367
boshlayotgan o‘q orasidan porox gazlarining unchalik ko‘p bo‘lmagan
bir qismi hamda havoning o‘qdan oldingi tomondan turgan ustuni otilgan
o‘qning itarishi ta’sirida birinchi bo‘lib stvol kanalidan chiqib ketadi.
Ulardan keyin stvol kanalidan snaryad otilib chiqadi, shundan keyin esa
qizib ketgan porox gazlarining asosiy qismi stvol kanalidan chiqadi, ana
porox gazining asosiy qismi stvoldan zarb to‘lqini va alanga
chiqishiga
sabab bo‘ladi. Porox gazlari dastavval snaryaddan ko‘ra kattaroq tezlikka
ega bo‘ladi, ammo ular havo bilan ta’sirlashib o‘z tezligini tezda
yo‘qotadi va stvol og‘zidan 20 — 30
sm
masofada ularning tezligi
snaryadning tezligidan kamayadi.
Odatda, porox zaradi gilzaning ichida oxirigacha yonib ketishga
ulgurmaydi, shuning uchun stvoldan uchib chiqayotgan gazlar bilan
birgalikda yonmagan va chala yongan porox zarralari,
shuningdek bu
zarralar yonganida hosil bo‘lgan mahsulotlar, ko‘pincha uglerod
ko‘rinishidagi mahsulotlar (qurum) ham qo‘shilib uchib chiqadi.
Porox gazlarining yuqori harorati stvol kanalida mavjud bo‘lgan
miltiq moyini, o‘q va gilzalarning turli qoplamlarini to‘liq yoki qisman
yonib ketishiga sabab bo‘ladi, natijada porox gazlari
bulutida yuqorida
aytilgan uglerodning qo‘shimcha miqdori ham vujudga keladi. Bundan
tashqari, otilgan o‘q gilzadan ajrab chiqqanida va uning keyingi stvol
kanalida harakat qilganida, o‘qning, gilzaning sirtidan va stvol
kanalining ichki sirtidan metallning zarralarini ajralishi ro‘y beradi. Bu
ajralgan metallning bir qismi yuqori haroratining ta’sirida
kimyoviy
o‘zgarishga uchraydi va stvol kanalini oksidlar ko‘rinishida tark etadi.
Bu metallning yirikroq zarralari oksidlanishga ulgurmaydi va stvol
kanalidan deyarli o‘zgarmagan holatda uchib chiqib ketadi.
Uglerod mahsulotlari, metallar, metall oksidlari, kapsyulning
yondiruvchi tarkibi elementlarining kichik dispersiyali aralashmalari o‘q
otilishidan hosil bo‘lgan qurumini tashkil etadi.
Narezli va silliq stvolli o‘qotar quroldan o‘q otilishida kuzatiladigan
hodisalar deyarli o‘zaro farq qilmaydi, chunki ular asosida stvol kanalida
ro‘y beradigan bir xil fizikaviy–kimyoviy jarayonlar yotadi.
Shunday qilib, o‘qotar quroldan o‘q otilishi jarayoni va bu
jarayondagi hodisalar umumiy holda quyidagi omillar bilan kuzatiladi:
— snaryadning uloqtirilishi;
— stvoldan gazlar oqimining
chiqishi;
— yonmagan porox zarralarining stvoldan uchib chiqishi;
— o‘q otilishida qurumning hosil bo‘lishi;
368
— alanga vujudga kelishi;
— zarb to‘lqini va akustik to‘lqinning (o‘q tovushining) vujudga
kelishi.
O‘qotar qurolning mo‘ljallangan maqsadini amalga oshirishning
zarur sharti bo‘lgan snaryadning stvol kanalidan uloqtirilishi hodisasi —
o‘q otilishining asosiy omili deyiladi. O‘q tegishidan jarohatlarni hosil
bo‘lishida ishtirok etadigan boshqa barcha hodisalar — o‘q otilishining
qo‘shimcha omillari yoki o‘q otilishining shikast
yetkazuvchi omillari
deyiladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, o‘q otilishining asosiy va qo‘shimcha
omillari qurolning namunasiga, patronning turi va o‘q otilishi shart–
sharoitlariga bog‘liq ravishda to‘siqqa u yoki bu darajada
mexanik,termik va kimyoviy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, to‘siqda
qurum va miltiq moyining o‘tirib qolishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: