369
mumkin. Bundan tashqari, o‘qni mexanik ta’sirining izlari turli
chuqurlikka va konfiguratsiyaga ega bo‘lgan ezilishlar yoki o‘zining
morfologik alomatlariga ko‘ra sanchuvchi va sanchuvchi–kesuvchi
sovuq quroldan qolgan jarohatlarga o‘xshagan bo‘lishi mumkin.
Porox gazlarining va o‘qdan oldinda turgan havo ustunining
mexanik ta’siri obyektda quyidagilar bilan ifodalanadi:
-
gazlarning qurol stvol og‘zidagi bosimi;
-
stvol og‘zi moslamalarining mavjudligi;
-
obyektga bo‘lgan masofa;
-
obyektning xossalari.
Porox gazlarining mexanik ta’siri asosan
unchalik mustahkam
bo‘lmagan to‘siqlarda (qog‘oz, mato va boshqalar) ko‘proq kuzatiladi
hamda ularning shakli odatda xochsimon yoki T simon bo‘ladi, bundan
tashqari, ko‘p hollarda, matoni yulib chiqib ketilishi ham uchraydi.
Porox zarralarining to‘siqqa nisbatan mexanik ta’siri quyidagilarga
bog‘liq: porox zarralarining bir qismi yonishga ulgurmasdan stvol
kanalidan ancha katta kinetik energiya bilan uchib chiqib ketadi. Bu
kinetik energiya ta’sirida porox zarralari to‘siqqa borib uriladi, unga
kirib ketadi va ko‘p miqdordagi nuqtaviy jarohatlar yetkazadi, bu
jarohatlar agar to‘siq mustahkam bo‘lmasa, ochiq jarohatlar ham bo‘lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: