Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

smgacha 
masofalarda kuzatilishi mumkin. 
Porox gazlari oqimining 
to‘siqqa nisbatan 
kimyoviy ta’siri 
biologik 
xususiyatli obyektlarga nisbatan kuzatilishi mumkin. Porox gazlari 
tarkibiga kiruvchi birikmalarning biologik materiallar bilan o‘zaro 
ta’sirlashishi uglerod oksidlarining qon gemoglabini bilan birikmalari 
hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Kiyim predmetlariga ko‘rsatiladigan kimyoviy ta’sirlar porox 
gazlarining ta’sir sohasida materialning rangsizlanishi ko‘rinishida 
namoyon bo‘ladi. 


 359 
O‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohat sohasida 
qurumning 
mavjudligi 
muhim tashxisiy (diagnostik) belgi hisoblanadi hamda o‘q otilish 
jarohatining xususiyatlari, o‘q otilishining yo‘nalishi va masofasiga oid 
masalalarni hal etishda foydalaniladi. Qurum izlarining vujudga kelishi 
xususiyatlari, ushbu qurum elementlarining porox gazlari oqimining 
ta’siri sohasida mexanik ravishda o‘tirib qolishi hisobiga yuz beradi. 
O‘q otilishi sohasida qurumning sifati va miqdoriy tarkibi, 
shuningdek qurum zarrachalarining joylashish topografiyasi (qurum 
surati) bir qator omillar bilan aniqlanadi. Jumladan: 
— 
porox gazlari oqimining xususiyatlari (qurumning tarkibi, qurum 
elementlarining to‘siq bilan ta’sirlashishdagi kinetik energiyasi). 
Qurumning ko‘p elementli tarkibi qurolning va o‘q otilishda ishlatilgan 
patronlar xususiyatlarining majmuasi hisobiga shakllanadi.
Tutunsiz porox qurumining rangi, tarkibida metall zarrachalarining 
mavjudligi hisobiga to‘q kul rangda bo‘ladi. Qurumlanish sohasida 
kapsyul yondiruvchi tarkibining parchalanish mahsulotlari o‘ziga xos 
jigar rangli alohida sohalarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Qurumning asosiy elementlari (metall oksidlari va uglerodli 
birikmalar) turlicha zichlik va og‘irlikka, binobarin turlicha kinetik 
energiyaga ega bo‘ladi. Shu sababli, qurumning asosiy elementlari to‘siq 
bilan to‘qnashganda, ular to‘siqqa turlicha chuqurlikka (metall 
chuqurroq, uglerod esa sirtqi qatlamga) botadi; 
— 
o‘q tekkan to‘siqning xususiyatlari (tarkibi, mustahkamligi). 
o‘q 
otilish qurumining to‘siqda o‘tirib qolish imkoniyati, uning taralish va 
joylashish xususiyatlari ushbu to‘siqning xossalariga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Zich, qattiq va silliq sirtlar mexanik ta’sirlarga nisbatan ancha 
chidamli, yumshoq va g‘ovak sirtlar esa chidamsiz hamda ta’sirlashish 
vaqti qattiq sirtlarga nisbatan kichikroq bo‘ladi. Buning natijasida 
matolarda qurum elementlari to‘siq sirtida ham materialning ichki 
qatlamlarida o‘tirib qoladi va natijada qurumlanish sohasining 
chegaralari aniq ifodalanadi. Shisha to‘siqlarda esa qurum ushbu 
to‘siqning sirtida o‘ziga xos tarzda o‘tirib qoladi (yoyilib ketadi); 
— 
meteorologik omillar (harorat, havo namligi, shamolning 
yo‘nalishi va kuchi). 
O‘q otilishi yuz berayotgan iqlim sharoitlari o‘q 
otilish jarohatining atrofida o‘q otilishining qo‘shimcha mahsulotlari 
hosil bo‘lishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Birinchi navbatda, qurumning o‘tirib qolish xususiyatlariga 
sovuq 
havo haroratining 
ta’siri qiziqish uyg‘otadi. Sovuq havo harorati, qurol 


 360 
va patronlarning o‘q otilishining qo‘shimcha izlari hosil bo‘lishiga ta’sir 
qilishning umumiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat. Havo 
haroratining pasayishi bilan, jarohatlangan obyekt tomonga poroxning 
ko‘p miqdordagi yonmagan va chala yongan zarrachalari hamda 
qurumning kam zarrachalari uloqtiriladi. Ularning havodagi harakat 
tezligi kamayadi. Ushbu holat sovuq havoda poroxning sekinroq yonishi 
va natijada porox zaradi otilgan snaryad, qurum buluti va porox 
zarrachalariga kamroq tezlik berishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga 
havoning zichligi ortadi. Zich havoda qurum va porox zarrachalari 
tezligini tezroq yo‘qotadi va kamroq masofaga uchib boradi. 
Qurol, patronlar va havo haroratining pasayishi bilan qurumlanish 
intensivligi va o‘q otilish jarohati atrofida qurumlanish sohasining 
maydoni kichrayadi. –12°S dan yuqori harorat qurum va porox 
zarrachalarining o‘tirib qolishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
— 
Shamolning yo‘nalishi va 
kuchini ham o‘q otilishining 
qo‘shimcha mahsulotlari, shuningdek qurum o‘tirib qolishini 
tadqiqotlarida inobatga olish zarur. Tajribalardan ma’lumki, o‘q 
otilishiga qarshi esayotgan shamol o‘q otilish mahsulotlarini hosil 
bo‘lishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Yon tomondan esayotgan 
shamolning ta’siri o‘q otilish mahsulotlari markazining o‘q otilish 
jarohatiga nisbatan, shamolning harakati yo‘nalishi tomoniga siljishi 
bilan ifodalanadi. Ushbu ta’sir shamolning kuchiga bevosita bog‘liq 
bo‘ladi. 
 
Yuqori namlik va yomg‘ir yog‘ish sharoitlari 
ham o‘q otilish 
qurumi xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omillarning ta’sir 
ko‘rsatish qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 
Yomg‘ir yog‘ishi va havo namligining 55–60 % va 80–85% bo‘lishi 
qurumlanish intensivligining ortishi, qurumlanish sohalarining aniq 
ifodalanishi va maydonining ortishiga sabab bo‘ladi. 
Havo namligi yuqori bo‘lganda qurumlanish sohasining hosil bo‘lish 
masofasi, ushbu qurumlanish sohasi hosil bo‘lishi intensivligining 
oshishiga sabab bo‘ladi. Intensivlikning bu kabi oshishining qiymati o‘q 
otilishida ishlatilgan qurolning turi va rusumiga bog‘liq. Masalan, PM 
to‘pponchasidan o‘q otilishida qurumlanish sohasining intensiv hosil 
bo‘lish masofasi 8 


12 sm ni tashkil qiladi. 
Shunday qilib, havo namligining yuqoriligi o‘q otilishida qurumning 
o‘tirib qolish sohasining oshishiga sabab bo‘ladi. Ushbu holat, yomg‘ir 
yog‘ayotganda va havoning namligi yuqori bo‘lganda, porox gazlari 


 361 
oqimini tashkil etgan zarrachalar og‘irligining ortishi va buning 
natijasida uzoqroq masofaga uchib borishi bilan izohlanadi; 
O‘qotar qurolning holati va tuzilishidagi xususiyatlar. 
Birinchi 
navbatda bu qurol stvolida turli qurilmalarning mavjudligi bilan bog‘liq. 
Ma’lumki, oddiy (maxsus qurilmalar o‘rnatilmagan) stvoldan o‘q 
otilishida o‘q otilish qurumi dumaloq shaklda bo‘ladi va unda markaziy 
va chetki sohalar kuzatiladi. Qurum sohasining markazida 
qurumlanishning chetki sohalariga qaraganda ko‘proq bo‘ladi, ya’ni 
qurumlanish intensivligi markazdan chetga qarab kamayib boradi. Yaqin 
masofadan o‘q otilganda qurumlanish sohasining topografiyasida ko‘p 
qirrali yulduzcha, halqa shaklidagi uzilishlar va noaniq shakldagi 
elementlardan iborat bo‘lishi mumkin (72-rasm).
 
72-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin