan obyekt teshib o‘tib ketganda, obyektda
ochiq jarohatlar
hosil bo‘ladi. Bunda o‘q tekkan obyektning qurol stvoli
kanali og‘iz kesimiga qaragan tomonida tekisligida
«kirish»
, uning
qarama-qarshi (orqa) tomonida esa —
«chiqish»
teshiklari vujudga
keladi. Kirish va chiqish teshiklari
jarohat kanali
bilan tutashadi. O‘q
tekkan obyektning qalinligiga bog‘liq ravishda jarohat kanali yaxshi
ifodalangan (muayyan uzunlikka ega, chuqurligi mavjud) yoki rasman
ifodalangan (chuqurligi mavjud emas, masalan turli matodan
tayyorlangan kiyimlar jarohatlanganida) bo‘lishi mumkin.
«Yopiq» jarohatlar otilgan snaryad o‘q tekkan obyektni teshib kirib,
uning ichida qolib ketgan hollarda vujudga keladi, ya’ni yopiq
jarohatlarda kirish teshigi va jarohat kanali bo‘ladi, ammo chiqish teshigi
bo‘lmaydi. Shu bilan birga, ayrim yopiq jarohatlarning hosil bo‘lish
mexanizmi sharoitlari otilgan snaryadni, ushbu snaryad o‘zi hosil qilgan
jarohatlardan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Urinma
o‘q otilishidan olingan jarohatlar otilgan snaryadni o‘q
tekkan obyektning yon sirti bilan ta’sirlashish natijasida hosil bo‘ladi.
Bunda snaryad to‘siqqa sayoz botishi mumkin. Oddiy ko‘z bilan
ko‘rilganda, ushbu turdagi jarohat kirish sohasi, ochiq jarohat kanali va
chiqish sohasidan iborat egatcha shakliga ega bo‘ladi, boshqacha
aytganda otilgan snaryad to‘siqqa tegib o‘tadi (rikoshet).
O‘qotar quroldan otilgan snaryad obyekt (to‘siq, nishon)ga mexanik
ta’sir ko‘rsatadi va bevosita
o‘q otilishi jarohatini
, shuningdek snaryad
yon sirtlari kirish teshigining chet sohalariga ishqalanishi va snaryadni
qoplab olgan qatlam (qurum, miltiq moyi va boshqa)lar hisobiga
ishqalanish halqasi
(poyasok obtiraniya)ni hosil qiladi.
O‘q otilish jarohatining morfologik xususiyatlari
(tashqi tuzilish
belgilari) quyidagilar bilan ifodalanadi:
— snaryadning tuzilish xususiyatlari (snaryadning turi, materiali,
kalibri, og‘irligi, uzunligi, qobig‘i va asosining mavjudligi, bosh
qismining shakli; snaryadning to‘siq bilan uchrashganda va uni teshib
o‘tishidagi deformatsiyalanish va parchalanish qobiliyati, snaryadning
352
trayektoriyada harakatidagi va obyektni jarohatlashi jarayonidagi
barqarorligi (beqarorligi) kabi xususiyatlari) bilan;
— snaryadning tashqi ballistik xususiyatlari (obyekt bilan
to‘qnashgandagi tezligi, pretsessiya, nutatsiya) bilan;
— o‘q tekkan obyektning xususiyatlari (materialining turi, tuzilishi va
zichligi, obyektning shakli, o‘q tekkan obyektlarning miqdori va ko‘p
qatlamliligi va hokazolar) bilan;
— otilgan snaryadning o‘q tekkan obyekt bilan o‘zaro joylashishi
bilan.
Snaryad, o‘zining tezligiga bog‘liq ravishda o‘q tekkan obyektning
materialiga teshib o‘tuvchi yoki ponasimon (yoruvchi) ta’sir ko‘rsatadi
Snaryad teshib o‘tuvchi ta’sirini, yuqori kinetik energiya ta’sirida
ko‘rsatadi. Bunda to‘siq materialining o‘q otilish jarohati sohasidagi bir
qismi otilgan snaryad bilan olib ketiladi va natijada nuqson — «mato
minusi» hosil bo‘ladi.
Snaryadning ponasimon ta’siri kam qiymatli kinetik energiya
ta’sirida hosil bo‘ladi va bunda to‘siqning materialini yorib yuboradi,
ammo yuqoridagi nuqson — mato minusi kuzatilmaydi.
Jarohatdagi kirish teshigining shakli snaryadning ushbu to‘siq bilan
ta’sirlashgan sohasining konturini aks ettiradi. Yassi to‘siqqa 90ºS
burchak ostida tekkan o‘q aylana shakldagi jarohat hosil qiladi. O‘qning
ushbu uchrashish burchagining o‘zgarishi jarohat shaklining ham
o‘zgarishiga olib keladi, masalan, jarohat oval shaklida bo‘lishi mumkin.
O‘q otilishi natijasida shikastlangan materialdagi jarohatlarning
chetlari snaryadning yo‘nalishi bo‘ylab cho‘zilgan bo‘ladi. Kirish
teshigining ko‘ndalang kesimi konus shaklida bo‘ladi va ushbu
konusning asosi snaryadning harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi
tomonga qaragan bo‘ladi.
Chiqish teshigining shakli juda xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bu holat
chiqish teshigining hosil bo‘lish mexanizmi bilan bog‘liq. Masalan,
otilgan snaryad o‘q tekkan obyekt bilan ta’sirlashishi va undan o‘tishi
jarayonida deformatsiyalanishi, parchalanishi, o‘z holatini o‘zgartirishi,
o‘zining kinetik energiyasining bir qismini yo‘qotishi mumkin. Undan
tashqari, otilgan va obyektga borib tekkan snaryad bilan ushbu obyektni
tark etadigan hamda jarohat kanali va chiqish teshigining
morfologiyasini o‘zining belgilari bilan to‘ldiradigan ikkilamchi snaryad
(suyak siniqlari, shikastlangan obyektning parchalari va boshqa)lar ham
muayyan rol o‘ynashi mumkin.
353
Materialning nuqsoni
odatda kirish teshigining markazda joylashadi.
Uning o‘lchamlari va shakli otilgan snaryadning turi, materialining
tuzilishi, boshchasining shakli bilan tavsiflanadi.
Ma’lumki, o‘tkir uchli snaryadlar, bir xil kalibrli, ammo o‘tmas
uchli snaryadlarga qaraganda kichikroq nuqsonni hosil qiladi.
Materialning cho‘ziluvchanligi (elastikligi) ham ushbu nuqsonning
o‘lchamlariga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 5,45
mm
kalibrli AK–74
avtomatidan zich rezinaga o‘q otishda, materialning nuqsonini farqlab
bo‘lmaydi, bu holat materialning cho‘ziluvchanligi va o‘qning o‘tkir
uchga egaligi bilan izohlanadi. 5,45
mm
kalibrli AK–74 rusumli
avtomatidan paxta matoga o‘q otlishidan hosil bo‘lgan jarohat
o‘lchamlari kichik bo‘lgan nuqsondan iborat yorilishdan iborat bo‘ladi.
1895-yil namunali, 7,62
mm
kalibrli «Nagan (Nagant)» rusumli
revolverdan sport revolveri patronlari bilan mato mahsulotlarga otilishida
esa aniq ifodalangan kirish jarohatlari hosil bo‘ladi. Bunda o‘qning
o‘tmas uchi jarohatlangan matoning anchagina qismini o‘zi bilan olib
ketadi (69-rasm).
Yuqoridagi kabi nuqsonlarning shakliga to‘siq materialining ta’sirini
mato obyektlarda kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakldgi mato
minusini hosil bo‘lish jarayonlarini misol qilib keltirish mumkin. Ushbu
holat matoning tuzilishidagi xususiyatlar, buzilish (yirtilish)ning osonligi
kabilar bilan izohlanadi.
69-rasm.
Dostları ilə paylaş: |