363
kamroq maofaga uchib boradi. Plastina shaklidagi porox zarrachalari eng
kichik masofaga uchib boradi. Undan tashqari, porox zarrachalarining
uchish masofasiga ham, qurum elementlarining uchishiga ta’sir qiladigan
omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Porox zarrachalarining o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohat atrofida
joylashishi quyidagi qonuniyatni shakllantirishga imkon beradi: to‘siq
qurol stvoli og‘zidan qanchalik uzoq bo‘lsa, porox zarrachalari to‘siqqa
shuncha kam yetib boradi va ularning sochilishi shuncha katta bo‘ladi.
Aksincha, to‘siqda porox zarrachalari qanchalik ko‘p aniqlangan hamda
ular bir-biriga va o‘q otilishi jarohatiga nisbatan yaqin joylashgan bo‘lsa,
o‘q otilishi masofasi shuncha qisqa bo‘ladi.
To‘siqqa borib urilgan porox zarrachalari to‘siqning sirtida yoyilib
ketishi, uning materiali ichiga botib kirishi yoki uni teshib o‘tishi
mumkin.
Porox zarrachlarining mexanik ta’siri
o‘q tekkan to‘siqda
ochiq yoki yopiq jarohatlar hosil bo‘lishi bilan kuzatiladi.
Oddiy ko‘zdan kechirishda, porox zarrachalarining mato
to‘siqlardagi mexanik ta’siri mayda ochiq jarohatlar (teshiklar) yoki
materialning sirtiy shikastlanishlari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin (74-
rasm). Ushbu izlarning miqdori, maydoni va xususiyatlari o‘q otilishi
masofasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Porox zarrachalarining mexanik ta’sirining izlari ushbu porox
zarrachalari yetarli kinetik energiyaga ega bo‘lganida hamda to‘siqning
materiali unchalik mustahkam bo‘lmaganda hosil bo‘ladi. Vintovkalar va
ayrim turdagi avtomatlar (AKS–74U)dan o‘q otilishida, porox
zarrachalarining teshib o‘tish qobiliyati kattaroq bo‘ladi. Bunda ko‘p
qavatli kiyimlar va hatto yupqaroq faner to‘siqni teshib o‘tish holatlari
ham kuzatiladi.
74-rasm.
Dostları ilə paylaş: